Intizomiy mas’uliyat — mehnatga oid amaldagi qonunchilikka rioya etilmagan taqdirdagi mas’uliyatdir.
Ma’muriy mas’uliyat — xodim tomonidan ma’muriy huquq-buzarliklarga yo’l qo’yilgan hollardagi mas’uliyatdir. Bu jazo choralari davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan mansabdor shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qo’llaniladi.
II. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari— personalga iqtisodiy qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida ta’sir ko’rsatishdir. Ularning quyidagi turlari mavjuddir (3.7- rasm).
Xo’jalikni rejali yuritish — bu har qanday korxona faoliyat yuritishining asosiy qonuni hisoblanib, korxona maqsadlariga erishishning aniq strategiyasi mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona erkin tovar ishlab chiqaruvchi hisoblanib, bozorda boshqa korxonalarning teng huquqli sherigi maqomiga ega bo’ladi. Korxonaning iqtisodiy rivojlanish rejasi tovarga bozor talabi bilan zarur resurslar o’rtasidagi balansni ta’minlovchi asosiy shakli hisoblanadi.