1. Podsho Rossiyasining Turkistonni bosib olishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari


Rossiyaning yengil sanoatini ta’minlab beruvchi arzon hom ashyo bazasining O’rta Osiyoda mavjudligi



Download 124,84 Kb.
bet2/9
Sana20.03.2022
Hajmi124,84 Kb.
#501816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turkistonda Rossiya imperiyasi

1. Rossiyaning yengil sanoatini ta’minlab beruvchi arzon hom ashyo bazasining O’rta Osiyoda mavjudligi.
2. Qrim urushi (1853-1856 yy.) tufayli Qora dengiz portlarining Rossiya qo’lidan ketishi hamda uning o’rniga O’rta Osiyo xonliklarini egallash hisobiga to’ldirish. O’rta Osiyo orqali Eron, Afg’oniston, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Angliyaning ta’sirini yo’qotib, bu davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o’rnatish.
3. Rossiyaning Yevropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulot uchun O’rta Osiyo bozorlarini egallashi lozim edi.
4. Rossiyada o’tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini ko’chirib keltirish hamda ularni yer-suv bilan ta’minlash.
Shuningdek, Angliyaning O’rta Osiyo bozorlariga intilishi ham Rossiya hukumatini tashvishga solib qo’ygan edi. Shu bois ham xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganligidan foydalangan Chor Rossiyasi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1853 yilda Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy qo’shinlari Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga ega bo’lgan Oqmachit (hozirgi Qizil O’rda) qal’asini kuch bilan egalladi. Qrim urushi tufayli
to’xtab qolgan harbiy harakatlar 1860 yilning yozida yana jonlanib, polkovnik Simmerman boshchiligidagi rus qo’shinlari To’qmoq, keyin esa Pishpak (hoz. Bishkek) qal’alarini egalladilar.
1864 yilning may oyida Verniy qal’asidan (1854 yilda Almati ovuli yonida ruslar tomonidan qurilgan) yo’lga chiqqan polkovnik Chernyaev Avliyoota, Suzoq qal’alarini, iyul oyida Turkiston shahrini bosib oldi. Shundan so’ng Chimkent shahri qamal qilinib, bu yerda rus qo’shinlari Qo’qon sarkardasi Alimqul Amirilashkar zarbalariga duch keldilar. Ammo, harbiy- texnik jihatdan ustunlikka ega bo’lgan Chernyaev qo’shinlari 22 sentyabrda Chimkentni egallashga erishdilar. 1864 yilning oktyabrida Chernyaev qo’shinlari Toshkentga hujum boshladilar va shaharning sharqidagi Darvishak qopqa degan joyda mag’lubiyatga uchradilar.
1864-1865 yilning qishida Chernyaev Toshkentga yurish uchun harbiy tayorgarlik ko’rib, o’z qo’shinlarini Sibir va Orenburgdan yetib kelgan qurol-yarog’, qo’shimcha harbiy kuchlar bilan to’ldirdi. 1865 yil 28 aprelda Chernyaev Chirchiq daryosi bo’yidagi Niyozbek qal’asini egallab, bu yerdagi Toshkent shahrini suv bilan ta’minlab tutuvchi to’g’onni bo’zib tashladi. Toshkent mudofaasini tashkil etishda Alimqul sarkardaning xizmatlari katta bo’ldi.
8 may kuni Alimqul katta lashkar bilan Qo’qondan yetib 9 may kuni ruslar bilan jangga kirishdi. Ammo, Alimqul qattiq yarador bo’lib, halok bo’lgach toshkentliklar orasida sarosimalik boshlandi. 1865 yil 15 iyun kuni Toshkent zabt etildi.
Shundan so’ng Chor Rossiyasi qo’shinlarining harbiy harakatlari Buxoro amirligiga qaratildi. 1866 yilda olib borilgan bosqinchilik urushlari natijasida (general Romanovskiy boshchiligida) amirlik hududlari egallana boshlandi. 1866 yil may oyida Erjarda bo’lgan jangda amir Muzaffar yengilib Jizzahga qochdi. 19-22 may kunlari bo’lgan janglardan so’ng Romanovskiy qo’shinlari Xo’jandni egalladilar. Oktyabr oyida O’ratepa va Zomin bosib olindi. Jizzax shahri uchun qattiq janglar bo’lib 11-18 oktyabr kunlari bu shahar ham bosqinchilar tomonidan egallandi. 1868 yil 1 may kuni fon Kaufman boshchiligidagi rus qo’shinlari amirlikning yirik shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandga yurish boshladilar.
Cho’ponota tepaligida bo’lgan jangda amir qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi va 2 may kuni Samarqand shahri egallandi. Amir Muzaffar asosiy kuchrlarni to’plab Samarqand tomon yurdi. Kaufman ham katta kuchlar bilan Buxoroga tomon harakatlandi. 2 iyun kuni Zirabuloqda har ikkala qo’shinlar o’rtasida jang bo’lib amir mag’lubiyatga uchradi. Amir Muzaffar va Kaufman qo’shinlari Zirabuloqda urushayotgan bir paytda Shahrisabz va Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik to’ra boshchiligida Samarqandda qoldirilgan rus qo’shinlariga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib bu harakatni bostirdi va Samarqandni talon-taroj qilishga buyruq berdi. 1868 yil 23 iyunga kelib, chorasiz qolgan amir Muzaffar Turkiston general –gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi va Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. Bu sulhga ko’ra, Buxoro amiri Rossiyaga katta miqdorda tovon puli (125 ming tilla) to’lab, Rossiya hukumatining roziligisiz tashqi aloqalar olib borishdan mahrum bo’ldi va Zarafshon daryosining yuqori qismidagi yerlar, Samarqand va Kattaqo’rg’on Rossiya tarkibiga kiritildi.
1872 yilning oxirlarida Rossiya hukumati Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlar boshlashga jiddiy qaror qabul qildi. Xivaga qarshi Orenburg, Mang’ishloq, Krasnovodsk va Kavkaz okrugi qo’shinlari ham jalb etildi. 1873 yilning bahorida 12 mingdan ortiq qo’shin va 56 ta to’p-zambaraklarga umumiy qo’mondonlik Kaufman zimmasiga yuklatilib, Xiva xonligiga yurish boshlandi. Xiva hukmdori Muhammad Rahimxon II masalani tinch yo’l bilan hal etishga urinishi behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va dushman istilochilariga qarshi kuchlarni safarbar etadi. Ammo, kuchlar va harbiy tayyorgarlik nisbati teng emas edi. 1873 yil 18 may kuni Amudaryo bo’ylaridagi qattaq janglardan so’ng Xazorasp egallandi.
Shundan so’ng rus qo’shinlari Qo’ng’irot, Xo’jayli, Mang’it qal’alarini egallab 29 may kuni Xivaga kirib keladilar. Xon Izmiqsho’r tarafdagi turkman ovuliga qochib ketadi. U Xivaga qaytib kelguniga qadar xon saroyidagi qimmatbaho buyumlar va 300 ta nodir qo’lyozma asarlar Peterburgga jo’natildi. 1873 yil 12 avgustda Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog’ida fon Kaufman bilan Muhammad Rahimxon o’rtasida sulh shartnomasi (“Gandimiyon shartnomasi”) imzolandi. Bu shartnomaga ko’ra, Amudaryo quyi oqimining o’ng qirg’og’idagi yerlar Rossiya ixtiyoriga o’tdi. Rus kemalarining Amudaryo bo’ylab suzishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Rus savdogarlari xonlik hududida erkin savdo qilish, Amudaryoning chap qirg’og’ida savdo omborlari qurish huquqini oldilar. Xiva xonligi Rossiyaning ruxsatisiz tashqi aloqalar olib borishdan mahrum etilib, vassalga aylandi. Xonlik zimmasiga 2.200 ming so’m tovon to’lash (20 yil muddatga) majburiyati yuklatildi. Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida boj va majburiyatlardan ozod etilib,ularga xonlikda ko’chmas mulk sotib olishga ruxsat berildi.
Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarda o’z hukmronligini o’rnatish va boshqarish uchun mustamlakachilarning manfaatlarini himoya qiladigan mustahkam boshqaruv tartiblarini joriy etish uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rdilar. Chunki boshqaruv tizimi Rossiya hukumati uchun juda muhim bo’lib, bosib olingan joylarda mustamlakachilik siyosatini olib borishda asosiy tayanch hisoblangan. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Turkiston ma’muriyati imperiyaning boshqa o’lkalari boshqaruvidan o’zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turadi. Rossiya hukumatining Turkiston o’lkasi uchun 1865-1916 yillar oralig’ida ishlab chiqqan hamda amalga tadbiq etilgan o’nta qonun loyihalari (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916 yillar) da va ularning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o’zgarishlarda ana shu holat o’z aksini topgan.
Toshkent shahri bosib olinganidan so’ng 1864-1865 yillarda bosib olingan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida (1865 y.) harbiy-lashgan ma’muriy boshqaruv tartiblariga asoslangan Turkiston viloyati tashkil etilib, unga general-mayor M.G.Chernyaev gubernator etib tayin-lanadi. Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865 yil 6 avgustda “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” qabul qilinib, unga muvofiq harbiy va fuqarolik hokimiyati harbiy gubernator qo’lida bo’limlarga bo’linib, ularni bo’lim boshliqlari boshqargan. Bo’lim boshlig’i bir vaqtning o’zida bo’lim harbiy komendanti ham hisoblangan.
Bo’lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi va rus amaldorlaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo’ysungan. Shuningdek, bu “Nizom” ga ko’ra, Turkiston viloyati gubernatori, “biy, oqsaqol, rais va qozi lavozimidagi tub joy aholi vakillarini egallab turgan lavozimiga tasdiqlash, bo’shatish, almashtirish vakolatiga ega bo’lgan”. Mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi boshqaruvchilarning vazifalari joylarda tinchlikni saqlash, karvonlar xavfsizligini ta’minlash, o’rmon, suv inshootlarini qo’riqlash, o’troq va ko’chmanchi aholi o’rtasidagi janjallarni hal qilish, aholiga soliq va majburiyatlarni belgilash, ularni o’z vaqtida va o’z miqdorida to’lashni nazorat qilish, nazorat natijalarini bo’lim boshlig’iga yetkazishdan iborat bo’lgan.
Mahalliy aholining o’troq hayot kechiruvchi qismida sud ishlari bo’yicha qozilar chiqargan hukmlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanishi lozim bo’lib, qozilarning chiqargan hukmlarini harbiy gubernator o’zgartirish huquqiga ega bo’lgan. Ko’chmanchi aholining biy sudlari mahalliy aholi boshqaruvchilarining ruxsati bilan o’tkazilgan. Biy sudlarida ishlar odat qoidalari asosida ko’rilgan.
1865 yildayoq Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoni bilan Orenburg va G’arbiy Sibir general-gubernatorliklari hamda Turkiston viloyati turmush tarzi va umumiy ahvolini o’rganish uchun “Dasht komissiyasi” tuzilib, O’rta Osiyoga jo’natiladi. Ushbu komissiyaning vazifasi bosib olingan hududlardagi sharoitni o’rganish hamda ularni qanday boshqarish haqida nizom tuzish uchun ma’lumotlar to’plashdan iborat edi. Komissiya o’z ish jarayonida bosib olingan yerlardan quyidagi qoidalarga asoslangan holda foydalanishni belgilab bergan edi:

Download 124,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish