1. Pulning mohiyati


Pul nazariyasining mohiyati



Download 60,6 Kb.
bet5/33
Sana13.07.2022
Hajmi60,6 Kb.
#792209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
pul va bank shp

Pul nazariyasining mohiyati
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning asosi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa. Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin30. Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi.Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bo‘lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyutsiyasi bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi.
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir-biriga bog‘lab turadi, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashinuvini ta’minlaydigan mexanizmga amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi.



Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Agar, kapitalizm natural – feodal tuzum sharoitida rivojlanib uning asosini bozor munosabatlari tashkil etishini e’tiborga olsak, pulning metallilik nazariyasi kishilik jamiyatining natural – feodal tuzumi davriga borib taqaladi.
Dastlab pulning metallilik nazariyasi angliya iqtisodiy nazariyachilarining ta’limotlarida paydo bo‘lgan. Metall pul nazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford (1554-1642) – T.Men (1571-1641), D.Nors (1641-1691)larni ta’kidlash mumkin. Ular pul nazariyasi asosida metall pullar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda vujudga keladigan jarayon sifatida emas, balki metall pullarni vujudga kelishini kishilik jamiyatining ma’lum davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan.
Adam Smitt va boshqa metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan mana shu jarayonda muomalada metall tangalarning ishtirok etishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning haqiqiy qiymatini xolisona baholashda qo‘l kelishi asosida metall pul nazariyasini ilgari suradilar. Chunki to‘lov vositasi sifatida metall tangalar amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar hajmi pul hajmidan kam bo‘lganda, metall tangalarning ortiqcha qismi pul sohibi tomonidan moddiy boylik sifatida jamg‘armaga yo‘naltiriladi, ya’ni metall tangalar (asosan oltin, kumush tangalar
. Pulning nominallik nazariyasi
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII–XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685–1780) va Dj.Styuart (1712–1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosida o‘zgarib turadi.
Pulning miqdoriy nazariyasi Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530–1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711–1776) va Dj.Mil (1773–1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib: – birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion variant” ta’limoti; – ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” konsepsiyasi ta’limoti hisoblanadi.Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867–1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi
M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – o‘rtacha tortilgan baho; Q – tovarlar hajmi; M1 – bank depozitlari summasi; V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi.



Download 60,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish