7-mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzuminnng qaror topishi.
7.1. Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzuminnng qaror topishi
Reja:
1.Podsho Rossiyasining Turkistonni bosib olishi.
2.Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari.
3.Turkiston general-gubernatorligining harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimi.
4. Mustamlaka boshqaruv tizimida sud va politsiya organlari funksiyalari.
5. Vassal Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi
XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya podsholigi o’z hududlarini kengaytira borib Qozon, Ashtarxon (Astraxan) va Sibir xonliklarini bosib oldi. Shundan so’ng rus podsholarining O’rta Osiyo hududlariga qiziqishi kuchaya boshladi. Podsho hukumati bu hududlar haqida ma’lumot to’plash uchun 1558 yil aprelida “Moskva savdo kompaniyasi” vakili Antoni Jenkinsonni Richard va Robert Jonsonlar bilan birgalikda 1589 yil sentyabrigacha, 1620 yilda Ivan Xoxlovni, 1669 yilda B.A. Pazuxin va S.I. Pazuxinlarni, 1675 yilda V.A. Daudov boshchiligidagi elchilarni Buxoro, Xiva, Samarqand, Urganch va Balxga jo’natgan edi. Bu elchilarning asosiy maqsadlari O’rta Osiyo xonliklari va unga qo’shni bo’lgan hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ahvoli, xalqaro aloqalari haqida ma’lumotlar to’plashdan iborat edi.
Ammo, O’rta Osiyo hududlarini bosib olish uchun to’g’ridan to’g’ri amaliy harakatlar XVIII asr boshlarida, ya’ni, Pyotr I hukmronligi davrida boshlandi. Mang’ishloqlik turkman savdogari Xo’ja Nafas orqali Amudaryo sohili oltin qumlariga boyligi haqida xabarni eshitgan Pyotr I 1717 yilda knyaz Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini 3000 dan ortiq qo’shin bilan Xiva xonligiga jo’natadi. Ammo, bu ekspeditsiya muvaffaqiyatli chiqmay, uning qo’shinlari Xiva xoni Sherg’ozixon tomonidan qirib tashlanadi. Shundan so’ng Pyotr I 1721 yilda Florio Beveni boshchiligidagi elchilarni Buxoroga jo’natadi. Italiyalik Rossiya josusi F. Beveniga elchilik niqobidagi o’z safari chog’ida iqtisodiy va geografik ahamiyatga molik yerlarni buxoroliklarga sezdirmasdan eslab qolish, Kaspiyga quyiladigan katta-katta daryolar va mavjud kemalar, shaharlar va istehkomlar haqida ma’lumotlar to’plash topshirilgan edi.
Bundan tashqari F.Beneveni Buxoro xonligi qal’alari va qo’shinlarining umumiy soni, armiyasining tuzilishi va ahvoli, boshqarish usuli, Buxoroning Eron, Xivava Turkiya bilan munosabatlari haqida to’la ma’lumot to’plashi hamda Rossiyabilan Buxoro davlati o’rtasida savdo-sotiqni rivojlantirishda mavjudimkoniyatlarni aniqlash bilan birga, O’rta Osiyo daryolaridagi oltin zahiralari haqida ma’lumot to’plashi ham lozim edi. F Beneveni Buxoroda uch yildan ortiq yashab Buxoro va Xiva xonligining ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyot, tabiiiy boyliklari haqida ma’lumotlar to’plab 1825 yilda Rossiyaga qaytadi. XVIII asrning birinchi choragida ko’chmanchi qozoqlar Ural daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi chegarasigacha bo’lgan hududda Katta, O’rta va Kichik juzga bo’lingan holda yashar edilar. Qozoq sultonlari o’rtasidagi urushlar ustiga, qalmoqlarning hujumlari qo’shilib, o’zaro qonli to’qnashuvlar bo’lib turgan. Undan tashqari 1723 yilgi ocharchilik qozoqlarni qiyin ahvolga solib qo’ydi.
O’zaro urushlardan charchagan qozoq sultoni (Kichik juz) Abulxayrxon 1730 yilda Rossiyaga murojjat qilib, qozoqlarni Rossiya himoyasiga olishini so’radi. XVIII asrning birinchi yarmida barcha ko’chmanchi qozoqlar Rossiya tobeligiga olindi. Rossiya hukumati o’zbek xonliklarini bosib olish maqsadida butun XVIII asr mobaynida qozoq juzlari yashab turgan hududlarda 150 ga yaqin katta va kichik qal’alar qurdirib, platsdarm sifatidagi yangi shaharlarga (Omsk, Semipalatinsk, Ust-Kamenogorsk, Orenburg va boshq.) asos soldilar.
XIX asr boshlariga kelib Yevropaning ba’zi davlatlari o’rtasida harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketganligi bois, 1806-1812 yillarda rus-turk, 1808-1809 yillarda rus –shved, 1805-1813 yillarda rus –fors, 1805-1812 rus-frantsuz urushlari bo’lib o’tdi. Buning natijasida Rossiya hukumatining o’zbek xonliklariga bo’lgan e’tibori kamaydi. Nikolay I (1825-1855 yy.) rus taxtiga o’tirgach vaziyat yana o’zgardi. Qozoq dashtlaridagi harbiy istehkomlar vositasida Rossiya imperiyasi Xiva xonligi hududlariga yaqinlashib kela boshladi.
Rossiyaning o’zbek xonliklariga nisbatan siyosatini izchil amalga oshirish tarafdorlaridan biri bo’lgan Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy podsho Nikolay I farmoniga ko’ra 1839 yilda 5 mingdan ziyod qurollangan qo’shin bilan Xiva xonligi ustiga yurish boshladi. Ammo, yo’ldagi og’ir shart-sharoitlar rus qo’shinlarining ahvolini qiyinlashtirdi. 1840 yilning boshlarida Xiva chegaralariga yetib kelgan Perovskiy qo’shinlari Xiva xoni Olloqulixonning o’zbek, qozoq va turkmanlardan iborat birlashgan qo’shinlari tomonidan tor –mor etildi. XIX asrning o’rtalarida jahonning yirik davlatlari o’rtasida yangi mustamlakalar uchun kurash qizib ketgan bir sharoitda Rossiya imperiyasi ham bu kurashlardan chetda qolmadi. Shu jihatdan bu davrda Angliya va Rossiya manfaatlari O’rta Osiyoda to’qnashdi. Rossiya imperiyasi hukumati Angliyaning Turkiston va Kaspiy dengizining sharqiy tomonlarini egallab olishidan xavsirayotgan edilar. Chunki Angliya Afg’oniston va Hindiston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borar edi.
Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga urinayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilish, o’zbek xonliklarini Rossiyaga qarshi birlashtirish hamda O’rta Osiyo bozorlarini egallash edi. Angliya o’z maqsadini amalga oshirishni tezlatish uchun turli yillarda Stoddart, Konolli, Byorn, Archi Todd, Abbot, Shekspir, Iosif Volf kabi ko’plab fors va turk tillarini yaxshi bilgan josuslarni o’zbek xonliklariga jo’natdi. Shuningdek, Angliya hukumati Turkiya bilan hamkorlikda O’rta Osiyo davlatlarini birlashtirishga ko’p harakat qildi. Ammo, ularning barcha harakatlari zoe ketdi. Chunki, o’zbek xonliklari o’rtasida nizolar kuchli edi.
Undan tashqari Rossiya hukumati o’zbek xonliklarini bir-biriga qarshi gij-gijlatish siyosatini olib bordi.
Rossiya hukumati O’rta Osiyo hududlarini bosib olishdan ko’proq manfaatdor bo’lib, bu manfaatdorlik bosqinchilik harakatlarini tezlashtirishga undar edi.
Olimlarning fikrlariga ko’ra, quyidagi sabablar Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishni tezlashtirgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |