Naqd pullarni qabul qilish tartibi
Tijorat banklari quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pullarni qabul qilishi mumkin: • savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan tushgan tushumlar; • soliqlar, yig‘imlar, boj va boshqa majburiy to‘lovlardan tushgan tushumlar; • omonatlarga topshirilgan tushumlar; • pochta o‘tkazmalari uchun tushgan tushumlar; • bank kartalariga tushgan tushumlar; • boshqa maqsadlardan tushgan tushumlar.
Mijozlar istisno tarzida savdo va boshqa naqd pul tushumlarini bankka topshirganda e’lonnoma rasmiylashtiriladi. E’lonnoma uchta qismdan iborat bo‘lib, e’lonnoma, kvitansiya va orderdan iborat bo‘ladi.
.2.2. Naqd pullarni berish tartibi
Yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan naqd pullar tijorat banklari tomonidan beriladi. Tijorat banklari asosan quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga naqd pullarni berishi mumkin: • ish haqi va unga tenglashtirilgan maqsadlarga; • pensiya, nafaqa va sug‘urta to‘lovlariga; • omonatlarni qaytarishga; • pochta aloqasi korxonalariga madad pullar; • bank kartalariga; • boshqa maqsadlarga. Tijorat banklarida naqd pullarni berish chiqim kassasi orqali amalga oshiriladi. Quyida tijorat banklari chiqim kassasidan ish haqiga va unga tenglashtirilgan maqsadlar uchun beriladigan naqd pullarni berish tartibi keltirilgan.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tamoyillari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: – naqd pulsiz hisob-kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; – mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |