1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini ko‘tarish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalari


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar



Download 33,7 Kb.
bet3/3
Sana10.02.2023
Hajmi33,7 Kb.
#909904
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi

3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
Prezidentimizning 2019 yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi PF–5687-sonli Farmoni ayni maqsadlarni ko‘zlaydi.Farmonga muvofiq hozirda O‘zbekistonda turli sohalarida jahon hamjamiyatida reyting va indeks ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Negaki, mamlakat iqtisodiyotining rivoji, xorijiy etakchi biznes korchalonlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish hamda investorlar e’tiborini jalb etish, ularning ishonchini kafolatlash uchun solishtirma reytinglarning yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublika kengashi tashkil etilgan.
Mazkur Kengashning asosiy vazifalari:
-mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
-O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
-davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
SHu munosabat bilan,O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi mazkur Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Kengash ishchi organlari taqsimlangan vazifalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan nazorat o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda mamlakat imiji masalasida qator ishlar amalga oshirilayotganini quyidagi parametrlar bilan dalillashtir mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ustuvor siyosiy va huquqiy reyting va indeks ko‘rsatkichlarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash.
2. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini targ‘ib qilish uchun xalq diplomatiyasi vositalarini rivojlantirish va joriy etish.
3. O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni xalqaro maydonda faol va keng yoritish.
4. Milliy raqamli diplomatiyani rivojlantirish.
5. Turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan omillar va sharoitlarni aniqlash maqsadida xorijiy investorlar va turistlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish va o‘tkazish.
6. Siyosiy xavflarning iqtisodiyot, moliya va tashqi savdo sohalariga ta’sir qiluvchi omillarini aniqlash, shuningdek, ularning ta’sirini kamaytirish.
7. O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini ilgari surishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llashda hamkorlik qilish uchun xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish.
8. O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy ma’lumotlarni tarqatish, o‘zbek brendlarini reklama qilish, respublikaning xalqaro maydondagi imijini ilgari surish maqsadida mashhur xorijiy blogerlar bilan aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish.
9. Milliy brendlarni ommalashtirish va mamlakatning ijobiy imijini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalq amaliy san’ati xalqaro festivallarini tashkillashtirish, shuningdek, chet elda o‘tkaziladigan xalq ijodiyoti festivallari va yarmarkalarida faol ishtirok etish.
10. YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga O‘zbekistonning yangi ob’ektlarini kiritish va boshqalar
YAngilanayotgan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijiga ijobiy ta’sir etgan omillar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi va 2020 yil 23 sentyabrdagi 75-sessiyasidagi ma’ruzasida mintaqaviy va xalqaro xarakterga ega bo‘lgan g‘oya va takliflarni ilgari surgani hamda mazkur takliflarni xalqaro maydonda e’tirof etilishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ichki siyosiy faoliyatga nazar tashlasak, o‘tgan to‘rt yil ichida milliy parlamentimiz Oliy Majlisning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana qayta tiklangani mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada oshirdi. Jumladan, milliy parlamentimiz Parlamentlararo Ittifoqda, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Parlament Assambleyasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasida o‘z faoliyatini tiklagani, shuningdek, xalqaro ekologik kongressda parlamentimiz vakillarining ishtirok etgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrda milliy manfaatlarimizni ilgari surish hamda faol tashqi siyosat yuritish mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga va Vatanimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
2020 yil 23-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida ma’ruza qilib, dunyo davlatlarini qiynab kelayotgan 9 ta masala bo‘yicha o‘z takliflari va g‘oyalarini ilgari surdi. Jumladan, Orol bo‘yi mintaqasida ekologik muhitni barqarorlashtirish yuzasidan bildirgan taklifi ham BMT rahbariyati va xorijiy davlatlar rahbarlari tomonidan e’tirof etildi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda eng yirik global ekologik falokatlardan biri Orol dengizi fojiasi bo‘lib, uning ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari tufayli mintaqa sog‘liqni saqlash, genofond va unda yashayotgan odamlar kelajagining barqaror rivojlanishiga bevosita tahdid solmoqda. SHuningdek, global ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orolbo‘yi inqiroz zonasi bevosita Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston, bilvosita esa, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bugun Orolning qurigan qismida 5,5 million gektarga teng hududda yangi tuzli cho‘l paydo bo‘lgan. Bu hududlarda yiliga 90 kundan ortiq davr mobaynida chang bo‘ronlari sodir bo‘ladi va 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni atmosferaga ko‘tarib, minglab kilometrlarga yoyib yuboradi. SHuning uchun ham Orol inqirozining atrof-muhit va mintaqa aholisi hayotiga salbiy ta’sirini qisqartirish, iqlim ta’sirining yanada yomonlashishi oldini olish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72–sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Orol dengizining ekologik fojiasiga alohida e’tibor qaratgandi. CHunki Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish xalqaro sa’y-harakatlarning faol mustahkamlanishini talab qiladi. SHundan kelib chiqib, 2018 yilning 24 avgust kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston rahbari tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish taklif etilgan edi.
O‘zbekiston mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu erda ikki million gektar yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz tashabbusi bilan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tuzilgani, bu fond og‘ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish hamda ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani Ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash xalqaro kuni sifatida nishonlash taklifini bildirdi. BMT maxsus rezolyusiyasini qabul qilish g‘oyasi 2019 yil 25 oktyabrda Nukus shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tgan “Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb nomlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada taklif etilgan edi. Mazkur rezolyusiya investitsiyalarni rag‘batlantirish va iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning yomonlashuvi, barqaror urbanizatsiya va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, qashshoqlik va tengsizlik kabi keng qamrovli masalalarga e’tibor berish orqali asosiy xavf omillarini bartaraf etish imkoniyatini beradi. SHu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro, mintaqaviy va milliy siyosatlarning uyg‘unligiga erishish, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik inqiroz zonasida mavjud xavf-xatarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik zaiflikni yanada chuqur tizimli tushunishni rag‘batlantirishga qaratilgan innovatsion chora-tadbirlar uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi. Ushbu rezolyusiyaning qabul qilinishi mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish masalalarida O‘zbekistonning etakchi o‘rinlarda bo‘lishi, shuningdek, mamlakatning xalqaro nufuzini yana bir bor namoyish etishiga shart-sharoit yaratadi. BMT tomonidan Ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash xalqaro kunining belgilanishi esa global muammolarni hal qilishda siyosiy iroda va resurslarni safarbar qilish, bu boradagi muammoli masalalardan keng jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, insoniyat yutuqlarini mustahkamlash imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini xalqaro miqyosda tan olinishi mamlakatimizda ekologik vaziyatning yaxshilanishiga ulkan hissa qo‘shishi barobarida, yurtimizning jahon maydonidagi imiji mustahkamlanishi va reytingining yuqorilashida ham alohida o‘rin tutadi.
Download 33,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish