Bog'liq 1-Qadimgi tarix sivilizatsiyaning boshlanishi
D) Massiliya porti 20. Afina dengiz ittifoqi g’aznasi qaysi davlatda joylashgan edi? A) Mikena B) Sparta C) Afina D) Fiva 21. Afinada ota-onalar o’z bolalarini qanday o’qitishar edilar? A) pedagogga haq to’lab o’qitishar edi B) faqat dehqonchilik va hunarmandchilik o’rgatilardi C) pontifiklarga haq to’lab o’qitishar edi D) uylarida o’qitishar edi 22. Yunonchadan tarjima qilganda «pedagog» atamasi qanday ma’noni bildiradi? A) «og’ir qurollangan jangchi» B) «bolani yo’lda kuzatib boruvchi» C) «bolaga yozuvni o’rgatuvchi» D) «chiroyli yozuvchi kohin» 23. Afina davlatida bolalarga necha yoshidan boshlab yozuv va hisob o’rgatilgan? A) 5 yoshdan B) 6 yoshdan C) 14 yoshdan D) 7 yoshdan 24. Afinada puldor ota-onalarning farzandlari o’qishini qayerda davom qildirishgan? A) palestrlarda B) katta kutubxonalarda C) saroylarda D) ibodatxonada 25. Afina palestrlarida o’quvchilarga qanday fanlar o’qitilgan? A) hamma javoblar to’g’ri B) astronomiya, matematika, musiqa C) adabiyot, she’r yozish, musiqa D) mushtlashuv janglari, harbiy ishlar, otda salt yurish 26. Afinada o’g’il bolalar necha yoshidan gimnastika bilan shug’ullanganlar? A) 14 yoshdan B) 10 yoshdan C) 6 yoshdan D) 7 yoshdan 27. Afina palestrlaridan joy olgan «Diskobol»(Disk uloqtiruvchi) haykalining muallifi kim bo’lgan? A) Aristofan B) Perikl C) Miron D) Poliklet 28. «Nayzabardor» haykalining muallifi kim bo’lgan? A) Dedal B) Miltiad C) Miron D) Poliklet 29. Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlarida qaysi fanlar o’qitilgan? A) mushtlashish, harbiy ishlar, otda salt yurish B) adabiyot, she’r yozish, musiqa C) tibbiyot, diniy fanlar, adabiyot D) astronomiya, geometriya, geografiya, tarix 30. Janubiy Yunonistonga mil.avv.XII asrda qaysi qabilalar bostirib kirishgan?A) doriylar B) mikenaliklar C) forslar D) axeylar 31. Janubiy Yunonistonda doriylar qaysi davlatga asos solishgan? A) Mikena B) Lakonika C) Afina D) Sparta 32. Spartada qulga aylantirilgan yunonlarni qanday atashgan? A) periyeklar B) meteklar C) goplitlar D) ilotlar 33. Mil.avv.VIII-VII asrlarda Yunonistondagi qaysi davlatda qulga aylantirilgan aholi ko’pchilikni tashkil qilgan? A) Sparta B) Knoss C) Fiva D) Afina 34. Spartaliklar o’z hukmronligini kuch bilan saqlab qolish uchun davlatda alohida shart-sharoitlar yaratganlar.Qanday tartib joriy qilganliklarini aniqlang? A) yengilganlarga qarshi shafqatsiz bo’lish B) hamma javoblar to’g’ri C) hamma amal qilishi lozim bo’lgan qat’iy intizom D) aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi 35. Qadimgi qaysi davlatda faylasuflar ham, rassomlar ham, olimlar ham yo’q bo’lgan? A) Sparta B) Rim C) Hindiston D) Afina 36. Spartada to’la – to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar qanday atalgan? A) ilot B) pontifik C) metek D) periyek 37. Spartada periyeklar qaysi huquqlardan mahrum qilingan edilar? A) armiyada xizmat qilish huquqidan B) Xalq kengashida ishtirok qilish va armiyada xizmat qilish huquqidan C) Xalq kengashida ishtirok qilish huquqidan D) chet davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarida qatnashish huquqidan 38. Qadimda qaysi davlatda ayollarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga va sport musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan? A) Afina B) Rim C) Misr D) Sparta 39. Buyuk Yunon koloniyalashtirishi davri qaysi asrlarda bo’lgan? A) mil.avv.VIII-VI asrlar B) mil.avv.IX-V asrlar C) mil.avv.VI-V asrlar D) mil.avv.IX-VII asrlar