42-§. YO‘SINLAR BO‘LIMI. 1. Yo‗sinlarning yer yuzida qancha turi bor? J: 20000 ga yaqin.
2. Yo‗sinlar qayerda o‗sishga moslashgan? J: sernam tuproqlarda.
3. Yo‗sinlarning ko‗payish usuli qanday? J: jinsiy va jinssiz bo‗g‗inlarning gallanishi.
4. Yo‗sinlar ko‗payishida qaysi bo‗g‗ini ustunlik qiladi? J: jinsiy bo‗g‗in.
5. Yo‗sinlar qaysi bo‗lim vakillaridan kelib chiqqan? J: suvo‗tlar.
6. Yo‗sinlarning bo‗yi qancha? J: 4-5 mm dan 40 sm gacha.
7. Ayrim yo‗sinlarni tana tuzilishi qanday bo‗ladi? J: xuddi suvo‗tlarni tanasiga o‗xshash, bargsimon
tallomdan iborat.
8. Ko‗pchilik yo‗sinlarni tana tuzilishi qanday bo‗ladi? J: poya va barglarga bo‗lingan, lekin ularning
ildizi bo‗lmaydi, ular tuproqqa rizoidlar orqali birikib turadi.
9. Yo‗sinlar yuksak o‗simliklardan qanday farq qiladi? J: ildizi va o‗tkazuvchi sistemalari yo‗qligi
hamda ko‗payishida jinsiy bo‗g‗inni ustunlik qilishi bilan.
10. Yo‗sinlar nima bilan ko‗payadi? J: sporalar.
11. Yo‗sinlar jinsiy a‘zolarini tuban o‗simliklarnikidan farqini ayting? J: ko‗p hujayrali bo‗lishi.
12. Yo‗sinlarni erkaklik jinsiy a‘zosi nima? J: anteridiy.
13. Yo‗sinlarni urg‗ochilik jinsiy a‘zosi nima? J: arxegoniy.
14. Yo‗sinlarni urug‗lanishi qanday amalga oshadi? J: faqat suvda harakatchan spermatozoidlar orqali.
15. Poyabargli qayerda tarqalgan? J: tundrada, botqoqlildar va zax yerlarda yer yuzini butunlay qoplab
oladi.
16. Funariya yo‗sini qayerda keng tarqalgan? J: O‗rta Osiyo tekisliklarida.
17. Funariya yo‗sinining bo‗yini ayting? J: 1−3 sm.
18. Funariya yo‗sini necha uyli o‗simlik? J: bir uyli.
19. Funariya yo‗sinini qayerda ko‗rish mumkin? J: erta bahorda ariq bo‗ylarida, zax bosgan devorlarda,
hovlilarning oftob kam tushadigan yerlarida, daraxt po‗stloqlarida.
20. Funariya yo‗sini poyasining tuzilishini ayting? J: ingichka, ketma-ket o‗rnashgan bargchalar bilan
qoplangan va poyaning tubi tuproq ichiga rizoidlar chiqqan.
21. Funariya yo‗sini bargining tuzilishini ayting? J: bir qavat hujayralardan iborat va bu hujayralarida
xlorofill donachalari bor.
22. Funariya yo‗sinining jinsiy a‘zolari qayerda yetiladi? J: novdalarini uchida barglar orasida.
23. Funariya yo‗sinini spermatozoidining tuzilishini ayting? J: ikki xivchinli harakatchan.
24. Funariya yo‗sinini arxegoniysining tuzilishini ayting? J: kolba shaklida.
25. Funariya yo‗sini sporasidan nima rivojlanadi? J: gametafit.
26. Funariya yo‗sini zigotasidan nima rivojlanadi? J: sporafit.
27. Funariya yo‗sini sporafitining tuzilishini ayting? J: sporangiy band, sporangiy va spora.
28. Nam tuproqqa tushgan sporam qanday o‗zgarishga uchraydi? J: o‗sib, ko‗p hujayrali, shoxlangan,
ingichka yashil iplarni beradi va bu ip shoxlarida kurtaklar