75
qo‘yilayotgan talablar va yo‘l harakati qoidalariga
mos kelgan taqdirda amalga
oshiriladi;
–
transport
vositalarida
reklamani
joylashtirish
bo‘yicha ruxsatnoma
hujjatlarini rasmiylashtirish tegishli mahalliy hokimiyatning tashki reklama va
transport vositalarida reklamani joylashtirish bo‘yicha Komissiyasining vakil organi
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin;
–
jismoniy va yuridik shaxslardan avtotransport
vositalarida reklamani
joylashtirish uchun to‘lov quyidagi vaziyatlarda olinmaydi:
–
agar reklama beruvchi reklama joylashtirilgan avtotransport vositasining
bevosita egasi bo‘lsa;
–
agar reklama ijtimoiy sohaga tegishli yoki bayram tabrigi bo‘lsa;
–
agar mahalliy hokimlikning tashqi reklama va transport vositalarida
reklamani joylashtirish buyicha Komissiyasi tomonidan imtiyozlar berish to‘g‘risida
maxsus qaror qabul qilingan bo‘lsa.
Davlat jamoat transport vositalarida joylashtiriladigan reklamaning umumiy
xajmidan 20 foizi ijtimoiy yo‘nalishdagi reklama bo‘lishligi zarur.
Avtomototransport
vositalarida
reklama
faqatgina
quyidagi
joylarga
joylashtiriladi:
–
avtobus kuzovining yon tomonlariga oyna chizig‘igacha bo‘lgan joylarga;
–
furgonlar, yuk mashinalari tirkama va yarimtirkamalar
kuzovining yon
qismiga;
–
mototsikllarning yoqilg‘i baki va asboblar uchun mo‘ljallangan yashikning
qopqog‘iga;
–
engil avtomobillar va mikroavtobuslarning yon qismiga (orqa qismi va
eshiklaridan tashqari.
Transport vositalariga joylashtiriladigan reklama tushunarli,
aniq yozilgan va
imkon qadar kichik bo‘lishi kerak.
Transport vositalarining salon qismida kichik hajmdagi reklama plakatlari –
sinkellar va yopishtiriladigan reklama qog‘ozlari – stakerlardan foydalaniladi. Sinkel
va stakerlar foydalanish uchun qulay, kam joy talab qiladi va ularni yaqin masofadan
yaxshi o‘qish va tushunish oson. Shuningdek ular transport saloni bilan uyg‘unlashib
ketadi.
Transport vositalarining saloniga joylashtirilgan reklama salonning ichki
qiyofasi va shinamligiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Transport vositalariga o‘rnatilgan reklama, ayniqsa salonga o‘rnatilgan reklama
yo‘lovchilarning ijtimoiy-demografik xususiyatlarini e’tiborga olgan bo‘lishi kerak.
Masalan, biznes-klass va kupe tipidagi poyezd vagonlarida qimmat tovarlarni
reklama qilish, umumiy va platskart vagonlarda ommaviy iste’mol tovarlari
reklamasi joylashtirilishi maqsadga muvofiq.
Metropolitenlarga reklama joylashtirish transport
reklamasining eng samarali
turidir.
Metropolitenlarda
yo‘lovchilarning katta oqimi vagonlarda yoki
eskalatorlarda ma’lum muddat “passiv” holatda bo‘ladi. Bu esa reklama axborotini
tarqatish uchun juda qulaydir.
Metroda reklama metro bekatiga kirish-chiqish joylarida, vestibyullarda,
76
bekatlarga o‘tish yo‘laklarida, eskalator tonnellarida va vagonlarda joylashtiriladi.
Yer usti transportidan farqli ravishda metro vagonlarida yo‘lovchilar
tashqi
tabiat bilan chalg‘imaydi. Bu esa salon ichidagi stakerlarda aks etgan reklamalarni
diqqat bilan tanishishga imkon beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, metro
yo‘lovchilarining 83%i kamida bir marotaba stakerlarda ko‘rsatilgan manzillarga va
tovarlarga murojaat qilisharkan.
Transport vositalarining tashqi kuzoviga joylashtirilgan reklamalar hajman
katta va yozuvlar ham yirik bosma harflarda yozilishi lozim.
Bu ularning harakat
vaqtida ham tez o‘qilishini ta’minlaydi.
Transport reklamasi samaradorligi bo‘yicha teleko‘rsatuv va matbuotdan keyin
uchinchi o‘rinda turadi. Transport reklamasining qulayliklari va afzalliklari bilan bir
qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud (3.12-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: