1. O‗zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‗simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR BO‘LIMI



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/44
Sana22.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#573348
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Bog'liq
6-sinf Biologiya savol javob kitobi

45-§. OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR BO‘LIMI. 
1. Yer yuzada ochiq urug‗lilarni necha turi mavjud? J: 700 ga yaqin. 
2. Ochiq urug‗lilarning hayotish shakllari qanday? J: daraxt va buta. 
3. Ochiq urug‗lilar qanday ko‗payadi? J: urug‗idan. 
4. Ochiq urug‗lilarning urug‗i qanday holatda yetiladi? J: maxsus qubbalarda ochiq holda yetishadi. 
5. Ochiq urug‗li o‗simliklarga misol? J: archa, saur, qarag‗ay, qora qarag‗ay, sekvoyadendron. 
6. Archaning bo‗yi qancha? J: 20 m gacha yetadigan. 
7. Archa qayerda o‗sadi? J: tog‗larning 3500−4500 m balandlikdagi yonbag‗irlarida, sovuq va doimiy 
shamol ta‘sirida archaning yer bag‗irlab o‗sishga moslashgan turlari ham uchraydi. 
8. Archa barglarining tuzilishi qanday? J: juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon. 
9. Zarafshon archasi necha uyli o‗simlik? J: ikki uyli. 
10. Archaning changchili qubbalari − ...? J: bahor oxirlarida yosh novdalarda hosil bo‗luvchi mayda 
kubbachalar bo‗lib, ulardan juda ko‗p miqdorda chang yetishadi. 
11. Archaning urug‗kurtakli qubbalari − ...? J: changchili qubbalar bilan bir vaqtda uzunligi 0,5−1 sm 
keladigan sharsimon, uning urug‗kurtakdagi arxegoniy ichida tuxum hujayra yetishadi. 
12. Archaning changlanishi qanday amalga oshadi? J: changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa 
tupda yetilgan urug‗chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. 
13. Archaning urug‗lanishi qanday amalga oshadi? J:
urug‗kurtakka tushgan chang donasining 
vegetativ hujayrasi o‗sib chang nayini hosil qiladi va generativ hujayradan hosil bo‗ladigan 
spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug‗lantiradi. 
14. Archa urug‗i nimadan hosil bo‗ladi? J: urug‗kurtakdan. 
15. Archaning mevasi (qubbameva) qanday hosil bo‗ladi? J: urug‗lanishdan so‗ng urug‗chi qubbani 
tashkil qilgan tangachalar tezda o‗sadi, yo‗g‗onlashadi va o‗zlaridan ajralib chiqqan smola orqali bir-
birlari bilan qo‗shilib, qubbani o‗rab turuvchi etdor, yumshoq po‗stga aylanadi 
16. Archaning urug‗chi kubbalari urug‗langandan so‗ng qancha vaqtda pishadi? J: 2-3 yilda. 
17. O‗rta Osiyoda archaning necha yovvoiy turi o‗sadi? J: 7 ta. 
18. Archani qaysi yovvoiy turlari O‗zbekistonda o‗sadi? J: 3 turi: Zarafshon archasi, Turkiston archasi, 
saur archa. 
19. Archaning qaysi turi shahar ko‗chalarida, manzarali daraxt sifatida ekiladi? J: Virgin archasi. 
20. Virgin archasining vatani qayer? J: Shimoliy Amerika. 
21. Archadoshlar oilasiga oid manzarali o‗simlik sifatida ekiladigan yana bir tur qaysi? J: Sharq sauri. 
22. Sharq sauri nimasi bilan archaga o‗xshash? J: tana va bargining tuzilishi bilan. 


23. Sharq sauri nimasi bilan archadan farq qiladi? J: yosh novdalarning o‗ziga xos shoxlanishi va 
pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan. 
24. Qarag‗ayning yer yuzida necha turi bor? J: 100 ga yaqin. 
25. Qarag‗aylar asosan qayerda tarqalgan? J: Shimoliy Yarimsharda. 
26. Qarag‗ayni qayerlarda katta-katta maydonlarda o‗rmonlari bor? J: Yevropa, Osiyo, Amerikada. 
27. O‗zbekistonda tabiiy holatda qarag‗ayning necha turi o‗sadi? J: tabiiy holda o‗smaydi. 
28. Qarag‗ayni 10 ga yaqin turi O‗zbekistonda qanday maqsadda o‗stiriladi? J: eng yaxshi 
xushmanzara va yog‗ochbop o‗simlik sifatida. 
29. Oddiy qarag‗ay necha uyli o‗simlik? J: bir uyli. 
30. Oddiy qarag‗ayning ochiq joylarda o‗sgan tuplari qanday bo‗ladi? J: juda sershox va salobatli. 
31. Oddiy qarag‗ay barglarining tuzilishi qanday? J: novdalarda 2 tadan bo‗lib o‗rnashgan, uzunligi 
5−7 sm, och yashil rangli. 
32. Oddiy qarag‗ay nimasidan yaxshi o‗sadi? J: urug‗idan. 
33. Qarag‗ayning changchili qubbalari qachon va qayerda hosil bo‗ladi? J: bahor oylarida yillik 
novdalarning pastki qismida. 
34. Qarag‗ayni changchili qubbalarining tuzilishi qanday? J: qubbalarning o‗rtasidan o‗tadigan o‗qda 
spiral shaklida tangachalar, tangachalarni ostki qismida changdonlar va uning ichida changlar bo‗ladi. 
35. Qarag‗ayning changlari qanday urug‗chi qubbalarga o‗tadi? J: shamol yordamida. 
36. Qarag‗ayning urug‗chili qubbalari qayerda hosil bo‗ladi? J: bittadan yoki ikkitadan uzun 
novdalarning uchida. 
37. Qarag‗ayning urug‗chili qubbalarining tuzilishi qanday? J: qubbaning o‗rtasidan o‗qqa urug‗chi 
tangachalar birlashadi va bu tangachalarda 2 ta urug‗kurtak joylashadi. 
38. Oddiy qarag‗ayning qubbalari qancha vaqtda yetiladi? J: 2 yilda. 
39. Oddiy qarag‗ayning yetilgan qubbalari qanday to‗kiladi? J: shamol ta‘sirida. 
40. Qarag‗aydan nima olinadi? J: oliy nav qog‗oz va texnik spirt. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish