3-§. KUZ FASLIDA O‘SIMLIKLAR HAYOTIDA RO‘Y BERADIGAN O‘ZGARISHLAR.
1. Xazonrezgilik − ...? J: barg to‗kish yo‗li bilan o‗simliklarni qishga tayyorlanishi.
2. Bargi ancha barvaqt to‗kadigan o‗simliklarga misol? J: jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan
daraxt (gledichiya), aylant.
3. Xalqimiz kuz faslini «oltin kuz» deyishiga sabab nima? J: birinchidan, bu davrda juda ko‗p mevalar
g‗arq pishadi; ikkinchidan, ko‗pchilik daraxt va butalarning bargi qizg‗ish, sarg‗ish, qo‗ng‗ir rangga
kirib, tabiatga ajoyib manzara baxsh etadi.
4. Bargini uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydigan o‗simliklar misol? J: nastarin, atirgul, ligustrum.
5. Hatto qish iliq kelganda bargini to‗kmay turadigan o‗simliklarga misol? J: nastarin, atirgul,
ligustrum.
6. Barglar qanday qilib to‗kiladi? J: Barglar bandining novdada va birikkan joyida po‗kak hosil bo‗ladi.
Po‗kakning hosil bo‗lishi barglarning to‗kilishidan darak beradi. Yetilgan barglar kuchsiz shamol
ta‘sirida uzilib tushadi.
7. Doim yashil o‗simliklarga misol? J: shamshod, archa, qarag‗ay, qoraqarag‗ay.
8. Nima uchun archaga doim yashil bo‗lib turadi? J: yil davomida tangacha barglarini asta-sekin 8
turadi, lekin bu bizga sezilmaydi.
31-§. O‘SIMLIKLARNING KO‘PAYISHI.
1. Vegetativ ko‗payish − ...? J: o‗simliklarning ildiz, ildizpoya, tugunak, piyozbosh, novda va bargdan
ko‗payishi.
2. Ildizpoyasidan ko‗payadigan o‗simliklarga misol? J: ajriq, g‗umay, salomalaykum, bug‗doyiq.
3. Piyozchalaridan ko‗payadigan o‗simliklarga misol? J: lola, boychechak, gladiolus, nargis.
4. Ildiz bachkilaridan ko‗payadigan o‗simliklarga misol? J: qoraqat, terak, na‘matak, olvoli,
shirinmiya, yantoq.
5. Tollarga xos vegetativ ko‗payishni ayting? J: ba‘zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida
ularning shox-shabbasi sernam tuproq ostida qolib, ulardagi kurtaklardan yangi novda o‗sib chiqadi.
6. Agar o‗simliklar vegetativ yo‗l bilan ko‗paymaganda edi, nima bo‗lar edi? J: urug‗idan yaxshi
ko‗paymaydigan o‗simliklar tabiatda juda ham kamayib, hatto yo‗qolib ketgan bo‗lardi.
7. Bargidan ko‗payadigan o‗simliklarga misol? J: binafsha.
8. Qalamchasidan ko‗paytiriladigan o‗simliklarga misol? J: anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina,
jiyda, atirgul va issiqxonalarda o‗stiriladigan gullarning aksariyat qismi (tradeskansiya).
9. Tok qalamchasi qanday tayyorlanadi? J: kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi va ularni bog‗-bog‗
qilib nam chuqurga ko‗mib qo‗yiladi. Bahor kelishi bilan ularni olib dalalarga ekiladi.
10. Tok qalamchalari qancha uzunlikda kesiladi? J: 45−50 sm.
11. Tugunaklari yordamida ko‗paytiriladigan o‗simliklarga misol? J: kartoshka, batat, shoyigul.
12. Payvandlash − ...? J: bir o‗simlikning ma‘lum qismini ikkinchi o‗simlikka turli usullar bilan
o‗rnatish tushuniladi.
13. Payvanlashning qanday turlari bor? J: kurtak, iskana va naycha.
14. Iskana payvand qachon o‗tkaziladi? erta bahorda, daraxtlarda shira harakati yurishidan oldin (fevral
oyining oxiridan aprel oyigacha).
15. Payvandust − ...? J: payvandlash uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha.
16. Payvandtag − ...? J: payvand qilish uchun o‗stirilgan urug‗ko‗chat.
17. Payvandust qachon kesib olinadi? J: shira harakati boshlanmasdan oldin.
18. Iskana payvandda payvandust nechta kurtak qo‗yib kesiladi? J: 2−3 tadan kurtak.
19. Iskana payvand qanday o‗tkaziladi? J: payvandustning pastki qismi ponaga o‗xshatib kesiladi,
payvandtag tekis arralanib, pona orqali 2 yoki 4 ga ajratiladi, tayyor qalamchalar payvandtagdagi
yoriqlarga po‗stlog‗i po‗stlog‗iga tegadigan qilim mahkam o‗rnatiladi, keyin ponalar olib tashlanadi va
qalamcha o‗rnatilgan joyga maxsus mumsimon modda suriladi yoki mustahkam chiptalar bilan bog‗lab
qo‗yiladi.
20. Kurtak payvand qachon o‗tqaziladi? J: avgust oyida.
21. Kurtak payvand uchun kurtaklar qanday novdadan kesib olinadi? J: tinim davrida bo‗lgan bir yillik,
quyosh-da toblangan.
22. Kurtak payvand qanday o‗tkaziladi? J: payvandtag po‗stlog‗i o‗tkir pichoq bilan «Т» harfi shaklida
kesiladi, kesilgan joy po‗stlog‗i asta-sekin keriladi, ulanadigan kurtak biroz po‗stloq va yog‗ochlik
bilan birga kesib olinadi va payvandtagdagi ochilgan po‗stloq orasiga joylanadi, keyinyuqoridan pastga
qarab chipta bilan o‗rab bog‗lanadi.
23. Payvand tutgan-tutmaganligi qancha vaqtda bilinadi? J: 6−10 kunda.
24. Jingalak − ...? J: asosiy tupdan o‗sib chiqqan sudraluvchi yosh poya.
25. Jingalaklari orqali ko‗payadigan o‗simliklarga misol? J: qulupnay, bundan tashqari bunday
o‗simliklar gultuvaklarda va ochiq yerda o‗stiriladigan manzarali o‗simliklar orasida ham ko‗p
uchraydi.
26. Parxesh yo‗li bilan ko‗paytiriladigan o‗simliklarga misol? J: tok, atirgul, qoraqat.
27. Parxesh usuli − ...? J: bunda o‗simliklar novdasining ma‘lum qismi asosiy poyadan ajratilmagan
holda tuproqqa ko‗miladi va ko‗milgan novda ildiz hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi.
28. Madaniy o‗simliklar vegetativ yo‗l bilan ko‗paytirilishidan maqsad? J: tez va yuqori hosil olish,
yaxshi sifatli navlarni saqlab qolish hamda ko‗paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |