141
6- BOB. MARKETING KOMMUNIKATSIYASIDA PR
Reja:
6.1. Marketing kommunikatsiyasida PRning mohiyati
6.2. PRning asosiy tushunchalari va turlari.
6.3. PRning maqsad va vazifalari, funksiyalari, tamoyillari va marketing
kommunikatsiyasidagi asosiy yo‘nalishlari
6.4. Turizm sohasida PR faoliyatining maqsadi, asosiy yo‘nalishlari va
turoperatorlik xizmatining marketing faoliyatida xizmatlarni sijitishning PR
usullari
6.1. Marketing kommunikatsiyasida PRning mohiyati
Bugungi sharoitda turizm sohasida marketing faoliyatini rejalashtirish va
turmahsulotni samarali siljitish yangi xizmat turlarini yaratish va jozibador narxlarni
o‘rnatishga qaraganda muhimroq. Turizm – iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri
bo‘lib keyingi paytlarda dunyoning ko‘pchilik davlatlarida shiddat bilan rivojlanib
borayotgan tarmoqlardan biriga aylandi. Turizm
biznesining muvaffaqiyati
turmahsulotni samarali siljitish, turistik mahsulot yaratuvchilari(turoperator) va uning
ist’molchi (turist)lar o‘rtasidagi kommunikatsiya jarayonlarining samaradorligiga
bog‘liqdir.
Hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlari turistik korxonalarda yaxshi tashkil
qilingan marketing xizmatlari va marketing kommunikatsiyalari tizimining mavjud
bo‘lishini taqozo etadi. Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarini
rejalashtirish, ya’ni reklama, PR, sotishni rag‘batlantirish, direkt –
marketing, sotish
joyidagi kommunikatsiyalar va munosabatlarga asoslangan marketing zamonaviy
marketing konsepsiyasining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Munosabatlar
marketingiga asoslangan holda biznes olib borish turistik korxonalarda asosiy
e’tiborni o‘zaro ishonch va hamkorlikka asoslangan, har ikkala tomonga ham ma’lum
naf
keltirishga
qaratilgan
jamoatchilik
bilan
aloqalar
tizimini
yanada
takomillashtirishga qaratishlarini talab etmoqda.
Turizmning milliy iqtisodiyot tarmog‘i sifatida jadal rivojlanishi,
millionlab
insonlarning hayot tarziga aylanib borayotganligi, siyosiy, ijtimoiy, madaniy
aloqalarning
globallashib
borayotganligi
sohada
iqtisodiy
jarayonlarning
murakkablashuviga olib kelmoqda. Shu bois sohada bir marotabalik chegirmalarni
qo‘llash, sotuvni rag‘batlash, reklamaga ishonch pasayib bormoqda. Asosiy e’tibor
turistik korxonalarning
ijobiy imidjini shakllantirish, ishonchli hamkor sifatida
nufuzini oshirish, mijozlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolishga qaratilmoqda.
Bunday munosabatlar marketing kommunikatsiyasida jamoatchilik bilan
aloqalar yoki PR sifatida maydonga chiqadi.
Jamoatchilik bilan aloqalar PR – zamonaviy tushuncha emas. Uning paydo
bo‘lishi Shumer, Xitoy, Vavilon, Qadimgi Gresiya va Qadimgi Rim davrida ham
mavjud bo‘lgan. O‘sha davrlardayoq ayrim kishilar aholi o‘rtasida
hukumatga yoki
142
hukumat boshliqlari, sarkardalarga sodiq bo‘lishga, ularni qo‘llab–quvvatlashga, o‘z
diniy ta’limotlarini targ‘ib qilishga chaqirganlar. Bu amaliyot bugungi kunda ham
saqlanib qolgan: shaxslararo kommunikatsiya, notiqlik san’ati, maxsus tadbirlarni
uyushtirish, yubiley sanalarni nishonlash va shu kabilar.
Lekin bu faoliyat
jamoatchilik bilan aloqalar(Public Relations) deb atalmagan, ammo jamoatchilik
bilan ishlaydigan kishilarning asosiy maqsadi aynan uzoq o‘tmishdagi faoliyat bilan
aynan bir maqsadni ko‘zlaydi.
PRning zamonaviy texnologiyalari Fransiya va AQShda ishlab chiqilgan. 1900
yildayoq AQShning Garvard universitetida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha
byuro tashkil qilingan edi. Aynan shunday byuro 1904 yilda Pensilvaniya shtatidagi
universitetda ham tashkil qilindi. 1912 yilda birinchi eng yirik jamoatchilik bilan
aloqalar byurosi Amerika telefon − telegraf uyushmasida tashkil qilindi.
PR byurolari va shunga o‘xshash ixtisoslashgan firmalar AQShda 1920
yillarning boshida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi AQShlik jurnalist Ayvi Li (Ivy Lee)
va J. Rokfeller (John Davison Rockefeller)ning kompaniyasi edi. Aynan PRning
birinchi zamonaviy usulini ham shaxsan J.Rokfeller o‘ylab topgan[10, 24].
1930 – yillarning boshida AQShning demokratlar partiyasida PR bo‘yicha
maslahatchi lavozimi tashkil qilingan. Shunday lavozim respublikachilar partiyasida
1936 yilda paydo bo‘ldi. Aynan shu davrda PR menejmentning
funksiyasi sifatida
shakllandi[10, 25-26].
1945–1965 yillar – AQShda PR boshqaruvning alohida faoliyat turi sifatida
shakllandi. Universitetlarda PR bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanib boshlandi. Bugungi
kunga kelib AQShning o‘zida bunday mutaxassislar soni 200 mingdan oshadi.
Zamonaviy PRga oid nazariy yondashuvlar va konsepsiyalar XX asr davomida
zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy kommunikatsiyalar modellari tushunchasi va axborot
nazariyasi doirasida faol rivoj topdi va murakkablashdi. PR konsepsiyalari rivojlanish
jarayonida, shartli ravishda bir necha asosiy davr (bosqich)larni bosib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: