1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari


MDHning tashkil topishi va ko’ptomonlama hamkorliklar



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#818055
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

MDHning tashkil topishi va ko’ptomonlama hamkorliklar.
 
1991 yilning avgust-sentabr oylariga kelib sobiq SSSR tarkibidagi barcha 15 ta respublika 
o‟zini mustaqil davlat deb e„lon qilingan bo‟lsa-da, SSSR Prezidenti, parlamenti, hukumati o‟z 
faoliyatini tugatmagan edi.
1991 yil 8 dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Belovejskoe Pushcheda 
(Minsk, Belorus) Mustaqil Davlatlar Hamdo‟stligi (MDH)ni tuzish to‟g‟risidagi Bitimni 
imzoladilar. 1991 yil 13 dekabrda Ashxabodda Qozog‟iston, Qirg‟iziston, Tojikiston, 
Turkmaniston va O‟zbekiston Davlat boshliqlari uchrashib, MDHni tuzish to‟g‟risida Minskda 
imzolangan Bitimni muhokama qildilar va Bayonot qabul qildilar
.
1991 yil 21 dekabrda Almatida MDni tuzish to‟g‟risidagi Bitimga Ozarbayjon, 
Armaniston, Qozog‟iston, Qirg‟iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‟zbekiston ham 
imzo qo‟ydilar. Shu kuni ushbu davlatlar rahbarlari Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari bilan 
birgalikda «Mustaqil Davlatlar Hamdo‟stligining maqsad va tamoyillari to‟g‟risidagi 
Shartnoma»ni imzoladilar.
Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank tizimi bo‟lishi, fan, 
ta„lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinishi, tashqi siyosat va armiya sohasidagi 
siyosat kelishilgan holatda yuritilishi qayd etildi. Mazkur hujjatda SSSR davlatining faoliyati va 
SSSR Konsitusiyasi to‟xtatiladi, deb e‟lon qilindi.
Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi
.
MDH davlatlari boshliqlarining Almati 
kengashi maxsus qaror qabul qilib, Hamdo‟stlik a„zolari bo‟lgan davlatlarning BMT Nizomi 
bo‟yicha majburiyatlarni bajarish niyatida ekanligini va BMTga a„zo bo‟lish istaklarini 
bildirdilar.
1993 yilda MDHga Gruziya qo‟shildi. Bu bilan MDHga a„zo bo‟lgan davlatlar soni 12 taga


yetdi. MDH oldida katta muammolarni yechish uchun Hamdo‟stlik mamlakatlari davlat va 
hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlar ishlab chiqdilar.
Jumladan, 1991 yil 30 dekabrda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida 
MDH mamlakatlari o‟rtasida o‟zaro manfaatli hamkorlikni yo‟lga qo‟yishga qaratilgan muhim 
masalalar ko‟rib chiqildi.
1992 yil 15 mayda Toshkentda o‟tkazilgan MDH mamlakatlarining navbatdagi 
Kengashida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida, havo bo‟shlig‟idan foydalanish 
haqida, kosmik dasturlarni bajarishga pul ajratish to‟g‟risida, chegara qo‟shinlarini pul bilan 
ta„minlash to‟g‟risida, qurolli kuchlarni qisqartirish to‟g‟risida bitimlar va boshqa hujjatlar 
imzolandi.
1994 yil 21 oktabrda Moskvada o‟tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida 
asosiy e„tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH 
davlatlari o‟rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari haqida memorandum 
imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‟nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning 
istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Davlatlararo iqtisodiy qo‟mita (DIQ) tuzildi. 
DIQning maqsadi MDH a„zolari o‟rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya 
jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta„minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning shtab-
kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi.
1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 
uchrashuvi bo‟lib o‟tdi. Unda MDH a„zolari bo‟lgan mamlakatlar chegaralarini qo‟riqlashda 
hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni 
haqida bir-birlariga mos bo‟lmagan turli fikrlar bildirildi. 
Jumladan, O‟zbekiston tomoni milliy tizimlardan ustun turadigan tuzilmalar, ayniqsa, 
harbiy tuzilmalar tuzishga qarshi ekanligini bildirdi.
MDH davlat boshliqlarining 1996 yil 17 may, 1997 yil 28 mart va 1998 yil 29 aprel kunlari 
Moskvada, 1997 yil 23 oktabrda Kishinevda o‟tkazgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini 
tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi birgalikda 
kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning 
istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2006 yil 8 sentabrda Qozog‟istonning Semipalatinsk shahrida I.Karimov 
tashabbusi bilan ilgari surilgan Afg‟oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va 
barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish 
bo‟yicha shartnoma imzolangani mintaqaviy xavfsizlikni ta„minlashda muhim qadam bo‟lib 
xizmat qilmoqda. Buning yorqin amaliy ifodasi sifatida 2009 yil mart oyida Markaziy Osiyoda 
yadro qurolidan xoli hudud haqidagi shartnomaning kuchga kirgani olamshumul tarixiy 
ahamiyat kasb etdi.
MDH tashkil etilgandan beri o‟tgan davrda hammasi bo‟lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-
siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli 
hujjatlar imzolandi. Hamdo‟stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta 
mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Qabul qilingan hujjatlarning 
aksariyati qog‟ozda qolib ketdi. O‟tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga 
oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o‟zaro hisob-kitoblar hozirgi kungacha 
muvofiqlashtirilmadi.
O‟zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun„iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga 
hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, ko‟plab amaldorlar ishlaydigan 
ma„muriy idoralar, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‟zbekiston mustaqillik va 
integratsiyani uyg‟unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar 
integratsiyasi sifatida ko‟rishni xohlaydi.
Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti. 2001-yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH 
davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo„lib o‟tdi. Kengashda hamkorlikni 
rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta„minlash masalalari muhokama qilindi va 
Toshkent bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to‟xtatishga qaror 


qilindi. I.Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini 
tuzishga kelishib olindi.
2002-yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 
uchrashuvi bo„lib o‟tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi 
tashkilotini ta„sis etish to‟g‟risidagi shartnomani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy 
jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib I.Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi 
nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa 
turdagi aloqalar ko„lamini kengaytirish masalalari bilan shug‟ullanadi. Har bir a„zo mamlakatdan 
bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 
ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a„zo mamlakatlarining integratsiya 
jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan 
hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug‟ullanmoqda. 
MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a„zolari bo„lgan 4 ta mamlakat o‟rtasidagi o‟zaro 
manfaatli aloqalarni yangi pog‟onaga ko‟tardi.
MOH tashkilotiga a„zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6-7-iyul kunlari Oqtov 
(Qozog‟iston), 5-6-oktabr kunlari Dushanbe (Tojikiston) sammitlari bo„lib o‟tdi. Toshkentda yil 
noyabr oyida MOH tashkilotiga a„zo davlatlar parlamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon 
doiralari vakillarining forumlari bo„lib o‟tdi.
2002-yil 27-dekabrda va 2004-yil 28-mayda Astana shahrida bo„lib o‟tgan MOH 
tashkilotiga a„zo davlat boshliqlarining sammitlarida mintaqaviy xavfsizlik, Orol inqirozi, 
noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy bozor barpo 
etish, suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umum mintaqaviy 
infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar bo‟yicha 
hamkorlik qilishga qaratilgan qo‟shma kommyunike va bitimlar imzolandi.
2017 yildan “O‟zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‟nalish” 
tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit 
yaratildi, o‟zaro ishonch va yaxshi qo‟shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlana boshlandi.
2017 yilda Turkmaniston va Qirg‟iziston bilan strategik hamkorlik o‟rnatildi. Qozog‟iston 
bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar 
imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz 
har tomonlama mustahkamlandi. Toshkent va Dushanbe shaharlari o‟rtasida aviaqatnov yo‟lga 
qo‟yildi. Qirg‟iziston bilan davlat chegaralari to‟g‟risidagi bitimning imzolanishi Markaziy 
Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta„minlashga qaratilgan katta qadam bo‟ldi.
Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan y o‟l. 1993-yil mart oyida Qizil O„rdada 
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani 
bo‟lib o‟tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‟yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi 
ekologiyasini sog‟lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta„minlash sohasida birgalikda 
qilinadigan harakatlar to‟g‟risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan 
shug‟ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‟armasi ta„sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari BMT Bosh kotibi Butros G‟oliyga maktub yo‟llab, Orol 
bo‟yidagi murakkab ahvol va ro‟y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-
tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro 
hamjamiyatning diqqat-e„tiborini jalb qilish zarurligi to‟g‟risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‟ullanuvchi 
Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg‟armasining qo‟shma majlisi bo‟ldi. 1994-
yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi 
davlat delegatsiyasi ishtirokida konferensiyasi bo‟lib o‟tdi. Konferensiyada Orol dengizi 
havzasidagi ahvol bilan bog‟liq ko‟pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‟armasi 
mablag„lari qanday to‟planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma„qullandi. Ekologik vaziyatni 
yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo‟lgan vazifalar belgilandi. Orol 
dengizini qutqarish bo‟yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya 
organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo‟yicha qarorlar qabul qilindi.


O„zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o‟rtasida teng huquqli va 
o‟zaro manfaatli hamkorlik o‟rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-
baqadam amalga oshirib bordi. Tojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O„zbekistonning 
bergan siyosiy va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O„zbekistonning faol ishtiroki 
fikrimizning dalilidir.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH). 1994-yil 10-yanvar kuni O„zbekiston 
bilan Qozog‟iston o„rtasida, 1994-yil 16-yanvar kuni O„zbekiston bilan Qirg‟iziston o‟rtasida 
yagona iqtisodiy makon to‟g‟risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 30-aprelda Cho‟lponota 
shahrida O„zbekiston, Qozog‟iston, Qirg‟iziston o‟rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish 
to‟g‟risida uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Uch davlat Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo‟lib o‟tgan 
uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o‟rtasidagi munosabatlarni 
mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo‟ldi. Unda o‟zaro integratsiyani kuchaytirish 
bo‟yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to‟g‟risida bitimlar imzolandi. 
Tomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar 
kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta„sis etdilar. Bunday 
yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organlarining paydo bo‟lishi O„zbekiston, Qozog‟iston 
va Qirg‟iziston o‟rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yanada mustahkamladi. Markaziy 
Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy 
hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
Tashkilotning 1995-yil 14-aprel kuni Chimkentda, 1995-yil 15-dekabrda Jambulda, 1997-
yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda (uch qardosh davlatlar o‟rtasida abadiy do‟stlik haqida 
shartnoma imzolandi), 1997-yil 12-dekabr kuni Qozog„iston Respublikasining yangi poytaxti – 
Astana shahrida, 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda va 2000-yil 14-iyulda tashkilotga 
1998-yilda a„zo bo„lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‟lib o‟tgan kengashida iqtisodiy 
integratsiy muammolari hal etib borildi. Dushanbe Kengashida MOIH ning 2002-yilgacha 
bo‟lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo‟yicha birinchi navbatdagi say-
harakatlari dasturi to‟g‟risida, 2005-yilgacha bo‟lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish 
strategiyasi haqida qarorlar qabul qilindi.
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH). 2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg 
shahrida bo„lib o‟tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashida 
o‟tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini 
barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv 
jarayonidagi burilish nuqtasi bo„ldi. O„zbekiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va 
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qaror qilindi. Negaki, 
bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo‟shilishi 
natijasida yirik geografik makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo‟l ochildi. 
YOIH Rossiya, Belorus, Qozog„iston, Qirg„iziston va Tojikiston o‟rtasida 1995-yilda tuzilgan 
Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006-yil 24-25-yanvar kunlari Sankt-
Peterburg shahrida bo„lib o‟tgan Sammitida O„zbekiston unga a„zo bo„lib kirdi. Mazkur 
sammitda O„zbekistonning YOIHni ta„sis etish to‟g‟risidagi shartnomaga qo‟shilishi 
to‟g‟risidagi protokol, „YOIHni ta„sis etish to‟g‟risidagi shartnomaga o‟zgartirish va 
qo‟shimchalar kiritish to‟g‟risidagi Qarorlar imzolandi.
YOIH tashkiloti unga a„zo mamlakatlar o‟rtasida integratsiyani rivojlantirishga, yagona 
umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topishiga 
ko‟maklashadi.
2020 yilga kelib O‟zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklari 80 foizi Qozog‟iston, 
Qirg‟iziston va Rossiyaning tranzit yo‟laklari orqali o‟tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz 
eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‟yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog‟iston, Qirg‟iziston 
hissasiga to‟g‟ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‟istonga 
ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda 


O‟zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‟liq masalalar 
chuqurlashmoqda (Qarang. O‟z.R Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020).
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bo„lib o‟tgan 
Xitoy, Rossiya, Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy 
sohada hamda chegara hududlarida o‟zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni 
qisqartirish to‟g‟risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa „Shanxay forumi“ yoki 
„Shanxay beshligi“ tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‟lib o‟tdi. Uning 
ishida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov qatnashdi va O„zbekistonning „Shanxay 
forumiga to‟la huquqli a„zo bo‟lishi to‟g‟risida bayonot imzolandi.
O„zbekiston „Shanxay forumiga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik 
Tashkiloti – SHHT, deb o‟zgartirildi. O„zbekiston uning asoschilaridan biri bo‟ldi.
2001-yil iyunda bo‟lgan Sammit yakunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish 
to‟g‟risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachihk va ekstremizmga qarshi kurash 
borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a„zo mamlakatlarning bir-
biriga o‟zaro ishonchi, do‟stlik va qo‟shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta„lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa 
sohalardagi samarali hamkorlikni rag‟batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo‟yilgan.
SHHT doirasida a„zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa 
vazirliklarining Kengashi tuzilgan va faohyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va 
mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining 
uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o‟tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini 
muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta„minlash maqsadida a„zo 
davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001-
yilning iyun oyida Tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002-
yil-ning 24-aprelida Almati shahrida bo‟lib o‟tgan a„zo davlatlar chegara xizmatlari 
rahbarlarining 
uchrashuvida 
chegara 
xizmatlari 
faoliyatining, 
xususan, 
terrorchilik, 
g‟ayriqonuniy muhojirlik va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo‟yicha 
harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari kelishib olindi.
2002-yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a„zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‟lib o‟tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a„zo 
davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta„sis hujjati – SHHT Xartiyasi, SHHTga 
a„zo davlatlar o‟rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya 
imzolanishi bilan SHHT doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq 
tashkilot bo„lib, o‟zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat 
yuritmoqda.
2003-yil 29-may kuni Moskvada bo„lib o‟tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi 
idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya 
qo‟mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil 1-yanvardan boshlab ish 
boshladilar.
2003-yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi 
bo„lib o‟tdi, uning qarori bilan ko‟p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab 
chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a„zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy 
va savdo vazirliklari, xavfsizlik kengashlari o‟rtasida muntazam aloqalar yo„lga qo‟yildi.
2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a„zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo„lib 
o‟tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‟yicha muzokaralar 
bo„ldi. Sammitda 2004-yil mart oyida O„zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat 
O„zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi 
qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron 
terrorchilik xavfi paydo bo„lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‟qotish, odamlarning ongini 


zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish 
zarurligi ta„kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va 
bojxona qo‟mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali 
terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.
SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga 
alohida e„tibor berildi. Sammitda SHHT a„zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari 
boshlaydigan tashkilotdir, deb ta„kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi 
yo‟nalishlarini rag‟batlantirishga kelishib olindi:
-transport infratuzilmasini rivojlantirish;
-tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‟zlashtirish; -suv-energetika zaxiralaridan unumli 
foydalanish;
-ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish; -fan-texnika va 
yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
-investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to‟siq 
va muammolarni bartaraf etish.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari 
to‟g‟risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga 
qarshi kurashda hamkorlik to‟g‟risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir 
hujjatlar – jami o‟nta hujjat imzolandi.
2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi 10-
majlisi bo‟lib o‟tdi. Davlat rahbarlari ko‟p tomonlama va o‟zaro hamkorlikni rivojlantirish, 
dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo‟yicha fikr almashadilar. Kengashda 
kuzatuvchi va mehmon maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Turkmaniston, 
Pokiston va Mo‟g‟uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar 
vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy 
xavfsizlikni mustahkam masalalariga alohida e„tibor berildi.
Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining deklaratsiyasi, SHHTda yangi 
a„zolarini qabul qilish tartibi to‟g‟risida Nizom, SHHT MATT kengashining 2009-yildagi 
faoliyatiga doir hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari kengashi 10-majlisi yakunlari 
to‟g‟risida axborot qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a„zo davlatlar hukumatlari o‟rtasida 
qishloq xo‟jaligi sohasida va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‟g‟risidagi bitimlar 
imzolandi.
Muxtasar aytganda, O„zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e„tirof 
etildi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a„zo bo‟ldi.
O‟zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan yaqin aloqalar o‟rnatish va 
rivojlantirishga alohida e„tibor qaratilmoqda.
Yevropa Ittifoqi, avvalambor, bugungi kunga kelib, a„zolari 27 Evropa davlatidan iborat 
integratsiya birlashmasidir. Ushbu Ittifoq izchil ravishda imzolangan bir qator shartnomalarga 
asoslanib, ularning asosiy maqsadi urushdan keyingi Yevropada tinchlik va barqarorlikni 
ta„minlash va a„zo-davlatlarni iqtisodiy integratsiya yo‟li bilan birgalikda rivojlantirishdir.
O‟zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan 
yaqinlashish va hamkorlikka intilar ekan O‟zbekiston uning yordamida transport, energetika. 
Moliya sohasi, xususiylashtirish, ilm-fan, ta„lim, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek 
demokratiya va inson huquqlari sohasi bilan bog‟liq keng qamrovli muammolarni hal etishga 
harakat qiladi.
O‟z navbatida Yevropa Ittifoqi, o‟zining tashqi siyosiy faoliyati tamoyillari va 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, sobiq sovetlar makoni davlatlarini iqtisodiy jihatdan kuchli 
va barqaror, Yevropa mamlakatlari uchun ishonchli va teng huquqli sherik sifatida ko‟rishni 
istaydi. Shunday ekan, sobiq sovetlar makonida yangi mustaqil davlatlar tashkil bo‟lgan 
dastlabki yillardan boshlab Yevropa Itttifoqi tomonidan Markaziy Osiy mintaqasida O‟zbekiston 
Respublikasi bilan o‟zaro manfaatli munosabatlar o‟rnatilishi va rivojlantirilishiga ko‟proq 


e„tibor qaratildi. YEIning O‟zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‟i Olivye Alle ta„kidlaganidek, 
O‟zbekiston G‟arb va Sharq yo‟llari kesishgan yerda joylashgani tufayli Markaziy Osiyoda 
nafaqat eng qulay geografik mavqega ega, balki ko‟p qo‟shnilaridan o‟zining ijtimoiy-siyosiy 
barqarorligi, keng yoyilgan iqtisodiy infratuzilmalari bilan ham ajralib turadi.
Obyektiv sharoitlar va ikki tomonning yaqinlashishga intilishi O‟zbekiston Respublikasi va 
Yevropa Ittifoqi o‟rtasidagi o‟zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi uchun 
mustahkam asos yaratdilar. U ikki bosqichga bo‟linadi. Ularning birinchisi 1992 yilda o‟zaro 
anglashuv memorandumi imzolangan vaqtdan boshlanib, O‟zbekiston Respublikasi va Yevropa 
Ittifoqi o‟rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‟g‟risidagi bitim kuchga kirgunga qadar bo‟lgan 
davrni o‟z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich 1999 yilda O‟zbekiston Respublikasi va YEI o‟rtasidagi 
ushbu bitim kuchga kirgan kundan boshlanadi.
O‟zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‟rtasidagi hamkorlik munosabatlarini ko‟rsatilgan har bir 
bosqichda rivojlantirish ikki yo‟nalishda amalga oshirildi. Birinchi yo‟nalish bu O‟zbekiston 
Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‟rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‟g‟risidagi bitimni 
imzolash istiqbollari va uni kelajakda hayotga tatbiq etish bilan bevosita bog‟liq siyosiy va 
iqtisodiy yo‟nalishdir. Ikkinchi yo‟nalish tomonlar o‟rtasida memorandum imzolangan vaqtdan 
boshlab Yevropa Ittifoqining TASIS ilmiy-texnik ko‟maklashu dasturini amalga oshirish bilan 
bevosita bog‟liq bo‟lib, islohotlarni qo‟llab-quvvatlashga qaratilgan.
YEI bilan hamkorlik mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor 
yo‟nalishi ekanidan kelib chiqqan holda O‟zbekiston rahbariyati 1994 yilning mart oyida u bilan 
Sheriklik va hamkorlik to‟g‟risidagi bitimni imzolash tashabbusi bilan chiqdi. Tomonlarning 
o‟zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga bo‟lgan ikki taraflama intilishlaridan kelib chiqqan 
holda tayyorgarlik ko‟rish jarayoni bo‟ldi (Uzbekistan-Yevropeyskiy Soyuz: vajniy shag na puti 
k yevropeyskoy integratsii. - T.:Informatsionnoye agentstvo «Jaxon». – 1996. - S. 5.).
Tomonlarning keng hamkorlik qilish bo‟yicha eng asosiy hujjatni imzolashga 
tayyorgarliklari yakuni 1996 yilning 21 iyunida Florensiyada (Italiya), Forteza da Basso 
qal„asida YEI a„zo-mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida O‟zbekiston 
Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‟rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‟g‟risidagi bitimni 
imzolash marosimi bo‟ldi. Hujjat O‟zbekiston Prezidenti I.A.Karimov va o‟sha paytda YEI 
Kengashining amaldagi raisi bo‟lib turgan Italiya Vazirlar kengashi raisi Romano Prodi va YEI 
15 a„zo-davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.
1999 yilning 1 iyuli ham O‟zbekiston va YEI o‟zaro munosabatlari tarixiga alohida sana bo‟lib 
kiradi. Bu kunda O‟zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‟rtasidagi sheriklik va hamkorlik 
to‟g‟risidagi bitim, YEI 15 a„zo mamlakati milliy parlamentlari va Yevropa parlamenti tomonidan 
murakkab ratifikatsiya taomilini o‟tib, to‟la kuchga kirdi. Bu O‟zbekiston Respublikasi va Yevropa 
Ittifoqi o‟rtasida Sheriklik va hamkorlik munosabatlarining qonuniy asosda rasmiylashtirilganini 
anglatadi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu bitimga yuqori baho berib, ta„kidlagan ediki: 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish