ASOSIY blok-ona tili
31. Qaysi gapdagi modal so'z fikrga ishonch munosabatini bildiradi?
A) Aytishlaricha, uchta davlatda biznesi bor ekan. B) Sizni ham tinch qo'yishmayapti, chog'i.
C) Darhaqiqat, to'y to'ydek bo'lsin. D) Siz, shubhasiz, bu yil talaba bo'lasiz.
32. Qaysi hukm xato? 1) Fe`lning otga xoslangan shakli harakat nomi hisoblanadi.
2) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo`lgan qo`shma otlar ajratib yoziladi;
3) es-es, chelak-chelak, qatorqator so`zlari takror otlardir
4) juft sifatlar belgini ta`kidlab, kuchaytirib ifodalaydi;
5) juft fe`llar ish-harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 5
33. Quyidagi gapda nuqtalar o`rniga qaysi kelishik qo`shimchalarini qo`llab bo`lmaydi?
Til - so`zlovchi… istagi… eshituvchi… yetkazuvchi tarjimondir.
A) chiqish kelishigi B) qaratqich kelishigi C) tushum kelishigi D) jo`nalish kelishigi
34. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi qo`shimcha ta’sirida tovush o'zgarishi bilan yozilgan so‘z yasovchi qo`shimcha qatnashgan?
1) Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu bog‘ endi xunuk manzara kasb etgan edi;
2) Unsin xola ko'rpaning chiroyli qavig‘iga qarab o‘z ishidan mamnun bo‘lardi;
3) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi;
4) U do‘stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi edi;
5) Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham kayfiyatini ko'tardi.
A) 2, 5 В) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 4
35. Qaysi javobdagi barcha so`zlarda nuqtalar o`rnida o unlisi yoziladi?
A) munos…bat, muom…la, isloh…t B) muloq…t, mutl…q, muhok…ma
C) t…bora, mabod…, insho…t D) taq…zo, udd…buron, saxov…t
36. Qismlari o`zaro kelishik va ko`makchilarsiz bog`langan otli birikmalarni aniqlang.
1) shahar ko`chalari; 2) rivojlangan mamlakat; 3) O`zbekiston haqida; 4) o`z uyim; 5) iliq munosabat; 6) o`zbekcha nutq
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 2, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
37. Sodiq maqtanib: “Men kabi yashashni istasang, ishlashni o`rgan”, – dedi.
Mazkur gapda ishtirok etgan fe`llar haqidagi to`g`ri ma`lumotni aniqlang.
A) Gapda majhul nisbatdagi ravishdosh ishtirok etgan.
B) Gapda ishtirok etgan sof fe`llarning barchasi kelasi zamon ma`nosini ifodalagan.
C) Gapda ishtirok etgan sof fe`llarning barchasi xabar mayli ma`nosini ifodalagan.
D) Gapda aniq nisbatdagi harakat nomi ishtirok etgan.
38. Qaysi gaplar juftligida berilgan –siz shaxs-son qo`shimchasi har ikki o`rinda ko`plik ma`nosini ifodalab kelgan?
A) Kech bo`lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz.
Akramjon, siz hammani yig`asiz, keyin birga jo`naymiz.
B) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o`g`lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to`ldiramiz.
“Siz ham menga juda yoqasiz” , – dedi ustoziga.
C) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o`z ishingizni davom ettiring.
Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo`lib ketdi-yu.
D) Nimaga bitta o`zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani?
Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling.
39. Dildoraning chaqnoq, qop-qora ko`zlari, quvnoq yuzi, xushchaqchaq tabiati ziyrak aqlini aks ettirib turardi. Mazkur gapdagi sifatlar haqidagi qaysi ma`lumot to`g`ri?
A) Mazkur gapda oddiy va ozaytirma daraja shaklidagi sifatlar ishtirok etgan.
B) Mazkur gapda faqat nisbiy sifatlar ishtirok etgan.
C) Mazkur gapda tub va yasama sifatlar ishtirok etgan.
D) Mazkur gapda otlashgan sifatlar ishtirok etgan.
40. Qaysi javobda yuklamaning bir ma`no turi qatnashgan?
A) U xuddi otasiga o`xshab gapiradi, hatto yuzi ham o`xshaydi.
B) Bu muqaddas dargoh siz bilan bizga qadar ham bo`lgan.
C) Menda-ku bu narsalardan bor, siz nima qilasiz, sizda ham bormi?
D) Bu holat bahorda ham bilinmaydi, faqat yozda bilinadi.
