1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

 
 


 
 
85 
4.11. TMV ni poliakrilamid geli (PAAG) kolonkasida elektroforez 
usulida tozalash 
1975 yili Paul (10) poliakrilamid gelidagi elektroforez yordamida kartoshka 
A, M, U viruslarini, baqlajon mozaikasi virusini, turneps sariq mozaikasi 
viruslarini aniqladi, Georg va Altman (10) esa bu metodni mevali daraxtlar 
viruslarini diagnostika qilishda ishlatishdi (Vaxabov, 1990 dan olindi). Buning 
uchun virusli namunani maydalab, undan olingan virusli eritmani tris-HCl 
buferida eritib, gelfiltratsiya qilib, uni konsentrlandi. Konsentrlangan virus 4% li 
poliakrilamidda elektroforez qilinadi (poliakrilamid gelining 3,75% va undan past 
konsentratsiyalarining yumshoqligi sababli ularni ishlatish mumkin emas). 
Polikarilamidning 4,5,6,7 - % li gellari mustahkam bo‘lishiga qaramasdan 
poralarining kichikligi sababli virusdan tashqari hujayra tarkibidagi moddalarni 
ham tutib qoladi. Shu sababli ular virus tozalashda ishlatilmaydi. Kichik 
malekulali oqsillar trubkada oson harakatlanadi, viruslar esa nisbatan katta 
molekula massasiga ega bo‘lganliklaridan gel ichiga 1 sm gagina kiradilar xolos. 
Oqsillarni fraksiyalariga ajratishda ishlatiladigan gellarga 5-6% viruslar umuman 
kirmaydilar. 
Qora amid bo‘yog‘i bilan bo‘yalganda gel probirkasining tagida hujayraning 
normal oqsillaridan tashkil topgan bitta zona hosil bo‘ladi. Demak, viruslarni va 
normal hujayra oqsillarini fraksiyaga ajratishda, sifat reaksiyasi o‘tkazishda 
PAAG elektroforezidan foydalanish mumkin. 
Bu metodning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, unda ishlatiladigan gel 
konsentratsiyasini pasaytirib (poralarni kengaytirib) virus tozalashda ishlatish 
mumkin. 
Veritkal qilib o‘rnatilgan xromatografiya kolonkasi elektroforez o‘tkazish 
uchun 4% li PAAG ohistalik bilan to‘latiladi. Gel polimerlanganidan so‘ng, 
avvaldan tayyorlangan anod va katod idishlari buferlar bilan to‘latilib, ular 
elektroforez o‘tkazilgan kolonkaga ulashga tayyorlanadi. Kolonkaga 40 mg 
qisman tozalangan virus solinadi va u katod idishiga ulanadi (Ilova,12 rasm) 
elektroforezgacha bo‘lgan holat). So‘ngra tok manbaiga ulanib tok kuchi beriladi. 
Elektroforezni 1-3 soat davomida o‘tkaziladi. Elektroforez tugagandan so‘ng, gel 
ustidagi virus minimal bufer bilan eritib olinadi (Ilova, 12 - rasm). 
Elektroforez jarayonida hujayraning normal qismlari virusga qaraganda start 
nuqtasidan tezroq harakatlanib saxarozadan Ilova,12 rasm, 2 zona) va geldan 3 
soat ichida o‘tib ketadilar va kolonkaning 20-25 sm lik oralig‘ida zonasida tor 
zona hosil qiladi (Ilova, 12 rasm, 4 zona). Bu muddatda virus zarralari ham 
saxarozadan oson o‘tib, gel kolonkasi yuzasida to‘planadi. 
Ma’lum qism virus zarralari (10% gacha) gelga kiradi (Ilova,12 –rasm, 1 b). 
Elektroforez tugashi bilan kolonka anod va katod idishlari ajratiladi, gel 
kolonkasi ustidagi virus 2 ml bufer bilan eritib olinadi (bufer solib eritish 3
 
marta 
qaytariladi). Gelga kirgan virusni ajratish uchun gel 1 sm dan qilib kesiladi va 
havonchada fosfat buferi bilan eziladi, so‘ngra virus geldan filtrlanib ajratib 
olinadi. Gel ustidan ajratib olingan ((Ilova,12 –rasm, 1 a). 



Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish