Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o’zlashtirishda, ularning yangi ko’rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta’sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi.
Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya’ni ontogenezni o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan Yosh psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o’smirlik va o’spirinlik psixologiyasi, etuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |