1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari


O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida hamkorlik



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#818055
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida hamkorlik 
munosabatlarining 
rivojiga 1991 yil 30 dekabrda O‟zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular 
o‟rtasida 1992 yil 29 yanvarda diplomatik munosabatlar o‟rnatilgan kunda asos solingan edi.
1992-yil 19-iyunda O„zbekiston Prezidenti I. Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga 
davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o‟rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-
texnikaviy aloqalarga asos soldi. “ O‟zbekiston bilan Janubiy Koreya o‟rtasida davlatlararo 
munosabatlar va hamkorlik asoslari to‟g‟risida” deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy 
ayirboshlash haqida, O„zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag„ sarflaydigan Janubiy 
Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, 
ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga 
mo„ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DAEWOO Korporatsiyasi rahbariyati 
bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.


1992-1996-yillarda O„zDAEWOOavto O„zbekiston-Janubiy Koreya qo‟shma avtomobil 
zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1995-yil 25-mart kuni 
avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O„zbekiston jahondagi avtomobil ishlab 
chiqaruvchi 28-mamlakat bo‟ldi.
O„zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1999-yil 4-6-oktabr kunlari Koreya Respublikasiga 
tashrifi ikki mamlakat o‟rtasidagi hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyatga ega 
bo„ldi. Koreya Respublikasi yangi Prezidenti Kim De Jung bilan I. Karimov XXI asrda yangicha 
ruhdagi sheriklik to‟g‟risida qo‟shma bayonot imzoladilar. Koreyadagi yirik Eksimbank bilan 
„O„zDAEWOOavto qo‟shma korxonasini moliyaviy jihatdan qo„llab-quvvatlash bo‟yicha 
kelishildi. ,,O„zDAEWOOavto zavodida „Neksiya-2 va „Matiz rusumli avtomobillar ishlab 
chiqarish, Toshkentda „DAEWOO rusumli avtodvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona barpo 
etish loyihalarini amalga oshirishga birgalikda sarmoya ajratish haqida hujjatlar imzolandi va 
amalga oshirilmoqda.
O„zbekiston bilan Koreyaning „Kobul Tekstayl kompaniyasi o‟rtasidagi hamkorlik yildan 
yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O„zbekistonga 250 mln AQSH dollari hajmida 
sarmoya kiritdi va o‟zlashtirildi. „Kobul Tekstayl ishtirokida Toshkent, To‟ytepa va boshqa 
shaharlarda qo‟shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O„zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib 
bormoqda. 1999-yilga qadar O„zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya 
kirib keldi va o‟zlashtirildi. O„zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan 
qo‟shma korxonalar faoliyat ko‟rsatmoqda. Ikki mamlakat o‟rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 
1997-yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi.
O‟zbek-koreys o‟zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari ravnaqiga O‟zbekiston 
rahbarining Koreya Respublikasiga 2012 yil 19-21 sentabrdagi tashrifi yangi turtki berdi. 
Uchrashuv yakunlariga ko‟ra, Qo‟shma bayonot qabul qilinib, unda tomonlarning ko‟p taraflama 
hamkorligi holatiga baho berildi va har taraflama munosabatlarning istiqboldagi ustuvor 
yo‟nalishlari belgilandi. Ular to‟liq ravishda ikki mamlakat xalqlarining uzoqni ko‟zlagan 
manfaatlariga javob beradi va hamkorliknish amaldagi boy salohiyatini samarali ravishda 
ro‟yobga chiqarishga ko‟maklashadi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I. Karimov boshliq O„zbekiston davlat delegatsiyasi 
mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‟lib tan olgan mamlakat – Turkiyada bo‟ldi. Turkiya 
prezidenti Turg‟ut O‟zol, bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar 
bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‟lib o‟tdi. Safar chog‟ida O‟zbekiston bilan Turkiya 
o‟rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‟g‟risida shartnoma, konsullik 
vakolatxonalarini ayirboshlash to‟g‟risida protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik 
to‟g‟risida bitim, madaniyat, fan, ta„lim, sog‟liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‟zaro 
hamkorlik to‟g‟risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‟g‟risida 
bitim, axborot ayirboshlash, televideniye va radioeshittirish bo‟yicha hamkorlik qilish haqida 
protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi.
O„zbekiston bilan Turkiya o‟rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992-
yil 
28-aprel kuni O„zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O„zbekiston elchixonasi ochildi va 
faoliyat ko‟rsatmoqda. Hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari Turg‟ut 
O„zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezerlarning O„zbekistonga 
rasmiy tashriflari chog‟ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo‟ldi. Ikki davlat 
o‟rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo‟jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash, qo‟shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni 
rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O„zbekistonda Turkiya 
sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo‟shma korxonalar barpo etildi. 1996-yil iyun 
oyida O„zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi – „O„zavtosanoat Turkiyaning 
„Kochxolding konserni bilan Samarqand shahrida „SamKochavto o‟zbek-turk qo‟shma 
korxonasini barpo etish to‟g‟risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo‟shma korxona bunyod 


etildi va sig‟imi o‟rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko‟taradigan yuk avtomobillarni 
yig‟ish yo‟lga qo‟yildi. Ikki mamlakat o‟rtasidagi o‟zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 
mln AQSH dollarini tashkil etgan bo‟lsa, 1998-yilda 275 mln AQSH dollariga ko‟paydi.
1992-yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz 
Sharifning O„zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o‟rtasidagi aloqalarga asos soldi. 
Safar kunlarida ,,O„zbekiston Respublikasi bilan Pokiston I. Respublikasi o‟rtasida davlatlararo 
munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‟g‟risida shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi 
to‟g‟risida, madaniyat, sog‟liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va 
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‟g‟risida bitimlar imzolandi.
O„zbekiston va Pokiston o‟rtasidagi hamkorlikni O„zbekiston Prezidenti I. Karimovning 
1992-yil 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada 
yangi pog‟onaga ko‟tardi. Ikki davlat o‟rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va 
melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to‟g‟risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, 
davlat banklari va milliy banklar o‟rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to‟g‟risida, investitsiyalar 
va sarmoyalarni himoya qilish to‟g‟risida bitimlar imzolandi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995-yil may va noyabr oylarida 
O„zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o‟rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy 
Osiyo xavfsizligi, Afg‟onistonda birodarkushlik urushini to‟xtatish masalalari bo‟yicha fikr 
almashildi. Iqtisodiyot, sog‟liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar 
imzolandi.
O„zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo‟shma korxona tuzilgan. „Tabani, 
„Merkuriy, „Metro, „Laksan Taraka kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat 
ko‟rsatmoqdalar. 1994-yilda O‟zbekiston va Pokiston o‟rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln 
AQSH dollarini tashkil etdi. O„zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar, 
shisha, billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq 
iste„moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyabzal, charm buyumlar, kakao va shakar 
keltirilmoqda.
1992-yil 24-25-noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I.Karimovning Eron Islom 
Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi O„zbekiston va Eron o‟rtasida davlatlararo aloqalarga asos 
soldi. Safar chog‟ida O‟zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o‟rtasida 
davlatlararo munosabatlarning asoslari to‟g‟risida” deklaratsiya, havo transporti sohasidagi 
hamjihatlik to‟g‟risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi 
hamjihatlik to‟g‟risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik 
to‟g‟risida memorandum, davlat Markaziy banklari o‟rtasida bitim imzolandi. 1993-yil 18-
oktabrda Eron prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O„zbekistonga rasmiy tashrifi 
bilan kelishi ikki mamlakat o‟rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko‟maklashdi. Safar 
chog‟ida tranzit aloqalarni tartibga solish to‟g„risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi 
to‟g‟risida bitimlar imzolandi.
O„zbekiston bilan Eron o‟rtasidagi o‟zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 
1996-yilda O„zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo„lsa, 2001-yili bu 
ko‟rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O„zbekiston hududi orqali Eronning 750 
ming tonna tranzit yuki olib o‟tildi. O„zbekiston yuklari, asosan, Eronning Bander Abbos va 
Chobahor portlari orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda.
2002-yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga 
yaqin O‟zbekiston-Eron qo‟shma korxonasi barpo etildi va ular, asosan, ishlab chiqarish bilan 
shug‟ullanmoqda.
2002-yil 26-aprel kuni Eron prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O„zbekistonga 
qilgan rasmiy tashrifl paytida O„zbekiston va Eron o‟rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa 
tortilishga yo‟l qo‟ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma„lumotlarni almashish, 
transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O„zbekiston tovar 
ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog‟-kon sanoati 


palatasi o‟rtasida hamkorlik to‟g‟risida hujjatlar ikki mamlakat o‟rtasidagi munosabatlarning 
huquqiy asosini yanada boyitdi.
O„zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrifi bilan 
Saudiya Arabistoni, Misrda bo‟ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari 
to‟g‟risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. 
Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O„zbekistonga rasmiy safari paytida 
imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 
O„zbekistonlik yoshlar Qohira universitetida, „Al-Azxar va „Ayn Shams universitetlarida, 
misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida tahsil ko‟rmoqdalar. Toshkentda Misr 
Respublikasining fan va ta„lim markazi faol ishlab turibdi.
O„zbekiston bilan Ummon, Qatar va boshqa arab mamlakatlari bilan o‟zaro manfaatli 
aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.
1992-yilda O„zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik 
tashkiloti (EKO)ga a„zo bo‟lib kirdi. 1992-yil 10-mayda Ashgabatda O„zbekiston, Qozog‟iston, 
Qirg‟iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining 
uchrashuvi bo‟ldi. Uchrashuvda Transosiyo temir yo‟lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-
Seraxs-Mashxad temiryo‟li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha 
uchun mutaxassislar tayyorlash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992-1996-yillarda uzunligi 295 km bo„lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo„li qurildi. 
1996-yil 12-may kuni mazkur temir yo„lning ochilishiga bagisblangan tantanalar bo„lib o‟tdi, 
unda EKO a„zolari bo„lgan mamlakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus 
hukumatlarining vakillari, jami 50 mamlakat vakillari qatnashdi. Istanbul-Pekin Transosiyo temir 
yo„lining tarkibiy qismi bo„lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo„li Osiyo va Yevropa 
mamlakatlari o‟rtasida yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temir yo‟lning 132 
kilometri Turkmaniston hududida qurildi, uni qurishda o‟zbekistonlik yo„lsozlar faol 
qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln AQSH dollari sarflandi. Ana shu yo„l orqali O„zbekiston 
o‟z mahsulotini Anqaragacha yoki Fors ko‟rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga 
yetkazishi mumkin bo„lib qoldi.
O„zbekistonning yirik mamlakat – Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-yil 
23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O„zbekistonda 
bo‟ldi. Safar kunlarida “ O‟zbekiston Respubiikasi bilan Hindiston Respublikasi o‟rtasida 
davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‟g‟risida” shartnoma, foyda va mulkka ikki 
yoqlama soliq solmaslik to‟g‟risida, havo yo‟llari to‟g‟risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik 
to‟g‟risida bitimlar imzolandi.
O„zbekiston Prezidenti 1. Karimovning 1993-yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy 
tashrifi chog‟ida ikki mamlakat o‟rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik 
to‟g‟risida bitim, madaniyat, sog„liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot 
sohasida hamkorlik qilish to‟g‟risida bitim imzolandi. O„zbekiston bilan Hindiston o‟rtasidagi 
hamkorlik kengayib bormoqda. 1995-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning 
„TATA Projekts LTD firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o‟rinli salomatlik zali, majlislar 
xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo„lgan zamonaviy 
mehmonxonaning ochilishi fikrimizning dalilidir. 
Ikki davlat o‟rtasidagi hamkorlik munosabatlarini I. Karimovning 2000-yil 1-3-may 
kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog‟onaga ko‟tardi. Safar paytida O„zbekiston 
Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 
ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, 
narkotik moddalar va qurol-yarog‟ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan 
O„zbekiston bilan Hindiston o‟rtasida hamkorlik to‟g‟risida Qo‟shma bayonot, jinoyat qidiruv 
ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to‟g‟risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta„lim, axborot, bojxona sohalari bo‟yicha hamkorlik qilish 
haqidagi hujjatlar imzolandi.


O‟zbekiston va Hindiston o‟rtasida o‟zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga 
yaqin hujjatlar qabul qilingan. O„zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil 
etilgan 30 ga yaqin qo‟shma korxona faoliyat ko‟rsatmoqda.
O‟zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin 
munosabatlar va hamkorlik o‟rnatish hamda rivojlantirishga ham katta e„tibor berilayotir. Janubi-
sharqiy Osiyoning O‟zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o‟ziga xos o‟rni shu bilan 
belgilanadiki, bu mintaqa o‟nta rivojlanayotgan mamlakatni o‟z ichiga oladi. Ular orasida 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish sur„atlari bo‟yicha Indoneziya, Malayziya, 
Singapur va Tailand kabi mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan 
qutulgandan so‟ng to‟plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi yangi 
mustaqil mamlakatlar uchun asqotishi mumkin.
O„zbekistonning Tinch okean havzasi mamlakatlari – Malayziya va Indoneziya bilan 
davlatlararo aloqalari o‟rnatildi. Bu borada O„zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat 
delegatsiyasining 1992-yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga 
egadir. Safar kunlarida O„zbekiston va Malayziya o‟rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik 
to‟g‟risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O„zbekiston va Indoneziya o‟rtasida diplomatik 
aloqalar o‟rnatish bo‟yicha qo‟shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo‟yicha qo‟shma 
bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‟g‟risida bitim imzolandi.
1995-yil 8-10-aprel kunlari Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxarto rasmiy tashrif 
bilan O„zbekistonda bo„ldi. Muzokaralar nihoyasida O„zbekiston Prezidenti I. Karimov va 
Indoneziya Prezidenti Suxarto O„zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respublikasi 
o‟rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to‟g‟risidagi qo‟shma bayonnoma imzoladilar. 
Ikki mamlakat hukumatlari o‟rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum 
hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig‟ida samolyotlar qatnovini yo„lga qo‟yish to‟g‟risidagi 
hukumatlararo bitim imzolandi.
O„zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vetnam Sotsialistik Respublikasi, 
Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‟lga 
qo‟yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.


 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish