1. Qachon milliy valyuta-so’m muomalaga kiritildi?-1994-yil 1-iyul



Download 11,91 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi11,91 Kb.
#68871
Bog'liq
11-seminarozb


Savol-javob:

1. Qachon milliy valyuta-so’m muomalaga kiritildi?-1994-yil 1-iyul

2.2016-yil 4-dekabr kungi saylovda O’bekiston Respublikasi Prezident etib kim saylandi?- Shavkat Mirziyoyev

3.Saylovda Islom Karimov qancha ovoz to’playdi?-8 million 514 ming 136 ovoz

4.1995-yil 5-mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining II sessiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining necha kishidan iborat yangi tarkibini tasdiqladi?-35 kishi

5.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nechanchi yilda “Jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ni tasdiqladi?-1997-yil 29-avgustda

6.2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan referendumda qatnashgan fuqarolarning necha %i parlamentning ikki palatadan iborat bo’lishini qo’llab-quvvatladi?-93,65%i

7.I.Karimov 1996-yil 31-oktyabrda qanday farmon qabul qildi?-“Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to’g’risida”

8.Xorijiy mamlakatlar vakillarining nazorati ostida o’tgan saylov natijasida Qonunchilik palatasiga nechta deputat saylandi?-120 deputat

9.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi nimalardan iborat?- Muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan

10.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi” to’g’risidagi qonun qabul qilingan?-X sessiyasida

11.”President saylovlari to’g’risida “ qonun va “Prezident saylovini tayinlash to’g’risida” qaror qachon qabul qilingan?-1991-yil 18-noyabr

12.Prezidentlik lavozimiga saylovgacha kamida qancha yil O’zbekistonda muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin?-10 yil

13.Prezidentlik lavozimiga 1991-yil 29-dekabrdagi saylovda “Erk” DPdan kimning nomzodi qo’yildi?-Saloy Madaminov

14.Nechanchi yil muqobilik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi?-2015-yil 29-mart

15.Nechanchi yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylovlar bo’lib o’tdi?-1991-yil 29-dekabr

Xulosa:

80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.

I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi.

Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir.

Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Mustaqil g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizdan ko’prog’i o’z ovozini berdi.

Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarni ko’rib siqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida qaror qabul qilindi. I.A.Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. Prezidentlikka saylovlar bilan bir vaqtda «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’llab-quvvatlaysizmi?» savoli bo’yicha referendum ham o’tkazildi. Ovoz berishda ro’yxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 98,2 foizi mustaqillikni qo’llab ovoz berishdi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. O’zbekistonda foydali qazilma boyliklarining 2.700 dan ortiqroq o’rni aniqlangan. Har yili Respublika hududidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali yer osti boyliklari qazib olinmoqda. Respublika oltin zahirasi bo’yicha jahonda to’rtinchi, qazib chiqarish bo’yicha jaxonda 7-8 o’rindadir. Rangli metallar, fosforitlar, tabiiy gaz, neftь, ko’mir va boshqalarning zahira manbalari aniqlangan.

Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g’oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko’p o’tmay, iyunь oyida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslariniishlab chiqarish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashagn Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlariga Deklaratsiyasiga tayanadi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi. Loyihaning dastlabki nusxasi 1991 yil noyabrida tayyorlanib, har tomonlama ko’rib chiqildi va 1992 yilning sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.

Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi. Yurtboshimiz haqqoniy tarix millatining o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi. I.A.Karimov har bir «siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifasini keskin qo’yadi. O’tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini ishlatishni, kerak bo’lsa qattiq qo’llikni talab qiladi. Prezident I.A.Karimov shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo’llab ishlamoqda.

1992 yil Moskvaning «Komsomolьskaya pravda» gazetasi muxbiri: «Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda», desa, unga javoban I.A.Karimov «Ha, buni men yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko’rsatishni juda hohlaydilar Tan olaman; ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Amma men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida har holda kuchli jamiyat zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo’lishi zarur. Bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman», deb javob bergan edi.

O’zbekiston Respublikasini juda ko’plab davlatlar tan oldi va jahonning ko’pgina nufuzli tashkilotlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi. U o’z tashqi siyosatini olib borishda quyidagi tamoyillarga tayanadi:

1.Davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

2. Xalqaro huquq normalarining davlat ichki huquq normalaridan ustunligi;

3.Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

4.Terrorizm, narkobiznes va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;

5.Bir davlatga yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;



6. Tinchlik va mustaqillikka sodiqlik va h.k.

1992 yil fevralь oyida YeXHT va shu yilning 2 martida BMTga a’zo bo’lib kirishi uning siyosiy hayotida keskin burilish yasadi. Undan tashqari, O’zbekiston 1995 yil iyulь oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporotsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, YuNESKO va h.k.lar bilan mustahkam aloqalarni o’rnatdi.
Download 11,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish