27
– faoliyatning turli shakllarini koordinatsiyalash;
– konsensusga erishish;
– ustunlikni o‘rnatish va tegishlilik maqomi to‘g‘risida ogohlantirish;
3. Vorislilikni ta’minlash:
– hukmronlik qilayotgan madaniyatni ifoda etish va shaxslar madaniyatini va
yangi madaniy oqimlarni tan olish;
– umumiy qadriyatlarni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash;
4. Ko‘ngil ochish:
– ko‘ngil
ochishni, asosiy ishdan chalg‘itishni, bo‘shashtirish vositalarini
ta’minlash;
– jamiyatdagi tanglikni kamaytirish;
5. Safarbar qilish:
– ijtimoiy maqsadda siyosat, urush, iqtisodiy taraqqiyotva inqiroz, bandlik va
boshqa sohasiga tegishli tadbirlarni o‘tkazish.
Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha sohalarida Internet
imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda va buning asosiy sababini elektron tijorat
deb atashmoqda. Yangi texnologiyalarning ta’siri ostida bizning davrimizda o‘zini
yanada
yorqinroq namoyon etayotgan, kommunikatsiya sohasidagi tendensiyalar
orasida,
ko‘pincha
globallashuv,
ommasizlantirish,
konglomeratsiya
va
konvergensiya tendensiyalarini ajratib ko‘rsatishadi.
Globallashuv.
Yangi kommunikatsiya asrida milliy chegaralar o‘zining
ahamiyatini butunlay yo‘qotadi. Agar ko‘pchilik ommaviy kommunikatsiya
vositalarining faoliyati ilgari mamlakat chegaralari bilan cheklangan bo‘lsa, endilikda
odamlar butun dunyo doirasidagi zamon va makonni chinakamiga egalladilar. Yangi
axborot texnologiyalari shaxslar va institutlarga katta ta’sir ko‘rsatadi,
yirik
kompaniyalar kommunikatsiya mazmunining asosiy qismini nazorat qiladi. Bu esa
yangi ommaviy axborot vositalari mahsulotlarining xalqaro bozorlarga kirish ancha
oson bo‘ldi. Yangi ommaviy axborot
vositalarining globallashuvi, shubhasiz, katta
hajmdagi axborotga va ko‘ngil ochar dasturlarga yo‘l ochib bergan holda, insonlarga
foyda keltiradi. OAV tashkilotlari esa o‘zlarining,
ommaviy va maqsadli
auditoriyalarini o‘stirish imkoniyatiga, va shunday qilib korporatsiyaning foydasini
ham ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu hodisa, 1960 yillarda Maklyuen
bashorat qilgan “global qishloqning” ayni o‘zidir[33,18]. “Global qishloq”
g‘oyasining amalga oshirilishini tasdiqlovchi yaqqol misol – buni har bir xabar
vaqtning o‘zida yer sharining barcha burchagiga yetkazilayotganligidir.
Xalqaro
mehmonxona yoki uzoq qishloq bo‘lishidan qat’iy nazar, Si-en-en (CNN)ning
yo‘ldoshli kanali hamma yerda mavjuddir. Dunyoda yangiliklar, axborotlar, ko‘ngil
ochar dasturlar va fikr-mulohazalarni eshittiruvchi, uzatuvchi, xalqaro yo‘ldoshli
xizmatlarga kirish huquqi bo‘lmagan birorta uyushma yo‘q. MTV
musiqiy dasturini
Toshkentda, Moskvada, Santyagoda, Gonkongda
va boshqa joylarda tomosha
qiladilar, bu hodisa bir necha yil oldin mo‘jiza bo‘lib tuyulishi mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: