7. Фарғона, Уш, Қўқон, Паркент воқеалари Farg'onasi voqeasi 6chi savolni javobida. o'sh voqeasi-Karimov fondi Leonid Levitinning “O‘zbekiston tarixiy burilish pallasida” kitobida chop etilgan O‘sh fojiasi haqidagi ma’lumotlarni chop etdi. Quyida O‘sh voqealari aslida qanday yuz bergani va O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qat’iy siyosati tufayli katta fojianing oldi olingani haqida so‘z yuritiladi.“Ha, O‘sh fojiasi chindan ham ro‘y bergan. Talay sabablarga ko‘ra 1990-yilning iyunida sodir bo‘lgan O‘sh voqealari haqida batafsil yozishni lozim topmadim. Eslatib o‘tay, Asqar Akayevning guvohlik berishicha, o‘sha millatlararo to‘qnashuvda ikki kun ichida yuzlab o‘zbek va qirg‘izlar behuda halok bo‘ldi. Respublika mo‘jiza tufayli ikkinchi Qoraboqqa aylanishdan qutqarib qolindi. Bunda esa Islom Karimovning qat’iy siyosati muhim ahamiyat kasb etdi.Qirg‘iziston janubida olti yuz mingdan ziyod o‘zbeklar yashaydi. Deyarli har birining O‘zbekiston chegaradosh hududlarida qarindosh-urug‘i bor. O‘shanda o‘n minglab qurollangan va qurolsiz insonlar o‘z qarindoshlarini himoya qilish uchun ikki respublika chegarasida to‘plandi. Rossiyaning markaziy hududidan zudlik bilan yuborilgan armiya bo‘linmalari ularni arang to‘xtatib turdi. Vaziyat soat sayin keskinlasha bordi.Ana shunday o‘ta mushkul vaziyatda Karimov, toki u Prezident ekan, biror bir o‘zbek yomon niyat bilan Qirg‘iziston chegarasidan o‘tmasligi, qanday sabab bo‘lmasin, o‘ch olishlarga aslo yo‘l qo‘yilmasligini bayon qildi. Prezident o‘z vakolati doirasida barcha vositalarni ishga solib, fojianing oldini oldi. Hayratlanarli axloqiy jasorat! Bizning zamonamizda bu hol favqulodda kam uchraydi.Karlayl ushbu voqealar xususida gapirib, O‘shda vaziyat izga tushishidan O‘zbekiston ham, Qirg‘iziston ham barobar manfaatdor, degan edi. Binobarin, Karimov 1990-yil iyunda to‘satdan ro‘y bergan fojia yana takrorlanmasligi uchun bor kuch-g‘ayrati bilan harakat qilmoqda.1991-yil mart oyida Karimov O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida do‘stlik hamda hamkorlik bitimini imzolash uchun O‘shga uchib boradi.Aeroportdan kelish yo‘li hamda shahar ko‘chalari bo‘ylab minglab odamlar Karimovga peshvoz chiqadilar. Davlat arbobi kelishi bilan bog‘liq bunday ommaviy zavq va hayajonni bundan oldin ham, keyin ham ko‘rmadim. Qo‘lida gul tutgan odamlar (o‘shanda mart oyi edi) xuddi musobaqalashgandek ikki respublika rahbari ketayotgan mashinalar yo‘liga guldastalar tashlagan edi. Kortej esa izdihom orasida to‘xtab-to‘xtab borgandi”. 1989 yilning iyun oyidagi Farg‘ona voqealari, keyinchalik Bo‘ka va Parkent voqealari respublikada yakkahokimlikning zarurligini taqozo qildi.