184
6.6. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘nalishida:
a) sho‘rlangan maydonlar 1 948 ming gektardan 1 722 ming gektarga, o‘rta va yuqori
sho‘rlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha qisqartirilishi;
b) sizot suvlar sathi muammoli darajada (0 — 2 metr) bo‘lgan sug‘oriladigan yer
maydonlari 1 051 ming gektardan 773 ming gektargacha kamaytirilishi;
v) foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlar 2025 yilga kelib
qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilishi;
6.7. Suv xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish
yo‘nalishida:
a) sug‘orish suviga talabni aniqlash, suv taqsimoti va suvdan foydalanish samaradorligi
monitoringini olib borish, shuningdek, suvdan foydalanish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda
zamonaviy usul va texnologiyalar, shu jumladan, raqamli texnologiyalar hamda boshqa
innovatsion texnologiyalar joriy etilishi;
b) daryo va soylarda 12 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida
avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi, 18 ta gidrologik post qayta tiklanishi hamda
suvni tezkor nazorat qilish ta’minlanishi;
v) «Smart Water» («Aqlli suv») axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar
asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan suv xo‘jaligi ob’ektlari soni 61 tadan 2020 yilda 151
tagacha, 2024 yilda 18 576 tagacha (100 foiz) ko‘payadi;
g) 100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarida suvni boshqarish jarayonlari raqamli
texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazilishi;
d) mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarning 2020 yilda 2 000 tasi, 2025 yilda 8 500 tasi,
2030 yilda 27 270 tasi raqamli texnologiyalar orqali monitoringi yuritilishi;
e) Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarining 2020 yilda 100 tasida va
2024 yilgacha to‘liq 1 687 tasida elektr energiyasi iste’moli monitoringi «onlayn» rejimda olib
borilishi;
6.8. Sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish
yo‘nalishida:
a) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 2020 yilda 5 ta, 2025
yilgacha 25 ta va 2030 yilgacha 50 ta loyihalarni amalga oshirilishi;
b) sug‘orish uchun suv yetkazib berish xarajatlari 2025 yilga kelib kamida 15 foiz va
2030 yilga kelib 30 foizgacha suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanishi;
v) davlat suv xo‘jaligi tashkilotlari suv resurslarini boshqarishning yanada zamonaviy
va barqaror tizimga o‘tishi;
g) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy
o‘quv tizimlari joriy etish ta’minlanadi, oliy ma’lumotli suv xo‘jaligi xodimlari ulushi 42 foizdan
2025 yilda 50 foizga, 2030 yilda 65 foizga yetkaziladi, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi
mutaxassislar va boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishning barqaror milliy tizimi
yaratilishi;
d) Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari
respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga yetkazilishi;
6.9. Barcha yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarish
tamoyillarini keng joriy qilish yo‘nalishida:
a) suv sifati standartlariga milliy qonunchilikda va respublikaning ekologik
barqarorlikka erishish majburiyatlarida belgilangan darajaga erishilishi;
b) tabiiy suv manbalarini va suvga bog‘liq bo‘lgan ekotizimlarni saqlash, shu jumladan,
Orolbo‘yi hududini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rilishi;
v) yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarishga erishish orqali
eng avvalo ichishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlarining strategik zaxiralarini asrash va ulardan
barqaror foydalanishni tashkil etish tizimi yaratilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: