1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Firma nomidan foydalanish huquqiga ega homiylik



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Firma nomidan foydalanish huquqiga ega homiylik. 
Ushbu darajada 
homiylar o‘tkazilayotgan tadbirlar va bo‘layotgan voqea-hodisalarga o‘z nomini 
shunday joylashtiradiki, korxonaning brendi, logotipi, mahsulotlari nomi kelishilgan 
grafik asosida joylashtiriladi. Bunda tadbirlar boshqa shaxslar tomonidan, masalan, 
OAV, mahalliy boshqaruv organlari, halqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilishi 
mumkin. Biroq bunda asosiy nom homiyniki bo‘lib qoladi. 
Namoyish qilish huquqiga ega homiylik. 
Bu huquq homiyning 
o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida o‘z nomini yoki mahsulotlarini tadbirlar 
boshlanishidan oldin yoki boshlanishi bilan namoyish qilish huquqiga ega bo‘ladi. 
Qayta nomlash huquqiga ega homiylik. 
Bunda asosiy e’tibor turli inshoot va 
qurilmalarga qaratilib, sport arenalari, stadionlar, zallar va galereyalar to‘laligicha 
korxona brendi, yoki nomi bilan vaqtinchalik nomlanishi va bezalishi mumkin. 
Ta’minot yoki axborotlarni uzatish huquqiga ega homiylik. 
Homiylar 
utkazilayotgan tadbirlar, bayram yoki boshqa ommaviy tadbirlarni suratga olish, 
translyatsiya qilish, audio- va videoyozuvlarni ko‘paytirish huquqiga ega bo‘ladi. 
Ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar homiylar tomonidan shartnoma asosida tashkil 
qilinadi va qo‘shimcha to‘lov qilishni ham talab etadi [27, 166]. 
Sovg‘alar
Narxi qimmat bo‘lmagan tovarlarni harid qilish chog‘ida haridorlarga turli 
sovg‘alar yoki tovarning qo‘shimcha miqdori sovg‘a sifatida bepul beriladi. Bunday 
aksiyalar to‘g‘ri tanlanganda sotuv hajmini sezilarli darajada oshiradi. Sovg‘alarning 
turlari juda ko‘p va ularni iste’molchilarga taqdim etishning ham turli yo‘llari 
mavjud. Eng muhim sovg‘alarning maqsadli auditoriyaga mo‘ljallanganligidir. 
Sovg‘alar bir marotabalik haridlar uchun yoki uzluksiz chakana savdo uchun bo‘lishi 
mumkin. Sovg‘alar tovar narxining ma’lum bir ulushini tashkil etgan taqdirda 


108 
“Bepul” so‘zlari iste’molchilarni jalb etish va “tuzoqqa tushirish”ning eng samarali 
usuli bo‘lib qoladi [28, 110-111]. Sovg‘alar quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: 
1.
Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida uzviy aloqani mustahkamlash va 
unga moddiy tus berish. 
2.
Iste’molchilarning qo‘shimcha tovar miqdoriga ega bo‘lishga imkon berish (bu 
usul qimmat tovarlarga qo‘llanilmaydi). 
Sovg‘alarning turlari quyidagilar: 

 
“1+1=3”:
tovarning ikkita miqdori harid qilinganda uchinchisi bepul 
beriladi; 

 
“harid+ sovg‘a”
:
 
sovg‘alar ma’lum tovarni(masalan 15000 so‘mlik 
"
Nescafe
" harid qilinsa, firma krujkasi bepul beriladi, yoki “AgroMir” firmasining 
ikki dona soki harid qilinganda, firma nomi tushirilgan kepka, uch dona harid 
qilinganda firma nomi tushirilgan futbolka beriladi.) yoki harid summasi muayyan 
miqdor(masalan, magazindan 1500000 so‘mlik kompter harid qilinsa, dasturlar paketi 
yozilgan DVD-disk bepul beriladi)dan oshgan taqdirda beriladi; 

 
“doimiy sovg‘a”:
– mijoz har safar tovar harid qilganda sovg‘aga ega 
bo‘ladi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish