202
hamjamiyat iste’molchilar va reklama beruvchilar uchun juda foydali bo‘lib, unda
foydalanuvchilar o‘z
fotosuratlari, yashash joyi, ish joyi, video yoki audio kliplarni
ham havola etadilar. MySpace, YouTube, Wikipedia va Flickr saytlari foydalanuvchi
kontentini rag‘batlantiradi va muntazam boyitib turadi. Bunday saytlar reklama
manbai ham bo‘lib bormoqda. Buning yaqqol dalili sifatida Virtualtourist.com
(
www.virtualtourist.com
) saytini keltirish mumkin. Mazkur sayt sayyohlar uchun eng
katta foydalanuvchilar kontentiga ega bo‘lgan sayt hisoblanadi. Sayt WOM (mish-
mish tarqatish) samarasi orqali barcha ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanish imkoniyatiga
ega. Kishilar saytda tajriba almashinish, o‘z
fotosuratlarini joylashtirish, o‘zlari
yashayotgan yoki tashrif buyurayotgan joylar to‘g‘risida fikr almashinish maqsadida
a’zo bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi [30, 272]. Bu mazkur saytlarning qudratli va
ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi va brendlar, xizmatlarning turlari va yo‘nalishlari
to‘g‘risida xabarlar bilan ta’minlaydi. Sayt ma’lumotlariga ko‘ra unda:
−
220 dan ortiq mamlakat va hududlardan ro‘yxatdan o‘tgan 800000 a’zo;
−
Dunyodagi 25000 joylar bo‘yicha 1,4 milliona yo‘lko‘rsatkich;
−
2,6 million fotosurat;
−
2 million joylar;
−
85% forum savollari mavjud;
−
VirtualTourist saytida
har haftalik uchrashuvlar;
−
25 million VirtualTourist sayti orqali nikohni qayd etish;
−
Har oyda 5 million foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish amalga oshiriladi;
−
Har
oyda
30
million
kishi
saytga
tashrif
buyuradi.(
http://members.virtualtourist.com
).
Keyingi vaqtlarda bunday foydalanuvchilar kontentidan
www.youtube.com
,
www.facebook.com
,
www.wayn.com
,
www.travelblog.org
,
va
www.virtualtourist.com
kabi ijtimoiy tarmoqlar ham foydalanmoqda. Ular
internetdagi eng jadal rivojlanayotgan foydalanuvchilar kontentini o‘z ichiga oladi.
Turistik bloglar, masalan mualliflarning shaxsiy hayoti va hayotiy voqealariga
bag‘ishlangan bloglar tor doiradagi va oila va do‘stlarga ixtisoslashgan
auditoriyalardan iborat bo‘lib, turizm, yashash va tashrif joylari to‘g‘risidagi turli xil
xabarlarni Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish imkoniyatiga ega. Biroq umumiy
sayt muhitining aksariyat qismi homiy reklama havolalari hisobiga daromad oladi va
asosan kundaliklarda qayd etilgan joylarga taalluqli bo‘ladi. Masalan,
www.travelblog.org
.
7.6-rasmda keltirilgan TravelBlog.org. saytida turistik
axborotlar davlat yoki
xususiy turistik tashkilotlar nomidan vakolatli va ixtisoslashgan marketing
agentliklari tomonidan yaratiladi va foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Sayyohlar
joylar va o‘z tajribalari to‘g‘risida saytda ma’lumotlarini mos reklama beruvchilarga
qoldiradilar.