41. Bu olim riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan. Mazkur gapda nechta otli birikma bor?
A) 3 ta B) 4ta C) 5 ta D) 2 ta
42. Qaysi so`zning ma`noli qismlari asos +shakl yasovchi+so`z yasovchi+so`z yasovchi tartibida joylashgan?
A) maqtanchoqlik B) buyurtma C) ko`rsatma D) qisqartma
43. Tarkibida ikki nuqta tushirib qoldirilgan sodda gapni aniqlang.
A) Orzum shul o`chmasin yongan chirog`ing.
B) Hamon dilim g`ash rahbarimiz nega shundoq yig`ilishda noto`g`ri ma`lumot berdi?
C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ilikka jimgina cho`kdi.
D) Aytilgan so`z otilgan o`q.
44. Qaysi gapda egalik qo‘shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush almashish va tovush tushish hodisalari ro‘y bergan?
A) Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham bir o‘ylab kо'ring, hadeb erkalatmasdan.
B) Qalb qiynog'i og'ir bo'ladi, ko'nglingizni ezib qo‘yadi, shuning uchun pushaymon bo‘ladigan ishlarga yo‘l qo‘ymang.
C) Ikkala qiz ham og‘zini ochmay jim o‘tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi.
D) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, to‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar.
45. Turli ma’noviy guruhga oid sifatlar bilan ifodalangan uyushiq aniqlovchilar qatnashgan egasi ma’lum gapni aniqlang.
A) Shahrimizga ko‘rk bag'ishlab turgan baland, oppoq binolarni rosa maqtashdi.
B) Tog‘ etaklaridagi nafis va xushbo‘y giyohlardan terib olish kerak.
C) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borardi.
D) U menga oppoq va dumboq qo‘lchalarini cho‘zardi.
46. Uka, qo‘zichoqni ushla. Mazkur gapdagi kesim vazifasidagi so'zning ma’nodoshiga shakldosh bo`la oladigan so‘z qaysi javobda qatnashgan?
A) Raqibini kuch bilan yengolmagach, uni hiyla bilan qo`lga tushiradi.
B) Tut xalq xo`jaligida foydasi eng ko`p tegadigan daraxtlardan biridir.
C) Cho`ntagidan g`ijimlangan qog`ozni olib unga uzatdi.
D) Unaqa mulla emas u, uning nodonligidan Sodiq cholning jahli qo`zidi.
47. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo‘lishdir.
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?
A)ot, olmosh B)ravish, fe’l, ot C)ravish, ot D)fe’l, ot, olmosh
48. Xoh o‘g‘lim bo‘lsin, xoh yiroq, xoh yaqin kishim bo‘lsin, Xoh chaqmoq kabi o'tkinchi mehmon bo‘lsin. Adolat borasida har ikkalasi men uchun birdek, Hukm buyurishda ular meni o'zgacha kо‘rmaydi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidan olingan ushbu parchada qaysi ramziy qahramon o‘z sifatlarini ana shu tarzda bayon qiladi?
A) Oyto‘ldi B) O‘gdulmish C) Kuntug‘di D) O‘zg'urmish
49. “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasida kim Jaloliddin Manguberdining joniga qasd qilish uchun Yaroqbekka: “Buni Sultonbegimning tuhfasi deb berasan”, — deya bo`g`cha, “Buni ulug‘ xoqonning jazosi deb urasan”, — deya xanjar beradi?
A) Elbors pahlavon B) Qodog‘on no‘yon C) Amir Badriddin D) Chol (devona)
50. Muallif yolg‘on so‘zlash, yolg‘on harakat qilish egrilikka olib keladi, deb hisoblaydi. So'zining isboti uchun bog‘bon va dehqonning ishini misol qilib keltiradi. Bog‘bon yaratajak bog‘ini reja bo‘yicha, ya’ni daraxtlarni bir tartibda ekib, parvarish qilmasa, har yerda tarvaqaylab, qiyshiq-qing'ir o‘sgan daraxtlar bog'ni changalzorga aylantiradi. Dehqon esa urug‘ sochadigan yerini shudgor qilib, so‘ng mola bosmasa, ya’ni tekis qilib olmasa, sochgan urug‘i bir xilda unib chiqmaydi. Shoir shu kabi mazmundagi misralar orqali to‘g‘rilik va egrilik haqidagi o‘z qarashlarini ifoda etadi. Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A) “Nasihatlar” B) “Devonu lug‘ot at-turk” C) “Qutadg‘u bilig” D) “Hayrat ul-abror”
51. Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisorni oshib, shu yer(bozorga)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to'xtaydi. . . To‘riq uzoq vaqtgacha bunga ko'nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa yarim уo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qamchi yedi. Endi ko'nikib qoldi. Ushbu parchada tasviri keltirilgan to'riq ot qaysi asarda uchraydi
A) “Ot egasi” (Sh.Xolmirzayev) B) “Do‘nan” hikoyasi (T.To‘la) C) “Qiyomat qarz” hikoyasi (O‘.Umarbekov) D) “Asrga tatigulik kun” romani (Ch.Aytmatov)
52. Abayning “Nasihatlar” kitobida ilmni, aqlni bir me`yorda saqlaydigan deb nimaga ta`rif berilgan?
A) fe'l-atvor B) bahs C) ixlos D) yurak
53. “Yulduzli tunlar” asarida Boburga qarata kim “eng mahram do`stingiz – sizning musaffo qalbingizdir”, – deb aytadi?
A) Qutlug` Nigor xonim B) Xonzoda begim C) Qosimbek D) Eson Davlat begim
54. Xojaning “Miftoh ul-adl” (Adolat kaliti) asari kimga bag`ishlangan?
A) al – Muqtadoga B) Jonibek Sultonga C) Kistan Qaro Odilga D) Temur Sultonga
55. “Kamlikning kamoli bordir, Manmanlikning zavoli bordir…”, “O`zingdan kattani uchratsang pir bil, O`zingni er bilsang, birovni sher bil…” kabi hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi?
A) “Alpomish „ B) “Kuntug`mish“ C) “Rustamxon“ D) “Ravshan“
56. “Ajinasi bor yo`llar” asarining muallifi kim?
A) I.Yusupov B) A.Chexov B) J.London D) A.Obidjon
57. Berilgan misralarning qaysi birida tardi aks san`ati qo`llangan?
A) Kuchum yetguncha ko`p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podshohlar podshohlar
B) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo`lmasam ey jon, ne g`amdur
C) Zulfung cheriki jamol mulkin, Oldi ko`zing ittifoqi birla
D) Ko`z yoshim tuproq ila gar qotila, Kelmagayman javridin haqqo tila
Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.
Bir odil podshoh bor edi. Bir kuni vaziriga: “Ka’baga borib, tavof qilib kelmoqchiman”, — debdi. Dono vazir: “Ey podshohim, taxtni bo‘sh qo‘yib, hajga ketsangiz, davlat ishlari to'xtab qolmaydimi?” - deb uni fikridan qaytarmoqchi bo'libdi. Podshoh: “Gaplaring to'g'ri, ammo men ham qiyomatda hojilar qatorida turishni xohlayman. Bo'lmasa, menga biror hojini aytinglarki, men undan haj savobini sotib olay”, — debdi. Shundan so‘ng vazir yigirma marotaba Ka’baga piyoda borib kelgan, hamisha halol luqma yeyishga intiladigan, ibodatini kanda qilmaydigan bir zohidni podshohning huzuriga keltiribdi. Podshoh zohiddan bir haj savobini sotishini so'rabdi. Zohid: “Necha tanga?” — deb so‘rabdi. Podshoh avval ming tanga taklif qilibdi, zohid rad etgach esa o‘n ming tanga taklif qilibdi. Bunga ham rozi bo'lmagach: “O‘zing so‘ra”, — debdi. Shunda zohid: “Ey podshohim, bir emas, yigirma haj savobini sizga berayin, ...” — debdi. Bundan lol qolgan podshoh sababini so'rabdi. Zohid: “Bir soatlik adolatning savobi, odamlarning, farishtalarning, hurlarning ibodatidan ham ortiqdir”, — deb javob qilibdi.
58. Matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang.
A) muqaddas joyni ziyorat qilmoq B) biror joyga borib qolmoq, tasodifan kelmoq
C) odilona ish tutish D) shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa bo‘ladigan
59. Ajratib ko'rsatilgan gap qaysi javobda matn mazmuniga mos ravishda to'g'ri davom ettirilgan?
A) men sizga o‘n ming oltin tanga emas, bir soatlik adolat qilganimning savobini berayin
B) siz menga bir soatlik adolat qilganingizning emas, o‘n ming oltin tanga savobini bering
C) men sizga bir soatlik adolat qilganimning emas, o‘n ming oltin tanga savobini berayin
D) siz menga o'n ming oltin tanga emas, bir soatlik adolat qilganingizning savobini bering
60. Matn mazmuniga mos bo'lmagan xulosani aniqlang.
A) Xalqni adolat bilan boshqarish ibodatdan ortiqdir. B) Hukmdoriga xiyonat qilganni xalq ham kechirmaydi.
C) Xalqqa g‘amxo‘rlik qilish hukmdorning eng muhim vazifasidir.
D) Hukmdor uchun xalq manfaati har narsadan ustundir
Do'stlaringiz bilan baham: |