1. Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan tarixning qaysi bo’limi shug’ullanadi?



Download 29,72 Kb.
Sana16.11.2019
Hajmi29,72 Kb.
#26162
Bog'liq
1-5-mavzular 6-sinf Tarix 5449587928

1. Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan tarixning qaysi bo’limi shug’ullanadi?

A) numizmatika B) geneologiya

C) epigrafika D) etnografiya

2. Tangalarni tadqiq etish bilan tarixning qaysi bo’limi shug’ullanadi?

A) antropologiya B) lingvistika

C) xronologiya D) numizmatika

3. Eng qadimgi shaharlar va davlatlar tashkil topishi davrini olimlar qanday ataydilar?

A) sivilizatsiya B) ilk temir

C) antik davr D) ilk madaniyat

4. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi quyidagi qaysi hududlarda boshlangan edi?

A) Xitoy, Hindiston, Misr va Markaziy Osiyo

B) Qadimgi Sharq, Rim, O’rta Osiyo

C) Rim, Mesopotamiya, Eron

D) Qadimgi Sharq, Krit oroli va Yunoniston

5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi oraliqni o’z ichiga oladi?

A) Yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilda g’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar

B) Insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi bo’lgan butun tosh davrini

C) Ilk tosh davridan boshlab toki temir asrining boshlanishigacha bo’lgan davr

D) Ibtidoiy to’da davridan urug’chilik davri nihoyasiga yetgunga qadar bo’lgan davr

6. "Piramidalar matnlari" va "Marhumlar kitobi" qaysi xalqqa xosligini aniqlang.

A) hindlar B) yahudiylar C) xitoyliklar D) misrliklar



8. "Rigveda" tarixiy manbasi qaysi xalqqa xosligini aniqlang.

A) hindlar B) xitoyliklar

C) forslar D) yahudiylar

9. "Avesto" qaysi xalqlar tarixidan hikoya qiladi?

A) Qadimgi Yunoniston B) Qadimgi forslar

C) Qadimgi dunyo xalqlari D) O’rta Osiyo

10. Qadim o’tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini kimlar amalga oshiradilar?

A) antropologlar B) etnograflar

C) geneologlar D) arxeologlar

15. Moddiy manbalar qaysi qatorda to’liqroq berilgan?

A) Inson qo’li bilan toshdan yasalgan va foydalanilgan barcha buyumlar

B) Insoniyat tarixidan turli shaklda ma’lumot beradigan yozuvlar va buyumlar

C) Mehnat quroli sifatida insonlar tomonidan ishlatilgan va yasalgan barcha buyumlar

D) Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, ya’ni qadimda inson qo’li bilan yaratilgan hamma narsalar

16. Yozma manbalar qayerlarda aks etishi qaysi javobda xato berilgan?

A) qoyatoshlarda

B) sopol buyumlarda

C) qadimgi tarixshunoslarning asarlarida

D) Barcha javoblar to’g’ri berilgan.

17. O’zbekiston tarixi bo’yicha eng qadimgi yozma manbani belgilang.

A) “Behistun bitiklari” B) “Avesto”

C) “Bibliya” D) Gerodotning “Tarix” asari

18. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba bo’lgan Behistun qoyalari yozuvlari qayerda joylashgan?

A) Fors shaharlaridan Suzada qurilgan saroyda

B) Pekindagi Chjoukotyan g’orida

C) Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida

D) Fransiyaning Lasko g’orida

19. Behistun qoyalari yozuvlari kimning buyrug’iga asosan yozilgan?

A) Fors shohi Doro I buyrug’iga ko’ra

B) Fors shohi Kir II buyrug’iga ko’ra

C) Fors shohi Kserks buyrug’iga ko’ra

D) Fors shohi Doro III buyrug’iga ko’ra

22. Behistun qoyalari yozuvlarida qaysi Markaziy Osiyo hududlari va xalqlari qayd etilgan?

A) Parkana, Afrosiyob, Ko’zaliqir va sak hamda massaget xalqlari

B) So’g’diyona, Politimet, Kurushkat, Zarafshon va baqtriyaliklar

C) Zarafshon, Zariasp, Kurushkat, Xorazm va sak hamda massagetlar

D) Xorazm, So’g’, Baqtriya viloyatlari

22.1. Avesto yurtimizning qadimgi qaysi tarixiy viloyatlari madaniyati qayd etilgan?

A) Parkana, Afrosiyob, Ko’zaliqir va sak hamda massaget xalqlari

B) So’g’diyona, Politimet, Kurushkat, Zarafshon va baqtriyaliklar

C) Zarafshon, Zariasp, Kurushkat, Xorazm va sak hamda massagetlar

D) Xorazm, So’g’diyona, Baqtriya viloyatlari

23. Quyidagi tarixchilarning qaysi biri miloddan avvalgi V asrda yashagan?

A) qadimgi rim tarixchisi Pompey Trog

B) qadimgi yunon tarixchisi Gerodot

C) qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy

D) qadimgi yunon tarixchisi Strabon

24. Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?

A) 9 B) 7 C) 11 D) 4



25. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o’lkamizning qadimgi aholisi to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan?

A) “Geografiya” asarida

B) “Tarixiy yilnomalar” asarida

C) “Qadimgi sharq” asarida

D) “Tarix” asarida

26. Quyidagi adiblarning qaysi biri ham tarixchi ham geograf hisoblanadi?

A) Ktesiy B) Ksenofont

C) Arrian D) Strabon

27. Strabon qaysi xalq vakili?

A) rim B) yunon C) misr D) xitoy



28. Strabon qachon yashagan?

A) miloddan avvalgi V asrda

B) miloddan avvalgi II-I asrlarda

C) miloddan avvalgi V-IV asrlarda

D) Miloddan avvalgi I asr oxirlarida

29. "Geografiya" asarining muallifini belgilang.

A) Ktesiy B) Ksenofont C) Arrian D) Strabon



30. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o’rta osiyo xalqlari madaniyati haqida ma'lumotlar keltiriladi?

A) “Geografiya” asarida

B) “Tarixiy yilnomalar” asarida

C) “Aleksandr anabasisi” asarida

D) “Tarix” asarida

33. Kvint Kursiy Ruf qaysi xalq vakili hisoblanadi?

A) rim B) yunon C) misr D) xitoy



34. Quyidagi tarixchilarning qaysi biri milodiy I asrda yashab o’tgan?

A) Ktesiy

B) Ksenofont

C) Arrian

D) Kvint Kursiy Ruf

35. "Makedoniyalik Aleksandr tarixi" asarining muallifini aniqlang.

A) Ktesiy B) Ksenofont

C) Arrian D) Kvint Kursiy Ruf

35.1.Qaysi asarda Aleksandr makedonskiyning o’rta osiyodagi harbiy yurishlari haqida malumot keltirilgan?

A) “Geografiya” asarida

B) “Makedoniyalik Aleksandr tarixi” asarida

C) “Aleksandr anabasisi” asarida

D) “Tarix” asarida

36. Arrian qaysi xalq vakili hisoblanadi?

A) rim B) yunon C) misr D) xitoy



37. Arrian qachon yashagan?

A) milodiy II asrda B) milodiy I asrda

C) miloddan avvalgi I asrda D) miloddan avvalgi II asrda

38. "Aleksandrning harbiy yurishlari" (Aleksandr anabasisi) degan asarni kim yozgan?

A) Ktesiy B) Ksenofont

C) Arrian D) Kvint Kursiy Ruf

39. O’zbekistonning qadimdan Sharq va G'arb mamlakatlarini bog'lab turganligi ma’lum. Bunda qaysi omil katta ahamiyatga ega bo’lgan?

A) O'zbekistonning barcha yirik shaharlari orqali Buyuk Ipak yo'lining o’tganligi

B) O’zbekistonning markaziy Osiyo mintaqasida joylashganligi

C) O’zbekistonda aholi ko’p bo’lib ularning asosiy qismi savdo-sotiq bilan shug’ullanganligi

D) O’zbekiston iqlimining yaxshi bo’lganligi va bu yerlar juda xosildor bo’lganligi

40. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?

A) Hindiston, Eron va Mesopotamiya

B) Mesopatamiya, Misr va Old Osiyo

C) Hindiston, Eron va Yunoniston

D) Xitoy, Hindiston va Rim

41. Jahondagi barcha xalqlar qaysi tuzumni boshdan kechirgan?

A) quldorlik tuzumini

B) ibtidoiy jamoa tuzumini

C) feodalizm tuzumini

D) kommunizmni

42. Ibtidoiy jamoa tuzumi bu...

A) insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan, muqim yashab hamma baravar ishlagan bir davridir.

B) insonlar urug’ va qabilalarga bo’linib birgalikda mehnat qilgan va birga hayot kechirgan bir davridir.

C) insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo'lgan, hamma baravar ishlagan bir davridir.

D) insoniyat tarixining ilk davri bo’lib chayla va ungurlarda yashab birga baravar ishlagan bir davridir.

43. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich bu-...

A) urug’chilik B) hududiy qo’shnichilik

C) ibtidoiy to’da D) qabilalar ittifoqi

44. Ibtidoiy to'daning mohiyatini belgilang.

A) kishilarning qon-qarindoshligiga ko’ra birlashib mehnat qilgan jamoasidir.

B) kishilarning o’zaro yaqin yashayotgan jamoalarining ittifoqqa birlashib mehnat qilgan shaklidir.

C) birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasidir.

D) turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir.

45. Qadimgi to’da asta-sekin bo’linib qanday birlikka aylana bordi?

A) hududiy qo’shni bo’lgan jamoalarga

B) qarindoshlarning alohida uyushmasiga-urug’ jamoasiga

C) qabilalarning o’zaro ittifoqlariga

D) to’g’ri javob yo’q.

46. Urug’ning mohiyati to’g’ri yoritilgan javobni belgilang.

A) kishilarning qon-qarindoshligiga ko’ra birlashib mehnat qilgan jamoasidir.

B) kishilarning o’zaro yaqin yashayotgan jamoalarining ittifoqqa birlashib mehnat qilgan shaklidir.

C) birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasidir.

D) turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir.

47. Eng qadimgi urug’chilik tuzumi-insoniyat tarixining qanday davri hisoblanadi?

A) kishilar qon-qarindoshlikka ko’ra guruhlarga bo’linib taqsimot asosida mehnat qilgan davri.

B) kishilarning o’zaro yaqin yashayotgan jamoalarining ittifoqqa birlashib mehnat qilgan shaklidir.

C) barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan, hamma baravar ishlagan bir davridir.

D) barcha javoblar to’g’ri

48. Dastlabki urug’ jamoalari haqida berilgan quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri to’g’ri berilgan?

A) ayol kishi, ya'ni ona tevaragida jipslasha boshlagan

B) dastlabki urug’ jamoalari ona urug’i davri-matriarxat ham deb ataladi.

C) barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan, hamma baravar ishlagan

D) barcha javoblar to’g’ri

49. Matriarxat davri to’g’risidagi quyidagi ma’lumotlardan to’g’risini belgilang.

A) eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich

B) qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan

C) urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan.

D) barcha javoblar to’g’ri

50. Jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o’ta boshlashining sababi to’g’ri izohlangan javobni belgilang.

A) erkaklarning jamiyatdagi nufuzlarining ortishi

B) erkaklarning ovchilikdan chorvachilikka va termachilikdan dehqonchilikka o’tishlari

C) mehnat qurollari va xo’jalik yuritish shakllari takomillashgani

D) o’troq hayotning boshlanishi

51. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang.

A) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlandi.

B) eng qadimgi urug’chilik tuzumining nihoyasiga yetishi

C) muzlik davri poyoniga yetdi va unumdor yerlar ochildi

D) Sharq va g’arb o’rtasidagi madaniy aloqalar boshlandi.

52. Quyidagi qaysi xususiyat patriarxat davriga xos?

A) erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo’lgan

B) qarindoshlik munosabatlari ota tomonga qarab belgilangan

C) urug’chilik tuzumi poyoniga yetgan

D) barcha javoblar tog’ri

53. Arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini "tosh asri" deb atashining sababini belgilang.

A) Dastlab odamlar yashash uchun uylarini toshlardan qurganliklari uchun

B) Dastlabki insonlar asosan tog’lardagi g’orlarni o’zlashtirib shu joylarda yashaganliklari uchun

C) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli

D) Barcha javoblar to’g’ri

54. Quyidagilardan tosh asri davrlari ketma-ket berilgan javobni aniqlang.

A) ilk, qadimgi, yangi, mis-tosh

B) qadimgi, o’rta, yangi, mis-tosh

C) ilk, o’rta, songgi, mis-tosh

D) ilk, o’rta, yangi, mis-tosh

55. Mis-tosh, ya’ni eneolit davrining nomlanishidagi "eneus"-"mis" so’zi qaysi tildan olingan?

A) lotin B) yunon C) etrusk D) fors



56. Quyidagi so’zlardan yunon tiliga xos bo’lganlarini aniqlang.

A) "paleos" B) "mezos"

C) "neos" D) Barcha javoblar to’g’ri

57. Ilk paleolit davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) miloddan avvalgi 1 million-100 ming yil

B) miloddan avvalgi 700 -600 ming yil

C) miloddan avvalgi 600 -500 ming yil

D) miloddan avvalgi 3-2 million

58. O’rta paleolit davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) miloddan 600-100 ming yil avval

B) miloddan 100-40 ming yil avval

C) miloddan 40-12 ming yil avval

D) miloddan 200-100 ming yil avval

59. So’nggi paleolit davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) miloddan 12-10 ming yil avval

B) miloddan 100-40 ming yil avval

C) miloddan 40-12 ming yil avval

D) miloddan 200-40 ming yil avval

1.Quyidagi qaysi xususiyatlar yer yuzidagi dastlabki odamlarni hayvonot dunyosidan farqlanib turishga imkon bergan?

A) qaddi-qomatini tik tutib yurishi

B) mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilishi

C) turli tabiat hodisalariga sig’inishi va ularni tushunishi

D) A va B

2. O’ta oddiy tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlari topib tekshirilgan hududlar qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) Janubiy Afrikadan, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan

B) Yava orolidan (Indoneziya); Xitoy hududidan

C) Germaniyadan; Fransiyadan

D) Barcha javoblar to’g’ri

3. Neandertal odami quyidagi qaysi hududdan topib o’rganilgan?

A) Fransiyadan B) Germaniyadan

C) Ispaniyadan D) Kavkazdan

4. Hozirgi qiyofadagi odam-kromanyon qaysi hududdan topib tekshirilgan?

A) Fransiyadan B) Germaniyadan

C) Ispaniyadan D) Kavkazdan

5. Quyidagi javoblardan eng qadimgi odamlarni yashagan davrlari bo’yicha ketma-ket berilganini aniqlang.

A) zinjantrop, avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon

B) avstralopitek, pitekantrop, zinjantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon

C) avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon

D) avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, zinjantrop, neandertal, kromanyon

6. Buyuk muzlash qachon boshlangan?

A) o’rta paleolitning o’rtalarida

B) mezolit davrining boshlarida

C) ilk paleolitning dastlabki davrlaridayoq

D) ilk paleolitning so’nggi davrlarida

7. O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari quyidagi qaysi hududlardan topilganligini belgilang.

A) Surxondaryodagi Teshiktosh g’oridan va Tojikistondagi Sarazm manzilgohidan

B) Farg’ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan va Toshkent vohasidagi Ko’lbuloq manzilgohidan

C) Oltintepa, Namozgoh va Jarqo’ton manzilgohlaridan

D) Barcha javoblar to’g’ri

8. Tosh qurollarining uchi bir tomonga qaratib o’tkirlangani arxeologiya fanida qanday nomlanadi?

A) chopping B) cho’qmor C) chopperlar D) kannibal



9. Insoniyat dastlab qanday mehnat qurollari bilan qurollangan.

A) uchi o’tkirlangan tosh va tayoq

B) uchi o’tkirlangan nayza va kamon

C) toshdan yasalgan cho’kich, omoch va boshqa mehnat qurollari

D) barcha javoblar to’g’ri

10. Kishilarning eng qadimiy mashg’uloti bo’lgan termachilik va ovchilik fanda qanday nomlanadi?

A) ishlab chiqaruvchi xo’jalik

B) termachilik va ovchilik

C) harakatlantiruvchi xo’jalik

D) o’zlashtiruvchi xojalik

11.Teshiktosh g’ori qaysi davrga oid?

A)o’rta paleolit B) so’ngi paleolit

C) mezolit D) neolit

12. Teshiktosh g’oridan topilgan bola suyaklaridan quyidagi qaysi ma’lumot aniqlangan?

A) Bola jasadi qoidali qilib qabriga ko’milgan

B) Jasad atrofiga tog’ echkisi shoxlari qadab chiqilgan.

C) Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog’liq.

D) barcha javoblar to’g’ri

13. Nima uchun inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg’ir kabi tabiat kuchlariga sig’ina boshlagan?

A) shu hodisalarni tushuntirib berish qo’lidan kelmagani uchun

B) bunday hodisalarda ilohiy qudratni ko’rganliklari uchun

C) bunday hodisalar insonlarning yashashlariga sharoitni yaxshilagani uchun

D) barcha javoblar to’g’ri

14. Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod fanda qanday nom olgan?

A) fetishizmB) animizmC) totemizm

D) shovinizm

15.Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o’simlik bilan qarindoshlik aloqasiga nima deyiladi?

A) fetishizm B) animizm

C) totemizm D) shovinizm

16. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e'tiqod qilganlar. Bu e'tiqod fanda qanday nom olgan?

A) fetishizm B) animizm

C) totemizm D) shovinizm

17. Quyidagi isbotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy e'tiqodlar bo’lgani to’g’risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi?

A) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo’rqib to’da bo’lib ov qilganliklari

B) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari

C) so’nggi paleolitga oid bo’lgan qoya rasmlarining topilishi

D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollarini yasashni o’rganishlari

18. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari qaysi hududlardan topilgan?

A) Ispaniyadagi Altamir g’oridan

B) Fransiyadagi Lasko g’oridan

C) Boshqirdistondagi Kapovaya g’oridan

D) barcha javoblar to’g’ri

19. Odamlar qadimda qoyatoshlarga rasmlar solishlari bilan bog’liq quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri xato berilgan?

A) rasmlar bo’lajak ovda o’zlariga yordam beradi deya ishonishgan

B) Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib raqsga tushishgan.

C) ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan.

D) barcha javoblar to’g’ri

20. Diniy e'tiqodlar kurtaklari va marhumlar ko’milgan eng qadimgi qabrlar qaysi davrda vujudga kelgan?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

21. Qadimgi qoyatosh rasmlaridan quyidagi qaysi ma’lumotlarni aniqlash mumkin emas?

A) inson nimalar haqida o’ylagani

B) tevarak dunyoni qay yo’sinda tasavvur etgani

C) qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog’dan foydalangani

D) qayd etilgan barcha ma’lumotlarni aniqlash mumkin

22. Odamning o’zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi...

A) diniy tasavvurlarning kurtak yoyishiga sabab bo’ldi.

B) o’zaro hamkorlikda yashash zarurligini anglashiga turtki bo’lgan.

C) eng qadimgi tasviriy san'at rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi.

D) yashash sharoitlarini yaxshilashlariga zamin yaratgan.

1. Qaysi davrdan boshlab toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

2. Qaysi davrda hozirgi qiyofadagi odam-kromanyon odami yashagan?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

3. So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari yurtimizning qaysi go’shalaridan topilgan?

A) Samarqand shahri hududidan

B) Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko’lbuloq manzilgohidan

C) Farg’ona vodiysidan

D) barcha javoblar to’g’ri

4. Qaysi davrda odamlar taqinchoqlar-munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshlagan?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

5. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri urug’ jamoasiga xos emas?

A) so’nggi paleolitda vujudga kelganligi

B) urug’ga oqsoqol sardorlik qilishi va urug’ a'zolarining bitta manzilgohda yashashi

C) bir joyda yashab turg’an bir qancha urug’larning qabilani tashkil etishi

D) barcha javoblar to’g’ri

6. Qaysi davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga-urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

7. So’nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirolaridan birini belgilang.

A) turar joylar qurilishi B) diniy e’tiqod kurtaklarini kashf qilishi

C) o’q-yoyni kashf qilishi

D) mayda va chopqir hayvonlarni ovlashni o’rganishi



8. Inson qaysi davrda sun'iy tarzda olov (yog’och-ni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish) hosil qilishni ham o’rganib oldi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

9.Inson qaysi davrda kiyim-kechakda hayvon terisidan foydalanishga o’tdi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

10.Qaysi davrdan boshlab toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

11.Qachon odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

12. Mezolit davri qaysi oraliqda davom etgan?

A) miloddan avvalgi 12-7 ming yil avval

B) miloddan avvalgi 100-40 ming yil avval

C) miloddan avvalgi 40-12 ming yil avval

D) miloddan avvalgi 200-40 ming yil avval

13. Qaysi davrning boshlanishi bilan muzlik davri poyoniga yetdi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

14. Qaysi davrda inson o’q-yoy yasashni o’rganib oldi?

A) neolit B) ilk paleolit C) bronza D) mezolit



15. O’q-yoyning kashf etilishi odamlarda qo’shimcha qanday imkoniyatni paydo qildi?

A) qo’shni qabilalar bilan urushib yangi yerlarga egalik qilish imkoniyatini

B) chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyatini

C) bosqinchi qabilalarga qarshi himoyalanish va kuchli qo’shin tuzish

D) barcha javoblar to’g’ri

16. Qachon inson hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladi?

A) mezolit davrining boshlarida

B) so’nggi paleolit davrining oxirlarida

C) bronza davrining boshlarida

D) mezolit davrining oxirlarida

17. Itni kimlar qo’lga o’rgatishgan?

A) ovchilar B) dehqonlar

C) jangchilar D) qo’riqchilar

18. Qachon Old Osiyoda xo’jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?

A) mezolit davrining boshlarida

B) neolit davrida

C) bronza davrining boshlarida

D) mezolit davrining oxirlarida

19. Bugungi kunda yurtimizda mezolit davriga oid qancha manzilgohlar ochilgan?

A) 70 dan ziyod B) 200 ga yaqin C) 40 ta D) 100 dan ziyod



20. Mezolit davrining yodgorliklari yurtimizning qaysi qismida ko’plab uchraydi?

A) Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida

B) O’zbekistonning shimoliy-g’arbiy hududlarida va Xorazm vohasida

C) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O’zbekiston janubida

D) Barcha javoblar to’g’ri

21. Mezolit davri manzilgohlarini belgilang.

A) Obishir, Qo’shilish, Machay

B) Zamonbobo, Jarqo’ton, Obirahmat

C) Sopollitepa, Sarazm, Omonqo’ton

D) Boysun, Teshiktosh, Ko’lbuloq

22. Mezolit davriga oid qoyatosh rasmlari yurtimizda qayerdan topilgan?

A) Machay manzilgohida B) Qo’shilish manzilgohida

C) Zarautsoy darasida D) Boysun tog’ida

23. Insoniyat qaysi davrda hayvonlarni o’ldirmasdan yegulikni zaxira sifatida saqlab quyadigan bo’ldi?

A) o’rta paleolit B) ilk paleolit

C) so’nggi paleolit D) mezolit

24. Qaysi davrda inson ishlab chiqaruvchi xo’jalikka-ziroatchilik va chorvachilikka o’tdi?

A) neolit B) ilk temir

C) bronza D) mezolit

25. O’rta Osiyoda neolit davri qaysi oraliq bilan davrlashtiriladi?

A) miloddan avvalgi 12-7 ming yil avval

B) miloddan avvalgi 6-4 ming yil avval

C) miloddan avvalgi 40-12 ming yil avval

D) miloddan avvalgi 100-40 ming yil avval

26. Arxeologlar neolit davri boshlanishini qanday o’zgarish bilan belgilaydilar?

A) ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish bilan

B) sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan

C) paxsa uylarning qurilishini boshlanishi bilan

D) barcha javoblar to’g’ri

27. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari-mikrolitlardan foidalanishni, toshga ishlov berishning odamga tanish bo’lmagan usullarini: silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo’llay boshladi?

A) Neolit davrida

B) bronza davriga kelib

C) mezolit va neolit davrida

D) bronza davrining oxirlarida va ilk temir davrida
28. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari-mikrolitlarni kasf qildilar?

A) so’nggi paleolit va mezolit davrining boshlarida

B) bronza davriga kelib

C) mezolit davrida

D) bronza davrining oxirlarida va ilk temir davrida

29. Qaysi davrda aksariyat qabilalar o’troq turmush tarziga o’tib, doimiy turar joylar qura boshlagan?

A) neolit B) ilk temir

C) bronza D) mezolit

30. Paxsa imoratlar qurish qaysi davrda boshlandi?

A) neolit B) ilk temir C) bronza D) mezolit



31. Hunarmandchilikning shakllanishiga qaysi omil zamin yaratgan?

A) dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi

B) o’troq turmush tarziga o’tilishi

C) turli hududlar bilan madaniy aloqalarning rivojlanishi

D) barcha javoblar to’g’ri

32. Neolit davrining muhim kashfiyotlari qaysi javobda berilgan?

A) loydan ishlangan va olovda pishirilgan idishlar yasash sohasi-kulolchilik hunarmandchiligi

B) tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog’i-to’quvchilik hunarmandchiligi

C) chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati bo’lgan o’q-yoyning kashf etilishi

D) A va B

33.Neolit davrining eng katta ixtirosi nima?

A) dehqonchilik va chorvachilik

B) dehqonchilik va hunarmandchilik

C) dehqonchilik va kulolchilik

D) chorvachilik va kulolchilik

1. Qachon odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan biri, ya'ni misdan foydalanishni kashf qildilar?

A) neolit davri oxirida

B) eneolit davrida

C) bronza davrining boshlarida D)mezolitdavrining oxirlarida



2. Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar ishlatilishi davri qanday ataladi?

A) neolit B) eneolit C) bronza D) mezolit



3. Eneolit-mis-tosh asri qaysi oraliqlar bilan belgilanadi?

A) miloddan avvalgi 12-7 ming yil avval

B) miloddan avvalgi 6-4 ming yil avval

C) miloddan avvalgi 40-12 ming yil avval

D) miloddan avvalgi 4-3 ming yil avval

4. Insonlar bronzani qanday hosil qilishgan?

A) misni yuqori darajada qizdirish va unga alyumin qo’shish bilan

B) misga yumshoq plastiklarni qo’shib yuqori darajada etitish bilan

C) misni qalayi, qo’rg’oshin bilan birga qo’shib eritish bilan

D) qo’rg’oshin, qalay va ruhni qo’shib yuqori darajada eritish va eritmaga ishlov berish bilan

5. Mil. avv. IV mingyillikda Qadimgi Sharqda ...

A) bronza davri boshlandi.

B) ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi.

C) ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish boshlandi.

D) g’arb davlatlari bilan keng madaniy aloqalar yo’lga qo’yildi.

6. Quyidagi o’zgarishlarning qaysi birlari miloddan avvalgi IV ming yillikka xos?

1. O’rta Osiyo janubida sug’orma dehqonchilik vujudga kelishi

2. Xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlanishi

3. Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tishning yakunlanishi

4. Idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishilishi

5. Yuk tashishning nisbatan samarali shakliga xizmat qilgan g’ildiraklarning kashf etilishi

6. Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshlashi

7. Sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatilishi

A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,7 C) 1,2,4,7 D) 1,4,5,6

7.kishilarning moddiy va manaviy madaniyatiga katta tasir kursatgan omil nima?

A)metallurgiya rivoji

B))bronza davriga o’tish

C)dehqonchilikning rivoji

D)ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi

8. Bronza qachondan boshlab mehnat qurollari, qurol-yaroqlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanib qoldi?

A) miloddan avvalgi II mingyillik o’rtalaridan boshlab

B) miloddan avvalgi III mingyillik o’rtalaridan boshlab

C) miloddan avvalgi IV mingyillik o’rtalaridan boshlab

D) miloddan avvalgi III mingyillik oxirlaridan boshlab

9.Bronza davriga oid mis ko’zgu quyidagi qaysi yodgorlikdan topligan?

A) Sopollitepa B) Zamonbobo

C) Oltintepa D) Jarqo’ton

10. Quyidagilardan bronza davriga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

A) odamlar dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo’lga kiritishi

B) odamlar ixtiyorida ortiqcha qishloq xo’jalik mashg’ulotlari va mahsulotlari vujudga kelishi

C) chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshlashi

D) barcha javoblar to’g’ri

11. Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi qaysi ko’l yaqinidan topilgan?

A) Zamonbobo B) Jarqo’tonC) Obirahmat D) Obijannat



12. Surxondaryo vodiysida, muzrabod tumanidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo’lgan qaysi manzilgohni topishdi?

A) Zamonboboni B) Sopollitepani

C) Sarazmni D) Teshiktoshni

13. Chorvachilik qaysi davrda asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshlagan?

A) mezolit davrida B) ilk temir davrida

C) bronza davrida D) neolit davrida

14.Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli?*

A) arfa chalayotgan ayol tasviri

B) ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor

C) arxar shoxi bilan o’ralgan bola qabri

D) yovvoyi buqalarni ovlash aks etgan qoya rasmlari

15. Qaysi manzilgohdagi qazishmalar davomida uy-joy, maishiy va xo’jalikbop xonalardan tarkib topgan paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik-yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan?

A) Zamonbobodan B) Sopollitepadan

C) Sarazmdan D) Teshiktoshdan

16. Surxon vohasida hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo’lmagan joyda vujudga kelgan manzilgohni aniqlang.

A) Zamonbobo B) Jarqo’ton

C) Obirahmat D) Sarazm

17. Quyidagi belgilardan Jarqo’ton manzilgohiga xos bo’lganlarini aniqlang.

A) shaharning ilk alomatlari ko’zga tashlanishi

B) ikki qismga, yani qasr (hukmdor qarorgohi) va jamoa a'zolari, hunarmandlar va dehqonlarning uylari joylashgan

C) qasri ichida ibodatxonaning joylashganligi

D) barcha javoblar to’gri

18. Yurtimizga oid bo’lgan ilk ibodatxona qaysi yodgorlikdan topib o’rganilgan?

A) Zamonbobo B) Jarqo’ton

C) Sopollitepa D) Sarazm

19. Odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni qachon kashf etdilar?

A) neolit B) eneolitC) bronza D) mezolit



20.qaysi davr manzilgohlari aholisi harxil hunarmandchilik, tuquvchilikni rivoj toptirishda, qurulish sohasida katta yutuqlarga erishgan?

A) neolit B) eneolit C) bronza D) mezolit



21.qaysi davrga kelib Patriarxat davri boshlandi?

A) neolit B) eneolit C) bronzaD) mezolit



22.ilonlar tasviri tushurilgan tosh tumor qaysi davrga oid?*

A) neolit B) eneolitC) bronzaD) mezolit



23. ilonlar tasviri tushurilgan tosh tumor nechanchi mingyillikka oid va qayerdan topilgan?*

A)mil avv 2 ming yil Farg’ona vodiysidan

B)mil avv 2 ming yil Buxorodan

C)mil avv 3 ming yil Surxon vohasidan

D)mil avv 3 ming yil Ko’lbuloqdandan
24.. bronzadan yasalgan bilakuzuk nechanchi asrga oid?

A)mil avv 12 asr

B)mil avv 13 asr

C)mil avv 14 asr

D)mil avv 15 asr

25.Bronza kuzgular qaysi manzilgohdan topilgan?

A)Zamonbobo

B)Ko’lbuloq

C)Sopollitepa

D)Jarqo’ton

26. Bronzadan yasalgan qozon nechanchi asrlarga oid?

A)mil avv 7-5 asrlar

B)mil avv 6-5 asrlar

C)mil avv 5 -3asrlar

D)mil avv 3-2 asrlar

27. Temir pichoq nechanchi asrga oid?

A)7-5 asrlar

B)7-4 asrlar

C)7-6 asrlar

D)8-6 asrlar

28. Temirdan ishlangan xanjar va qin necha ming yillikka oid/

A)1-ming yillik

B)2-ming yillik

C)3-ming yillik

D)4-ming yillik

29.Bronza davriga oid to’g’nag’ich nechanchi asrga oid?

A)mil avv 12 asr

B)mil avv 13 asr

C)mil avv 14 asr

D)mil avv 15 asr
e 17

1. Temir misga qaraganda ancha yuqori haroratda, ya’ni ...da eriydi.

A) 1500 C B) 300 C C) 1000 C D) 2000 C



2. Temirdan birinchi bo’lib qaysi hududda foydalanilgan?

A) Qadimgi Misrda B) Kichik Osiyoda

C) Yunonistonda D) Sharqiy Osiyoda

3. Temirdan birinchi bo’lib qaysi xalq va qachon foydalangan?

A) ossuriyaliklar, miloddan avvalgi X-VIII asrlarda

B) misrliklar, bundan III ming yil muqaddam

C) xettlar, miloddan avvalgi XIV-XIII asrlar

D) finikiyaliklar, miloddan avvalgi X asrlarda

4. Temirdan foydalanishga xettlardan so’ng dastlab qaysi hududlarning xalqlari muyassar bo’ldilar?

A) Finikiya, Yunoniston, Rimliklar

B) Misr, Hindiston va Xitoy xalqlari

C) Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti xalqlari

D) Markaziy Osiyo, sharqiy Osiyo va Hindiston xalqlari

5. Temirdan dastlab qanday maqsadlarda foydalanishgan?

A) harbiy qurol-yarog’ sifatida

B) zeb-ziynat buyumlari sifatida

C) yerga ishlov berish va sug’orma dehqonchilikda

D) ovchilikni yanada rivojlantirishda

6. Temirdan yasalgan bezaklar qayerlardan topilgan?

A) Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasidan

B) Kavkazdagi Maykop qo’rg’oni yodgorligidan

C) Fransiyaning Lasko g’oridan

D) A va B

7.Nima uchun temirdan dastlab zab-ziynat buyumlari yasalgan?

A)sof temir tabiatda kamyob bo’lgani uchun

B)temirga ishlov berish murakkab bo’lganligi uchun

C)temir buyumlarga talab katta bo’lganligi uchun

D)barcha javoblar to’g’ri



8. O’rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar qaysi asrlarga xos?

A) miloddan avvalgi X-IX asrlarga

B) miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga

C) miloddan avvalgi VI-V asrlarga

D) miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga

9. Temir asri boshlarida O’rta Osiyoda aholi to’rt guruhga ajratilgan, ya’ni...

A) kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar

B) kulollar, harbiylar, zadagonlar, oqsoqollar

C) ovchilar, dehqonlar, hunarmandlar, harbiylar

D) kohinlar, hunarmandlar, dehqonlar, ovchilar

10. Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti ketma-ket berilgan javobni aniqlang.

A) urug’-urug’ jamoasi-hududiy qo’shnichilik jamoasi-qabila-qabilalar ittifoqi-davlat

B) ibtidoiy to’da-hududiy qo’shinichilk jamoasi-urug’ jamoasi-qabilalar ittifoqi-davlat

C) ibtidoiy to’da-qabila-urug’-hududiy qo’shnichilik jamoasi-davlat

D) To’g’ri tartib yo’q

11. Harbiy demokratiyaning mohiyatini belgilang.

A) o’z hududlarini bosqinchilardan himoya qilish maqsadida jamoalarning birlashgan shakli

B) ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli

C) jamiyatda harbiylarnign nufuzi ortib barcha masalalar ular tomonidan hal qilingan davr

D) to’g’ri javob yo’q

12. Qaysi tarixiy manba orqali O’rta Osiyoda jamiyatning negizi katta patriarxal oila bo’lgani o’rganilgan?

A) “Behistun bitiklari” B) “Avesto”

C) Gerodot “Tarix” asari D) Strabonning “Geografiya” asari

13. "Nmana" atamasi qanday ma’noni anglatadi?

A) hududiy qo’shni jamoa B) qabilalar ittifoqi

C) harbiy demokratiya D) katta patriarxal oila

14. "Vis"- ya’ni urug’ jamoasini nima tashkil etgan?

A) qabilalarning o’zaro ittifoqi

B) bir nechta katta patriarxal oilalarning birlashuvi

C) hududiy qo’shni jamoalar

D) to’g’ri javob yo’q

15. Avestoda hududiy qo’shnichilik jamoasi qanday nomlanadi?

A) “varzana” B) “vis”C) “nmana”D) “daxya”



16. Avestoda hududiy qo’shni jamoalar qanday birlikka birikkanligi qayd etilgan?

A) qabilalar ittifoqi-“daxya”ga

B) qabilaga-“zantu”ga

C) urug’ jamoasi “vis”ga

D) to’g’ri javob yo’q

17. “Dahyu” qanday ma’noni anglatadi?

A) hududiy qo’shni jamoa B) qabilalar ittifoqi



C) harbiy demokratiya D) katta patriarxal oila


Ushbu belgi bilan berilgan test savollari darslikdagi rasm va xaritalardan olingan.

Download 29,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish