228
9- BOB. TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYASINING
KOMPLEKS STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Reja:
9.1. Turizm industriyasida kommunikatsion siyosatni shakllantirish
9.2. Media-rejalashtirish
9.3. Kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari
9.4. Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish, baholash va
boshqarish
9.1. Turizm industriyasida kommunikatsion siyosatni shakllantirish
Turistik
korxonalarning
kommunikatsiya
siyosati
iste’molchilarga
yo‘naltirilgan bo‘lib, uning muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Marketing
konsepsiyasining zaminida turistik korxonalarning maqsadli bozor ehtiyoj va
zaruratlarini
to‘liq qondirishga erishish va raqobat kurashida o‘zining
raqobatbardoshligini saqlab qolishga qaratilgan tadbirlar yotadi.
Zamonaviy marketing konsepsiyasi raqobat qobiliyatini
saqlab qolish eng
avvalo kommunikatsion siyosatni shakllantirish zarurligini ko‘rsatib bermoqda.
Bugungi kunda turistik korxonalarning yagona kommunikatsion siyosatining
shakllantirilmaganligi iste’molchilar va vositachilar bilan o‘rnatiladigan o‘zaro
aloqalarning noaniqligiga olib keladi.
Turistik korxonalarda kommunikatsiya siyosatini shakllantirish bilan bog‘liq
ilmiy izlanishlar mamlakatimiz va ko‘plab xorij olimlari tomonidan keng tadqiq
qilingan. Ushbu olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki,
turistik korxonalar
bugungi kunda zamonaviy marketing konsepsiyasi asosida faoliyat olib borishlari
zarur. Ularda kommunikatsiya faoliyatining samarasiz yakunlanayotganligi sababi
aynan kommunikatsion siyosatning to‘g‘ri shakllantirilmaganligi,
mijozlar va
vositachilar bilan uzviy aloqalarning o‘rnatilmaganligidir. Shu bois, nafaqat turistik
korxonalar,
balki
mehmonxonalarda
ham
kommunikatsion
siyosatni
shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish, shu asosda ularning
kommunikatsiya siyosatini shakllantirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kommunikatsion
siyosat
marketing
kommunikatsiyasi
vositalaridan
muvofiqlashgan holda foydalanish rejasi bo‘lib, uning
asosiy maqsadi tovar va
xizmatlar harakati va ularni siljitishdir. Zamonaviy turistik korxonalarda murakkab
aloqalar majmui mavjud bo‘lib, vositachilar, ta’minotchilar, iste’molchilar,
turagentlar, ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha sub’ektlarini qamrab oladi.
Ularning har biri boshqa sub’ektlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, teskari aloqa tamoyili
asosida muayyan guruhlarni shakllantiradi.
Turistik korxonaning kommunikatsiya siyosati maqsadga yo‘naltirilganligiga
qarab ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi:
−
turistik
mahsulotni yaratish, takomillashtirish va unga nisbatan bozorning
reaksiyasini
aniqlashga
qaratilgan
kommunikatsiya
siyosati.
Bu
turdagi
229
kommunikatsiya siyosati birinchi navbatda mavjud talabdan oqilona foydalanishni
ko‘zda tutuvchi turistik korxonalar uchun zarur bo‘lib,
barcha ishtirokchilarning
samarali aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
−
turistik mahsulotni hayotiylik davrining qaysi bosqichdaligidan qat’iy nazar
siljitishga qaratilgan kommunikatsiya siyosati. bunday siyosat birinchi navbatda
turistik korxona ixtiyorida mavjud bo‘lgan va bozorda muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan turistik mahsulotni siljitishga qaratiladi. Bunda asosiy e’tibor
potensial
mijozlarni imkon qadar ushlab turish, ularga tovar haqida tez-tez eslatib turish va
takroriy harid qilishga undashga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: