Kultural xususiyatlari. zamburug’ glyukozali Saburo agarida, 26-280C da o’sadi. M.equinum terisimon, qatlamli, muhitga zich joylashgan, kulrang-oq miseley bilan qoplangan koloniyalar hosil qiladi. Yetilgan koloniyalar sariq yoki qo’ng’ir rangda bo’ladi. Miseliysi bo’g’inlarga bo’lingan, mikrokonidiylar noksimon, makrokonidiylar ko’p hujayrali (15-20x12-17 mkm) bo’ladi.
M.lanosum suslo - agarda yumaloq konsentrik aylanali kulrang oqish, markazi unsimon koloniyalar hosil qiladi. Miseliysi bo’g’inlarga bo’lingan, yosh kulturalarda shoxlangan bo’ladi. Makrokonidiylari ko’p kamerali, ikki uchiga qarab toraygan, uzunligi 40-80 mkm.
M.gypseum suslo-agarda tekis, unsimon koloniyalar hosil qiladi, miseliysi raketasimon, makrokonidiylari ko’p hujayrali, 8-12x30-50 mkm.
Dermatomisetlarning fermentativ xususiyatlari umuman har xil va asosan doimiy emas, shuning uchun ham zamburug’ turlarini farqlashda qo’llanilmaydi.
Chidamliligi. Mikrosporonlar patmaterialni ( soch, teri qirindilari) qog’oz xaltachalarda uy haroratida saqlanganda 3-4 yil va undan ortiq yashaydi. Quruq issiq 1100C da 30 daqiqada, 800C da 2 soatda, qaynatish-2-3 daqiqada zamburug’ni o’ldiradi.
Dezinfeksiya uchun 5% li oltingugurt-karbolli eritmasi ishlatiladi. Xalat, sochiq, bog’lam va boshqa maxsus kiyimlar 2% li sovun-sodali eritmada 15 daqiqa qaynatiladi yoki 5% li xloriminda (3 soat), 5% li lizolda (20 daqiqa) ivitiladi.
Dermotofitlar zararlangan junda 2-7 yil, go’ngda 8 oy, tuproqda 142 kun yashaydi.
Patogenligi. M.equi zamburugi bilan otlarda, laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho’chqalarida kasallik chaqirish mumkin: Buning uchun zamburug’ kulturasi yoki patmaterial hayvon terisini tirnab, unga surtiladi.
Antigen xususiyatlari kam o’rganilgan. Trixofitiya va mikrosporiyani fluoressensiyalovchi antitelo usulida farqlash mumkin. Ularning antigen tuzilishidagi farqi profilaktik maxsus biopreparatlarni yaratishda katta ahamiyatga ega.
Diagnozi. Mikrosporiyaga gumon qilinganda klinik diagnozni tasdiqlash uchun zararlangan o’choqlardan olingan qirindilar mikroskopik tekshiriladi. zarur hollarda qo’zg’atuvchining toza kulturasi ajratiladi. Bundan tashqari, trixofitiyani mikrosporiyadan farqlash kerak. Buning uchun lyuminissentli analizdan foydalaniladi. Mikrosporiya qo’zg’atuvchilari bo’lsa, ultrabinafsha nurlar ta’sirida xarakterli yashil nurlanish (yorug’lik) paydo bo’ladi. Trixofitiya qo’zg’atuvchisi nurlanmaydi.
Biopreparatlar. Mikrosporiyani Maxsus davolash usuli ishlab chiqilmagan. Mahalliy davolash uchun trixofitiyada qo’llaniladigan preparatlardan foydalaniladi. Yuqori fungisidli ta’sir qiluvchi preparatlar taklif qilingan: yuglon, fenotiazin, amkazol, yod - vazogen, yam va h.k. Maxsus kasallik oldini oluvchi vositalar yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |