Bog'liq 1-Qadimgi tarix sivilizatsiyaning boshlanishi
12-Mesopotamiya sivilizatsiyalari (36)
Testlar
1. Qadimgi yunonlar qayerni Mesopotamiya deb nomlashgan? A) Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi vodiyni B) Nil daryosi vodiysini C) Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni D) Hind va Gang daryolari vodiylarini 2. Mesopotamiya atamasi qanday ma’noni bildiradi? A) Xudolar darvozasi B) Daryoning narigi tomoni C) Ikki daryo oralig’i D) Qora tuproqli mamlakat 3. Mesopotamiyada vujudga kelgan-Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi rivoyatni aniqlang. A) «Olam rivoyati» B) «Gilgamesh haqida rivoyat» C) «To’fon rivoyati» D) «Sinuxet hikoyasi» 4. Mesopotamiya ahli nimani «hayot daraxti» deyishgan? A) shakarqamish o’simligini B) choy o’simligini C) hurmo daraxtini D) tut daraxtini 5. Mesopotamiyada qachon shumerlar manzilgohlari vujudga kelgan? A) mil.avv.1-mingyillikda B) mil.avv.4-mingyillikda C) mil.avv.2-mingyillikda D) mil.avv.3-mingyillikda 6. Shumerlar Mesopotamiyaning qaysi qismini «shumer» deb ataganlar? A) sharqiy qismini B) g’arbiy qismini C) janubiy qismini D) shimoliy qismini 7. Mesopotamiyaning qaysi qismida ko’chmanchi chorvadorlar – akkadlar o’rnashgan edi? A) g’arbiy qismida B) sharqiy qismida C) shimoliy qismida D) janubiy qismida 8. Akkadlar qachon butun Mesopotamiyani egallab oladilar? A) mil.avv.2-mingyillik boshlarida B) mil.avv.4-mingyillik o’rtalarida C) mil.avv.4-mingyillik oxirlarida D) mil.avv.3-mingyillik oxirida 9. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti qaysi soha edi? A) hunarmandchilik B) chorvachilik C) dehqonchilik D) savdo-sotiq 10. Mesopotamiya aholisi Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayriboshlab qanday mahsulotlar olib keltirishgan?A) noyob toshlarni B) kumush, qalayi C) hamma javoblar to’g’ri D) oltin, mis 11. Mesopotamiyaga Suriyadan qanday mahsulot keltirilgan? A) hunarmandlar yasagan buyumlar B) kedr yog’ochi C) qahrabo D) yog’och 12. Mesopotamiyada savdoda nima pul sifatida ishlatilgan? A) oltin quymasi shaklidagi metall tangalar B) kumush quymasi shaklidagi metall tangalar C) metall tangalar D) temir quymasi shaklidagi metall tangalar 13. Mesopotamiyada 550 grammga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi qanday atalgan? A) mino B) karat C) podsho tirsagi D) kilogramm 14. Shumerlar qachon mixxatni ixtio etishgan edi? A) mil.avv.5-mingyillikda B) mil.avv.2-mingyillikda C) mil.avv.3-mingyillikda D) mil.avv.4-mingyillikda 15. Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur shaharlari qachon vujudga kelgan? A) mil.avv.2-mingyillik oxirida B) mil.avv.1-mingyillik oxirida C) mil.avv.3-mingyillik oxirida D) mil.avv.4-mingyillik oxirida 16. Mesopotamiyada paydo bo’lgan shahar-davlatlarda xudo nomidan kimlar hukmdorlik qilardilar? A) podsholar B) kohinlar C) sardorlar D) xattotlar 17. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari qanday atalgan? A) zikkurat B) nekropol C) sfinks D) piramida 18. Mesopotamiyada Shamash qanday xudo hisoblangan? A) oy xudosi B) urush va g’alaba xudosi C) savdo xudosi D) quyosh xudosi 19. Mesopotamiyada qaysi xudo oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan? A) Sina B) Ishtar C) Shamash D) Ea 20. Mesopotamiyada Oy xudosi qanday aytilgan?