1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

6.3. Nuklein kislotalar 
 
Barcha tirik organizmlar hujayralari, hammaga ma’lumki, ikki tipdagi
nuklein kilotalarga ega – 
DNK
(hujayra genomining ikki zanjirli DNK si) va 
RNK
 (informatsion RNK(m RNK), transport RNK (t RNK), ribosoma RNK 
(r RNK))
. Ammo hujayradagi nuklein kislotalar tarkibidan viriondagi nuklein 
kislotalar tarkibidagi farq shundaki, virionda bir tipdagi nuklein kislota (DNK 
yoki RNK) mavjud, xolos. Ular virus genomi funksiyasini bajarib, irsiy 
axborotlarni saqlaydilar. Virusni bir tipdagi nuklein kislotaga egaligi faqat 
virionga xos xususiyatdir, ammo virusga emas. Virusni hayot siklida uni genomi 
bo‘lgan nuklein kislota transkripsiyalanadi, ya’ni DNK-tutuvchi viruslar RNK 
hosil qiladi. Qator RNK-tutuvchi viruslar o‘z reproduksiyasida qaytalama 
transkripsiya sikliga ega va RNK matritsasida DNK sintezlaydi. Barcha 


 
 
118 
viruslarni 20% chasi DNK-genomli, 80% - RNK-genomli. RNK ni irsiy 
axborotni saqlashi – virusni noyob xususiyatidir.
Virus 
genomining 
o‘lchami 
(nukleotidlarda 
belgilanadigan
nukleotidlarning ketma-ketligining uzunligi) keng diapazonda bo‘lib, 
cho‘chqalarni sirkovirusidagi 1,7 ming nukleotiddan (t.n. yoki m.n.),
arxibakteriylarning fikodnaviruslaridagi 300 m.n. (ming nukleotid) bo‘lishi 
mumkin. Virus genomlari bir zanjirli, ikki zanjirli shakllarda, tizimli yoki 
halqali, uzluksiz yoki segmentlarga bo‘lingan shakllarda bo‘ladi. DNK-
genomlilarni xususiyatlarini xarakterliligi shundaki, ular molekulalarini oxiri-
uchlari birorta ma’noga ega bo‘ladi. Molekulani oxirgi uchlari to‘g‘ri yoki 
inversiyalangan oxirgi (yopishqoq) uchlarga, o‘z-o‘ziga komlementar ketma-
ketlikka ega hamda terminal genom oqsili bo‘lishi mumkin. 
RNK genomning xilma-xilligi uglevod-fosfat bog‘li nukleotidlar ketma-
ketligi ustuni yo‘nalishlariga qarab farqlanadigan nukleotidlar ketma-ketligini 
borligiga qarab kengayib boradi. 
Birzanjirli RNK pozitiv qutbli – (+)RNK, negativ qutbli – (–)RNK yoki 
ikkiyoqlama axborotli zanjirli – (+, –)RNK bo‘ladi. O‘z navbatida, pozitiv qutbli 
RNK har xil tashkil qilingan strukturaga: matrichniy RNK bo‘lib 5′ -uchida kep 
ketma-ketlikga ega (7-metilguanozin, Sar), 3′ -uchida – poli-A (poli-A) ketma-
ketlik; kepni yoki poli-Aga ega bo‘lmasligi mumkin; 5′ -uchida genom oqsili 
bo‘lishi mumkin; 3′ -uchida t-RNKsimon yoki shpilkaga ega bo‘lishi mumkin. 
Virus genomlarini turlari ularni klassifikatsiyasi asosini tashkil qiladi. 
Molekulyar virusologiya va molekulyar biologiyaning asosiy terminlari, ishlash 
prinsiplari, metodlari o‘xshashdir. Viruslarning asosiy xo‘jayin organizmlari 
prokariot va eukariot organizmlar bo‘lib, viruslar ular hujayrasiga kirgandan 
so‘ng ho‘jayin hujayrasida viruslarni tashkil qiluvchi yangi biopolimerlar 
sintezlanadi. Mazkur biopolimerlar struktura va funksiyasi tomonidan hujayra 
tarkibidagi turdosh biopolimerlar bilan o‘xshash bo‘ladi, ularga virus DNK, 
RNK, oqsillar, lipidlar, riboza, dezoksiriboza va h. larni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi 
biopolimerlarni formulalari va ularni sifatlari haqida ma’lumotlar ko‘plab
bioximiya darslik va o‘quv qo‘llanmalarida keltirilgan bo‘lishiga qaramasdan 
talabani o‘qishi va onglashini osonlashtirish maqsadida quyida keltirishni ma’qul 
deb hisobladik (3;33).
 
Nuklein kislotalar barcha tirik organizm hujayralarida bir xil funksiya - 
irsiy axborotni saqlash, nasldan-naslga uzatishni ta’minlaydi. DNK molekulasi 
genetik informatsiyani nukleotidlarning ketma-ketligi shaklida saqlaydi, RNK 
ning turli xillari uni oqsillar biosintezi jarayonida amalga oshiradi. 
Nuklein kislotalarning molekulalari 4 xil nukleotidlardan tuzilgan bo‘lib, 
ular o‘z navbatida tarkiblarida 3 xil birikma – azot asoslari, uglevod qismi – 
pentoza va fosfor kislotasining qoldig‘idan iborat. Nukleotidlarning tarkibiga 
qaysi bir uglevod kirishiga qarab nuklein kislotalar ikki guruhga bo‘linadi:
dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish