Parchin mixli chokni hisoblash.
Ishlash sharoitiga qarab, parchin mixli choklar quyidagi turlarga bo’linadi:
A) mustahkam choklar; bunday choklar birikmaning yetarli darajada mustahkam bo’lishini ta`minlaydi va metall konstruksiyalarini (ko’prik va stropilaviy fermalar va x.k) yig’ishda ishlatiladi;
B) mustahkam-jips choklar; bular birikmaga katta mexanikaviy kuchlar ta`sir qilishi bilan birga, chokning germetik bo’lishi ham zarur hollarda (masalan, bug’ qozonlari, bosim ta`siridagi suyuqliklar saqlanadigan idishlar va shu kabilar yasashda) ishlatiladi;
V) jips choklar; germetik bo’lishi talab etiladigan, ammo ta`sir etuvchi bosim uncha katta bo’lmagan hollarda (masalan, yonilg’i, surkov moylari va suv saqlash uchun mo’ljallangan idishlarni yasashda) ishlatiladi;
Hozirgi vaqtda mustahkam jips hamda jips choklar o’rniga hamma yerda payvand choklar ishlatilmoqda desa bo’ladi. Shuning uchun, bu yerda asosan, mustahkam choklarni hisoblash to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
1. Cho’zuvchi kuch ta`siridagi chokni hisoblash. Umuman olganda chokka ta`sir etuvchi kuch va hosil bo’lgan kuchlanishlar orasidagi munosabatni aniq ifodalash birmuncha murakkab. Amalda choklarni hisoblashda ayrim soddalashtirishlar kiritiladi. Chunonchi, chokka ta`sir etuvchi kuch parchin mixlarga bir xilda, listning eni bo’ylab esa bir tekisda taqsimlanadi, deb olinadi. Chokning yemirilishi parchin mixning kesilishi, parchin mixning yoki teshik devorning ezilishi, listning uzunligi eng chetda joylashgan parchin mix ta`sirida listning kesilishi oqibatida yuz berishi mumkin
Chokdagi parchin mixlar soni n bilan, bitta parchin mixga ta`sir etuvchi kuch esa P0 = P/n bilan belgilansa, chokning mustahkamligini ta`minlash uchun quyidagi tengliklar bajarilishi lozim:
P0 =
P0 =(t-d0)s
P0 =d0s
P0 =2
Bu tenglamalarda d0 listdagi teshikning diametri (hisoblash vaqtida bu diametr parchin mix diametri o’rnida olinadi); t-ikki parchin mix markazlari orasidagi masofa – qadam; t1 va t2 – eng chetda joylashgan parchin mix markazidan list qirrasigacha bo’lgan masofa; S - biriktirilgan listlarning qalinligi; - ruxsat etilgan kesuvchi kuchlanish; - ruxsat etilgan ezuvchi kuchlanish; - ruxsat etilgan cho’zuvchi kuchlanish; - listning chetki qismi uchun ruxsat etilgan kesuvchi kuchlanish.
Odatda, =(1,4 1,7) bo’ladi. Ana shu e`tiborga olingan holda va ifodalar bir-biriga tenglashtirilsa,
bo’ladi. Bundan d0=(1,8 2,2) s ekanligini aniqlash mumkin. deb olinib, hozirgina topilgan ifodadan S=d0/2 ekanligi e`tiborga olingan holda va ifodalar bir-biriga tenglashtirilsa,
kelib chiqadi .Bu tenglikdan t=2,57 ekanligini topish mumkin.Amaliy hisoblashlarda esa, chokning tuzilishiga qarab, t=(3 5) qilib olinadi.
’=0,8 va S=d0/2 ekanligi e’tiborga olinib, va ifodalar bir-biriga tenglashtirilsa,
bo’ladi. Bu teglikdan t=1,5 d0 ekanligini aniqlash mumkin.
Amaliy hisoblashlarda t=(1,5...2) do va t2 1,5 do qilib olinadi. Binobarin, listning qalinligi ma`lum bo’lsa, uning qiymatiga qarab, parchin mixli chokning asosiy o’lchamlarini aniqlash mumkin. Odatda, bu usul aniqlashga o’lchamlar qiymati bilan solishtirilib, chokning ta`sir etuvchi kuchga nisbatan mustahkamligi yuqorida keltirilgan to’rtta tenglik vositasida tekshiriladi. Lozim bo’lgan taqdirda aniqlangan o’lchamlarga tuzatishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |