143
rivojlantirila boshladi.
PRning maqsadi, odatda, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotni
tarqatishdan iborat bo‘ladi. PR bilan bog‘liq tadqiqotlarning o‘rni hali ham uncha
ahamiyatga ega emas, faqatgina ma’lumotlarning “ko‘p o‘qilishi” va muloqot
kanallarining samaradorligi o‘rganilgan.
3. PR rivojlanishining uchinchi bosqichi (20 asrning 70-yillarining
o‘rtalaridan boshlab)
– bozorlarni kengaytirish va parchalab yuborish,
marketing
texnologiyalarning jamiyatning barcha sohalariga yoyilishi natijasida manfaatdor
bo‘lgan jamoatchilik doirasini kengayishi va firmalarining xalqaro siyosatining
shakllanishi, multimilliy va multimadaniy strategiyalarning shakllanishi yuz berdi.
Bu davrda PR ning ikki taraflama kommunikatsiya, qat’iy ishonch, PRning asosiy
strategiyasiga aylandi.
Aloqa ikki tomonlama, biroq muvozanatlashtirilmagan
(tashkilotlar o‘zlari o‘zgarmagan holda, jamoatning ular haqidagi fikrlarini
o‘zgartirishga harakat qiladilar). PR bilan bog‘liq tadqiqotlarning ahamiyati sezilarli
darajada ortdi. Bunda asosan, jamoatning qarashlari,
qiziqishlari va ehtiyojlari
o‘rganila boshlandi.
4.
PRning to‘rtinchi davri (20 asrning 80 yillarining oxirlari)
– ommaviy
axborotning elektron vositalari, Internet va multimedialarning texnologik rivojlanishi
bilan bog‘liq, ochiq axborot maydonida PR strategiyalar shakllandi. Ushbu davrga
PRning “ikki tomonlama simmetrik” modeli mos keladi: tashkilot nafaqat
jamoatchilik qarashlarini shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirishga
harakat qiladi, balki o‘zi ham o‘zgara boshlaydi.
Bu bosqichda PRning asosiy
maqsadi “o‘zaro hamfikrlik”ni ta’minlashdan iboratdir. Aloqa jarayoni ikki
tomonlama, o‘zaro ta’sir sub’ektlari sifatida turli guruhlar qatnashishi mumkin,
asosan tushunish va muloqot qilish muammolari o‘rganiladi.
Bu davrda PRning ta’sir ko‘rsatish ob’ekti bo‘lib keng jamoatchilik (maqsadli
auditoriya) xizmat qiladi. PR har doim, ma’lum kanallardan kelib tushadigan
ma’lumotlar yordamida amalga oshiriladi. Barcha jarayonlar ma’lum
sharoitda
amalga oshiriladi, jamoatning ta’sirlanishi esa teskari aloqa yordamida o‘rganiladi.
Firmalar tomonidan tayyorlangan ma’lumot jamoatchilikka yetkazib berish
uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda yetkaziladi (shaxslararo muloqot, ommaviy axborot
vositalarida orqali yetkaziladigan ma’lumot, press-anjumanlar, brifinglar, “davra
suhbatlari”, ochiq jamoat muhokamalari, prezentatsiyalar
va shu kabilarni tashkil
qilish). Ma’lumot, ob’ekt (jamoat)ga tegishli ravishda ta’sir ko‘rsatgan holda, unga
ta’sir o‘tkazadi, uning holatini o‘zgartiradi. Bu haqidagi ma’lumotlar qaytuvchi aloqa
kanallari orqali yetkaziladi va asosiy g‘oyaga va keyingi harakatlarga tuzatishlar
kiritish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: