1. Psixologiya fannining prinsiplari va tarmoqlari



Download 48 Kb.
Sana29.01.2020
Hajmi48 Kb.
#38014
Bog'liq
BILETI 2

BILETI 2

1. Psixologiya fannining prinsiplari va tarmoqlari.

Psixologiya fanining asosiy prinsiplari. Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi prinsiplarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojalanish printsipi.Determinizm printsipiga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgila￾nadi va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Agar, hayvon psixikasi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning taraqqiyoti biologik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Inson psixikasining taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta’sir qiladi. Ong va faoliyat birligi - ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, ular bir butunlikni tashkil qiladilar. Ong faoliyatning ichki rejasini uning programmasini tashkil etadi. Psixikaning faoliyatda rivojlanishi prinsipiga ko‘ra psixika taraqqiyot mahsuli, faoliyat natijasi deb qaraladi. Faoliyat jarayonida (o‘qish, o‘yin, mehnat) odam ijtimoiy tajribani o‘zlashtiradi, bu esa psixik taraqqiyotning faqat insongagi￾na xos shaklini tarkib toptiradi.

Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari.

Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog‘langan, g‘oyat tarmoq-lanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin:konkret faoliyatning psixologik tomoni;taraqqiyotning psixologik tomoni;insonning (taraqqiyot va faoliyat sub‘ekti sifatida) jamiyatga bo‘lgan munosabatning psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo‘yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoli￾yatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishin￾ing psixologik asoslarini o‘rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va tara￾qqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilar-ning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o‘rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri injenerlik psixologiya￾si. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsim￾lash, ularning vazifalarini muvofiqlashtrish kabi muammolarni o‘rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan sistemalarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o‘rganadi. Ke-yingi yillarda mehnatva injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.

Pedagogik psixologiyaning predmeti ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Bu soha o‘quvchilarda tafakkurning tarkib topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o‘zlashtirishni boshqarish muammoalri, ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o‘quvchila orasidagi munosabtlarni, o‘quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik tara￾qqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish kabi muammo￾larni o‘rganadi.

Pedagogik psixologiyaning ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anomal rivojlangan bolalarga ta’lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko‘plab tarmoqlari mavjud.

Meditsina psixologiyasi. Psixologiyaning bu sohasi tibbiyot xodimla￾rining faoliyatini, bemorlarning xulq-atvorini o‘rganadi. Meditsina psix￾ologiyasi quyidagi qismlarga bo‘linib ketgan: neyro psixologiya–psixik xo￾dimlarning millati fiziologik tuzilmalari, asoslarini, mexanizmlarni o‘rganadi; psixofarmokologiya- davolashda qo‘laniladigan turli xil dorilar￾ning kishi psixikasiga ta’sirini o‘rganadi; psixoterapiya-bemorlarni davo￾lashda turli psixik ta’sirlardan foydalanish; psixoprofilaktika va psixogi￾giena-turli psixik kasalliklarning kelib chiqishi, ularni profilaktika qilish ma￾salarini o‘rganadi.

Yuridik psixologiya - huquq tizimida amalga oshirish mobaynida yu￾zaga keladigan masalalarni ko‘rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psix￾ologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi.

Harbiy psixologiya-jangavor harakatlar sharoitidagi odamning xulq￾atvori, boshliqlar va ularning qo‘l ostidagilar o‘zaro munosabatlarining psixologik tomonlari «psixologik urush» olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o‘rganadi.

Sport psixologiyasi- sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va vositalari, sport muso￾baqalarini tashkil qilish va o‘tkazish kabi masalalarni o‘rganadi.

Savdo psixologiyasi–xaridorlar psixologiyasini, talablarini, ularning individual xususiyatlarini hisobga olish, xizmat ko‘rsatishning psixologik omillari, reklamalarni tayyorlash, ularning xaridorga ta’siri kabi masalalarni o‘rgandi.

Yosh davrlari psixologiyasi- psixik xususiyatlarning yosh davomidagi dinamikasini, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganadi. Yosh davrlari psixologiyasi quyidagi tarmoqlarga ega: bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, o‘spirin yoshlar psixologiyasi, katta yoshli kishilar psix￾ologiyasi, geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi).

Sotsial psixologiya (ijtimoiy psixologiya ham deb yuritiladi)-kishilar orasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rgandi. Uning predmeti turli xildagi uyushgan va uyushmagan, rasmiy va norasmiy birlashmalardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganish. Sotsial psixologiya ijtimoiy kayfiyatni, taqlid qilish hodisasini, «psixologik» yuqishni, guruhlardagi tabaqalanish va liderlik hodisalarini o‘rganadi.

Shu tartibda psixologiya fanining boshqa sohalarini ham ko‘rib chiqish lozim. Buz ulardan ba’zilarini sanab o‘tish bilan cheklanamiz xolos. Bularga differensial psixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisodiyot psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, anomal taraqqiyot psixologiyasi va uning tar￾moqlari, qiyosiy psixologiya (zoo psixologiya ham deb yuritiladi) va boshqalar.

2.Faoliyat va uning turlari

Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chikkan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bul￾gan murakkab harakatlarga alokador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammo￾lari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga alokador sifatlari orkali bayon etiladi.

Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoli￾yat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha kurinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilga￾ni uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va si￾fatini uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt kila￾yotgan talabaning predmetli harakati yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar zaxiraing va uni tashkil etuvchi pred metli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki faoliyat farklanadi. Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki mux￾it va undagi narsa va xodisalarni uzgartirishga karatilgan faoliyat bulsa , ich￾ki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik ja￾raenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki￾aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misol￾ida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi.

3. Xotira jarayonlari.

Xotira turlaridan tashqari ularning jarayon￾lari ham harakaterlanadi. Bular esda olib qolish (mustahkamlash), esga tu￾shirish (aktuallashtirish, qayta tiklash), esda saqlash va unitish jjarayon￾laridir.

Esda olib qolish natijasida yangi materialni oldin o‘zlashtirilganlari bi￾lan bog‘lash orqali mustahkamlanadi. Esda olib qolish individ tajribasini yangi bilimlar bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib qolish tan￾lovchanlik harakateriga ega. Esda olib qolish quyidagilarga bog‘liq:

inson faoliyatida aktiv qo‘llangan, harakat qilgan narsalarni yaxshi eslab qqoladi

materialni eslab qolish shaxsning motivlari, maqsadlari va faoliyat usullari bilan belgilanadi.

Esda olib qolish ham qisqa muddatli va uzoq muddatli, ixtiyoriy va ix￾tiyorsiz esda olib qolish tarzida bo‘ladi.

Shulardan ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolishga to‘xtalib o‘tamiz.Ixtiyorsiz esda olib qolishda material guyoki «o‘z-o‘zidan» esda saqlanib qoladi. Bu nimaga bog‘liq? O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, ixtiyorsiz esda olib qolish quyidagi omillarga bog‘liq:

- material faoliyatning asosiy maqsadining mazmuniga kiradi, agar ma￾terial faoliyat amalga oshirishning sharoitlariga, usullariga kirsa esda saqlab qolinmaydi;

aktiv aqliy ishni yuzaga keltirgan material ixtiyorsiz ravishda yaxshi esda olib qoladi;

muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, bizda qiziqish va hissiyot tug‘dirgan material.

Ixtiyoriy esda olib qolish maxsus mnemik harakatlar mahsulidir. Bun￾da nimani va qanday qilib eslab qolishni aniqlash katta ahamiyatga ega. Bu￾nan tashqari quyidagi omillarni ko‘rsatish mumkin:

esda olib qolishning motivi;

esda olib qolishning ratsional (oqilona) usullaridan foydalanish;

tushunish, mantiqiy anglab esda olib qolish;

o‘rganilayotgan materialning rejasini tuzish;

taqqoslash;

sistemalashtirish va klassifikatsiya qilish;

obrazli bog‘lanishlarga keng suyanish;

qayta esga tushirish;

qismlarga bo‘lib va yaxlit takrorlash kabilar.

Qayta esga tushirish – ilgari esda olib qolingan materialni ak￾tuallashtirish. Qayta esga tushirishning tanish, qayta esga tushirish va xotir￾lash kabi turlari farqlanadi.

Tanish – qandaydir ob’ektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirish.

Qayta esga tushirish tanishdan shunisi bilan farq qiladiki, u qayta esga tushirilayotgan ob’ektni qayta idrok kilmay turib amalga oshiriladi.

Xotirlash-o‘tmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lo￾kallashtirilgan holda qayta esga tushirishdan iborat.

Unutish – esda olib qolingan materialni vaqtinchalik yoki butunlay

qayta tiklay olmaslik.

Unutish turlari: butunlay unutish, qisman unutish, vaqtinchalik unutish.

Xotiraning ustunlik kiluvchi tiplariga ko‘ra individual farqlar mavjud.

Ko‘rgazmali obrazli, so‘z-abstrakt va oraliq tipdagi xotira tiplari farqlanadi.

4. His-tuyg'u turlari.

Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi.Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi.

Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi.Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.

Hissiy holatlarni paydo bo`lishiga tashqi olamda yuz beradigan o`zgarishlar sabab bo`ladi. Hissiy holatlar uchun xos bo`lgan fiziologik jarayonlarning asosi murakkab shartsiz va shartli reflekslardir.

Ma`lumki, shartli reflekslar tizimi katta miya ustuniga tegishli ko`rish tepachalari va nerv qo`zg`alishlarini miyaning yuqori bo`limlaridan vegetativ asab tizimiga o`tkazib beruvchi boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. Kishining hislarni kechirishi hamma vaqt miya po`sti va po`stlok osti markazlarining birgalikdagi faoliyatlari natijasidir. Atrofda va olamda yuz beradigan o`zgarishlar odam uchun qancha ahamiyat kasb etsa, hissiy kechinmalar shuncha chuqur bo`ladi. Buning natijasida paydo bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tizimi qayta tuzilishi qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Bu jarayon katta miya yarim sharlari po`stida tarqalib po`stloq osti markazlarini ham egallab oladi. Katta miya yarim sharlar po`stidan pastda organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari; nafas olish, yurak va qon tomirlarini idora qilish, ovqat hazm qilish, ichki sekretsiya bezlarini ishini idora qilish va boshqa markazlar joylashgan. SHuning uchun po`stlok osti markazlarining qo`zg`alishi bir qator ichki a`zolar faoliyatini kuchaytirishga olib keladi. Hissiy holatlar o`zining fiziologik mohiyati jihatidan katta yarim sharlar po`stining va miya po`sti boshqaradigan po`stloq osti markazlarining funktsiyasigina bo`lib qolmay, balki miyaning boshqa qismlari ishni boshqaradigan retikulyar tuzilmaning vazifasidir. Miyaning talamus (ko`rish tepaligi) va gipotalamus (tepacha osti qismi) deb atalgan joyining qadimgi po`stloq osti tuzilishlari bilan yarim sharlar yangi po`stlog`i osti tuzilmalari o`rtasidagi limbik tizimning vazifasidir.

5. Temperament haqida tushuncha.

Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:

1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;

2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;



3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.

Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish