13. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) bir haftalik muddatda Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi nizomini tasdiqlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
b) ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1994-yil 25-fevraldagi PF-769-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
42.2017 йилда ташқи сиёсат бўйича қандай битим ва келишувларга эришилди?
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi
bilan O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr
boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston
davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi.
2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga
oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida
“Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va
taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar
xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston. 2017-yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining
Ostona sammiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton
Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati”
ordeni bilan taqdirladi.
O‘zbekiston – Qirg‘iziston. 2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa
ochildi. Shu yil sentabr oyida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev
taklif ga binoan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘ldi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani
qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Shu munosabat
bilan, aholining o‘tib-qaytishi uchun ikki davlat o‘rtasidagi 7 yil davomida
yopib qo‘yilgan chegara postlar ochildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklif ga binoan Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy
tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda
hamkorlikka doir qator hujjatlar qabul qilindi
O‘zbekiston – Tojikiston. 2017-yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ham yangi sahifa
ochildi. Shu yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arabmusulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti
Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ko‘plab
manfaatli kelishuvlarga erishildi. 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan
so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi.
O‘zbekiston – Turkmaniston. 2017-yil Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli
Berdimuhamedov taklif bilan ikki marta (mart, may oylari) Turkmanistonga tashrif buyurdi. Tashrifl ar davomida bir qator kelishuvlarga erishildi.
2017-yil mart oyidagi muzokaralar yakunida prezidentlar O‘zbekiston
bilan Turkmaniston o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani
imzoladilar. Ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot,
qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoati, temir yo‘l transporti, madaniy-gumanitar
sohalardagi hamkorlik, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir qator
hujjatlar imzolandi.
44.“Халқ дипломатиясини фаоллаштириш, Ўзбекистон хорижий мамлакатлар билан дўстлик ва маданий-маърифий алоқалар жамиятлари кенгаши фаолиятини такомиллаштириш” Дастурнинг банди тўғрисида
Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi — ommaviy koʻngilli jamoat tashkiloti. 1997 yil 15 mayda taʼsis etilgan. Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish Kengashning asosiy vazifasidir.
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan oʻrnatgan doʻstlik va madaniymaʼrifiy aloqalari tarixi 20-asrning 20-yillari oxirida boshlangan. Oʻshanda Toshkent shahrida Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar jamiyatining Oʻrta Osiyo boʻlimi tashkil topgan. U 1947 yildan "Oʻzbekiston boʻlimi", 1953 yildan esa "Oʻzbekiston jamiyati" deb atala boshladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bu jamiyat mohiyatan va shaklan oʻzgardi. Chet mamlakatlar bilan uzilib qolgan aloqalar tiklandi. Oʻzbekiston uchun siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tarixiy nuqtai nazardan ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan davlatlar bilan doʻstlik aloqalari oʻrnagildi. Kengash qoshida 36 xorijiy mamlakat bilan doʻstlik jamiyatlari faoliyat yuritadi (2005). Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish ham Kengash ishida alohida oʻrin tutadi. Bu borada AQSH, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni kabi 30 dan ortiq mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning jamiyatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyilgan.
Kengash xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan doʻstlik jamiyatlari raislari, shuningdek, Kengash kotibiyati rahbaridan iborat tarkibda tuziladi. Kengash aʼzolarining umumiy yigʻilishi tashkilotning oliy organi hisoblanadi. Doʻstlik jamiyatlari rahbarlaridan biri, jamoatchilik asosida, Kengashning raisi etib 2 yil muddatga saylanadi. Kundalik faoliyatni Kotibiyat amalga oshiradi. Kotibiyat tarkibida xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar; Yevropa va Amerika davlatlari; Osiyo, Afrika va Tinch okeani mintaqasi davlatlari; MDH davlatlari; tashkiliy masalalar va xalqaro tashkilotlar; axborot va matbuot boʻlimlari bor. Kengashning viloyat boʻlimlari mavjud. Oʻzbek, rus, ingliz tillarida chiqadigan "Oʻzbekiston" jur. Kengash nashridir.
2019-yilning 28-noyabrida professor Sultonova E.S. va xalqaro munosabatlar fakulteti dekan muovini S.Tilyaxodjaeva boshchiligidagi "Xalqaro munosabatlar" fakultetining 1-bosqich talabalari Konrad Adenauer jamg'armasi ko'magida Shanxay xalqlaro diplomatiyasi markazi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tashkil etilgan "Xalq diplomatiyasi - milliy manfaatlarni ilgari surishda strategik manbaa" mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi.
Tadbirda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, milliy, xorijiy ekspertlar va ShHTga a'zo davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, olimlar va mutaxassislar, shuningdek, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar so'nggi paytlarda xalq diplomatiyasi xalqaro munosabatlarning asosiy omillaridan biriga aylanganini ta'kidladilar. Bunda jamoat birlashmalari va tashkilotlari, xalqaro nohukumat tashkilotlari ushbu jarayonga faol jalb qilingan, qardosh shaharlar darajasida aloqalar o'rnatilmoqda, turli mavzuli yo'nalishdagi ijtimoiy-siyosiy Aksiyalar o'tkazilmoqda, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari aloqalari mustahkamlanib, rivojlanmoqda. Bularning barchasi, avvalo, mamlakatlarning ikki tomonlama va ko'p tomonlama aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, yoshlar tashkilotlari, ta'lim, madaniyat, birodar shaharlar bo'yicha xalq diplomatiyasi institutlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari ham xalqaro davra suhbatini muhokama qilish mavzusiga aylandi. Ishtirokchilarga Germaniya Federativ Respublikasining bu boradagi tajribasi haqida ma'lumot berildi.
Tadbir ochiq muloqot va fikr almashish shaklida bo'lib o'tdi, natijada ishtirokchilar milliy manfaatlarni ilgari surishning muhim omili sifatida xalq diplomatiyasi institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish zarurligi to'g'risida yagona fikrga kelishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |