Miloddan avvalgi 145–90-yillarda yashagan xitoy tarixchisi Sim Syanning «Tarixiy xotiralar» kitobining bir bo`limi osmon jismlari masalasiga bag`ishlangan.
Tarixchi Ban Guning «Xan tarixi» kitobida 783 yulduzning nomi keltirilgan.
Milodning II asrida yashagan Chjan Xenning astronomiya va matematikaga oid asarida esa 124 yulduz turkumi, 2500 yulduzlarning nomi eslatib o`tilgan. Bu davrda planetalar harakatini kuzatishga ham katta ahamiyat berilgan. Xitoy astronomlari bir yil 365 kun ekanligini aniqlaganlar. Ular bir yilni 12 oyga bo`lganlar va quyosh-oy taqvimini tuzganlar.
Xitoy astronomlari quyosh va oyning qachon tutilishini oldindan aytib berishgan. Ular fizika sohasida ham jiddiy yutuqlarga erishib, dunyoda birinchi bo`lib kompasni kashf etganlar. Ular kompasni temirdan to`rtburchak qilib ishlaganlar. Uning harakatlanuvchi ko`rsatgichi doimo janubni ko`rsatib turgan.
5. Qadimgi Xitoyda tabobat ilmining rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda tabobat ham ancha yaxshi rivojlangan. Tabiblar bemor tomirlarini ushlab ko`rib, ularning kasalliklarini aniqlab, teksnirib so ng davolashga kirishganlar. Qadimgi Xitoyda Van Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu kabi mashhur tabiblar yashaganlar. Van Shu Xe tabobatga oid «Ney-Szi», – «Odam tabiati va hayoti», Ban Sio esa «Qiyinchilik haqida kitob» kabi asarlar yozishgan. Ular bemorlarni davolashda meva, o`simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va murakkab dorilardan foydalanganlar. Xitoy tabiblari dunyoda birinchi bo`lib, tomirdan shifobaxsh suyuqlik dori yuborib davolash usulini qo`llaganlar. O`sha vaqtda Xitoyda dori-darmonlarning 1000 dan ortiq turi ma`lum bo`lgan.
6. Xitoyda geografik va tarixiy bilimlarning rivojlanishi. Xitoyda markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va mamlakatni rra`-muriy viloyatlarga boiish geografik bilimlarga ega boiishni ;ii,`at etgan. Miloddan avvalgi VIII asrlarda Chjou davlatining yerlari 9 viloyatga bo`lingan edi. Sin va Xin podsholiklari davrida mamlakst 36 viloyatga bo`lingan edi. Podsho va viloyat hokimlari o`zlari yashab turgan viloyatni puxta bilishlari kerak edi. Buni geografiya fani o`rgatar edi.
Qadimgi Xitoy tarixchilar vatanidir. Miloddan avvalgi 145–90-yillarda yashagan mashhur Sim Syan «Tarixiy xotiralar degan asar yozgan. Bu kitobda Xitoyning eng qadimgi davridan miloddan avvalgi II asr oxirigacha bo`lgan tarixi bayon etilgan. Milodning 32–92-yillarida yashagan Ban Gu esa «Xan podsholari tarixi» asarini yozgan. Unda Katta Xan podsholigi tarixi bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |