2. Oziq - ovqat tovarlari sifatini organoleptik usulda baho berish;
Oziq-ovqat mahsulotlariga organoleptik baho berishda ta’m bilish xususiyatlari ularning sifatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kishi organizmida ta’mni sezadigan asosiy a’zo tildir. Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilinganda sezgi a’zolarining qanday ta’sirlanishini birinchi bo‘lib akademik I. P. Pavlov tushuntirib bergan edi. Tilning shillik pardasi va og‘iz bo‘shlig‘ida ta’m bilish bo‘rtmalari joylashgan bo‘lib, ularga ta’m sezgisini ko‘zg‘atuvchi moddalar eritmasi ta’sir qiladi. Tilda joylashgan til bo‘rtmalarining umumiy soni 9000 dan ortiq deb taxmin qilinadi, shulardan ko‘pchiligi tilning uchida, qolganlari tilning yon sathida va orqa qismida joylashgandir. Asosan to‘rt xil oddiy ta’m mavjuddir, bular: shirin, sho‘r, nordon va achchiq ta’mdir. Boshqa ta’m va ta’m sezgilari bu asosiy ta’m sezgilarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: achchiq-sho‘r, shirin-nordon, nordon-shirin, shirin-achchiq, va boshqalar. Oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mi, mazasi shu mahsulotning tabiatiga, kimyoviy tarkibiga, mahsulot tatib ko‘rilayotgan paytdagi haroratga bog‘liqdir. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarining organoleptik usulda aniqlanadigan organoleptik ko‘rsatkichlariga ularning rangi, tashqi ko‘rinishi, konsistentsiyasi ham kiradi. Bu ko‘rsatkichlar ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari yordamida aniqlanadi. Insonning ko‘rish a’zosi bo‘lgan ko‘z yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, katta-kichikligi, rangi, shakli, idishlarga qanday joylashganligi, tiniqligi va shu kabilar baholanadi.
Hozirgi kunda organoleptik usulning aniqligini oshirish va uni takomillashtirish borasida ancha ishlar qilinmoqda. Mahsulotlarga organoleptik jihatdan baho berishning bir necha usullari bo‘lib, ulardan keng qo‘llaniladiganlari ball bilan baholash va taqqoslab baho berish usullaridir.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyor ovqatlarga organoleptik baho berish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son qarorining 3-bandiga muvofiq Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Eksperiment jarayonida 60 nafar tadbirkor va 266 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti ishtirok etib, jami 63760 nafar tarbiyalanuvchini autsorsing usulida (maktabgacha ta’lim tashkilotiga tayyor ovqat yetkazib berish yo‘li bilan) ovqatlantirish tashkil etildi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari bo‘yicha ta’minlanishi yuzasidan har o‘n kunlik hisobotini yuritadi. Yig‘ma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi. Tayyor taomlardan sinama olish, ularning organoleptik (hid bilish, ta’m bilish, ko‘rish) usul asosida baholanishini va jurnalga qayd etishni hamda taomlardan olingan sinamalar talab etilgan darajada saqlanishini ta’minlaydi. Xo‘jalik mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi. Har uch yilda bir marta belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi. turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi hamda organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi. Issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borishda maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilib boradi. Tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritadi. Monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yig‘ilishlarda prokuratura, moliya, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib boradi. Oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq bo‘lmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari hamda sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |