1 O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati


) 7 asrdan 14 asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya



Download 20,65 Kb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi20,65 Kb.
#784644
1   2   3   4
Bog'liq
10 bilet

3) 7 asrdan 14 asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya
YII asr boshlarida Islom g`oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o`z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz orti hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qator mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.
Ulkan hududni qamrab olgan Arab xalifaligi davlatining hukmronligi davrida ijtimoiy hayot, turmush tarzi, shuningdek, ilm-fan va madaniyat yanada rivojlandi. Ushbu davrlarda qadimgi yunon va rim madaniy merosi negizida bir qator fanlar yangi tushuncha va bilimlar bilan boyidi. Yunon va rim mutafakkirlari tomonidan yaratilgan va astronomiya, tibbiyot, kimyo, matematika va geografiyaga oid deyarli barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi.
Yunonlardan esa fanlar tasnifi (klassifikatsiya) olinib, fanlar nazariy va amaliy fanlar tarzida ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga quyidagi uchta fan kiritilgan: tabiyot to`g`risidagi fanlar, ilohiyot to`g`risidagi fanlar va matematika fani kiritilgan bo`lib, ushbu fanlar tarkibidan arifmetika, handasa (geometriya), astronomiya va musiqa fanlari o`rin olgan. Ikkinchi guruhga kiritilgan fanlar qatorida etika, iqtisod va siyosatga oid fanlar e’tirof etilgan. O`sha davr nuqtai nazaridan bir muncha yuksak taraqqiy etgan hind fani arab madaniyatining umumiy rivoji, xususan, arifmetika, algebra va tibbiyot fanlari asoslarining boyishiga munosib hissa qo`shdi. Sonlarning mohiyatini yoritib beruvchi hind nazariyasi mazmuni bilan evropaliklar Arab xalifaligi tasarrufiga kiruvchi hududlarda istiqomat qilgan mutafakkirlarning sa’i-harakatlari orqali tanishishga musharraf bo`lganlar. Bu borada ma’lumot beruvchi muhim manba Muhammad al-Xorazmiy tomonidan asoslangan «Al-jabr» («Algebra») asari bo`lib xizmat qildi.
Bolalarga dastlabki saboq harflari o`qishdan boshlangan, bu usulda har bir bola alifbe tartibida harfning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va h.), so`ngra shu harflarni qo`shib o`qishni mashq qilar edi. Ana shu mashq oxiriga etgandan so`ng, bolalar qo`llariga “Qur’on” berilgan va domla rahbarligida “Qur’on”ning har bir surasi takrorlanib o`rganilar edi.
Lekin “Qur’on”ni o`qish bolalar uchun juda og`ir edi. Chunki maktablarda faqat og`zaki mashq usuliga — “Savod” chiqarilishiga o`tgach, savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv alohida “fan” sifatida ajratilib, kotiblik kasbiga o`qiyotganlargagina yozuv o`rgatilar edi. Shunga qaramay, maktablarga deyarlik hamma bolalar tortiladi va “Qur’on”ni o`rganish majbur qilinib, arab bo`lmagan bolalar uchun uni yodlash har qancha og`ir bo`lsa ham, Movarounnahr maktablarida “Qur’on”ning bu usuli qabul qilinadi va to`g`ri deb topildi. Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o`qitish uchun ham kerak edi.
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, hatto 5 yoshidan maktabga bera boshlaydilar. “Qur’on”ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta hurmatga sazovor edilar.
Asta-sekin o`qimishli kishilar, ya’ni domla alohida ajralib, ular o`z xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida husnixat, og`zaki hisobni ham o`rganar, asta-sekin fors-tojik tilida va turkiy tildagi kitoblarni, qo`lyozmalarni ham o`qitilar, o`rgatilar edi.
Husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug`ullanar edilar.
Movarounnahrda arab bo`lmagan bolalarga “Xaftiyak” VIII asrda tuzilgan bo`lib, “Qur’on” suralaridan ettidan biri tanlab olingan darslik sifatida o`rganilgan.
X—XII asrdan boshlab “Chorkitob” o`qitila boshlandi.
XII asrdan boshlab Ahmad Yassaviy, uning turkiy tilda yozilgan she’r va boshqa asarlari vositasida islom dini rukunlari turkiy tilda o`rganila boshlandi.
Maktablarda faqat o`g`il bolalar o`qir, qizlar esa otinoyilar uyida o`qitilar, ular yozuvni emas, faqat o`qishni o`rganar edilar.
X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo`la boshlaydi. “Madrasa” so`zi “dars o`qitiladigan joy”, “Ma’ruza tinglaydigan joy” ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, kalom o`rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o`qitila boshlandi.
Madrasalarda 15—20, 30—40 va 100—150 tacha talaba o`qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa ma’muriy ishlarda ish olib borar edi.
Islomning shar’iy ma’nosi - bu Alloh yagona deb e’tiqod qilib, unga bo`ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg`ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi.
Ilohiyotda islom dini imon, islom va ehsondan iborat deb e’tirof etilgan. Imon talablari Allohning borligi va yagonaligi, farishtalar, muqaddas kitoblar va payg`ambarlarning mavjudligi, oxirat kunining kelishi, taqdiri azalning haqligi va inson jismining o`lgandan keyin tirilishiga ishonchdan iboratdir.


Download 20,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish