Simmaxiya. Gretsiyada xalqaro aloqalarning yana bir ko‘rinishini «Simmaxiya» harbiy siyosiy birlashmalar deb yuritilgan. Ulardan eng tanilgani Lakedemoniya va Afina simmaxiyasidir.
Lakedemoniya simmaxiyasi eramizdan avvalgi VI asrda Peloponessada tashkil topgan. Unga Sparta boshchilik qilgan. Boshqa yirik birlashmalar Afina va Dellos sinmaxiyalari yirik Afina qudratiga aylantirilgan. Eramizdan avvalgi V asr oxirlarida Pelopones urushida ya'ni 431-404 eramizdan avvalgi yillarda sodir bo‘ldi. Afina sinmaxiyasi 404 eramizdan avvalgi yilda barbod bo‘ldi. (Afina va pelopones urushida). Biroq eramizdan avvalgi 378 yilda afinaliklar o‘zlarining atrofiga ikkinchi dengiz birlashmasini birlashtirdilar. Bu birlashma 355 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Eramizdan avvalgi IV asrda yana bir qator birlashmalar tashkil topdi. Bular Biotisk shaharlar birlashmasi, Fiva shahri boshchiligida va Etaliya qishloq jamoalari birlashmasi edi. Oldingi simmaxiyalardan farqi shundaki, bular bitta birlashma rahbarligida bo‘lmasdan umumiy hukumat tuzishgan. Turli birlashmalar va polislar muammolarini eramizdan avvalgi XV-VIII asrgacha maxsus elchilar orqali hal etilgan. Elchixonaning a'zolarining soni turlicha bo‘lgan. Elchilarga 2 taxtachadan iborat (Diplomat) bo‘lgan maxsus yo‘llanma berilgan. «Diplomatiya» so‘zi shundan kelib chiqqan.
Grek-fors urushi. Qadimiy Grek tarixining muhim saxifalaridan biri grek – fors urushlari edi. Miloddan avvalgi VI asrning oxirlarida keskin ijtimoiy – siyosiy jarayonlar bilan kuzatilgan grek polislarining shaklanishi yakun topdi. Lekin, miloddan avvalgi VI asrning oxiriga kelib grek polislariga qo‘shni Axmoniylar buyuk davlati tomonidan xatar paydo bo‘ldi. Kichik Osiyoda joylashgan grek shaharlarini va Egey dengizining sharqiy qismidagi orollarni qo‘lga kiritib, Eron hukmdorlari Bolqon Gretsiyasi polislarini ham zabt etish maqsadida edilar.
Grek polislari aholisi zich, yuqori madaniyatli va sanoati hamda tijorati rivojlangan shaharlarga aylangan edi, shuning uchun ham fors xazinasiga katta foyda olib kelishi mumkin edi. Bunga qo‘shimcha, strategik ma'noda Bolqon Gretsiyasini qo‘lga olish juda muhim edi, chunki buyuk podshoh qo‘liga Sharqiy O‘rtaer dengizini topshirar edi. Bolqon polislari uchun fors xavfi ularning o‘zlari uchun o‘ta xavfli edi. Grek–fors urushlari jarayonida grek polislarining taqdiri xal bo‘lar edi.
Miloddan avvalgi 500-449 yillardagi grek – fors urushlari jahon tarixida eng davomli harbiy to‘qnashuvlaridan bo‘ldi. Grek – fors urushidagi harbiy harakatlar uzluksiz olib borilmadi, ular bir qator harbiy kompaniyalarga bo‘linib ketdi. Nihoyatda kuchli dushman ustidan qozongan g‘alaba Qadimiy greklarning ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma jabhalarini rivojlanishiga juda katta ta'sir ko‘rsatdi, va miloddan avvalgi V – IV asrlarda qadimiy Grek sivilizatsiyasining gullab – yashnashiga vosita rolini o‘ynadi. Miloddan avvalgi IV asr Makedoniyaning yuksalishi bilan belgilanadi. Makedoniyani yuksalishida, uning grek olamida eng kuchli davlatga aylanishida mashhur siyosatchi, diplomat, makedon podshosi Filipp II (359-336 y m.a.) nihoyatda katta rol o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |