1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Ko‘rgazma va yarmarkalar. 
Ko‘rgazma va yarmarkalar butun dunyoda 
turizm biznesining PR faoliyatining yetakchi vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda. 
“ko‘rgazma” va “yarmarka” tushunchalari har doim ham bitta ma’noni anglatmaydi. 
Ko‘rgazma – kishilarning fan, texnika, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada 
erishgan yutuqlarini omma oldida namoyish qilish tushuniladi Yarmarka – tovarlarni 
zaldan sotish huquqiga ega bo‘lgan davriy ravishda o‘tkaziluvchi iqtisodiy 
ko‘rgazmadir. Savdo ko‘rgazmasi (trade show) – yarmarkaning bir ko‘rinishi bo‘lib, 
ma’lum bir vaqtda tovar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar o‘z tovar va 
xizmatlarining eksponatlarini namoyish qiladilar va bir vaqtning o‘zida sotishlari ham 
mumkin. 
Web–kommunikatsiyalar.
Zamonaviy turistlar va turmahsulot iste’molchilari 
o‘zlari qiziqayotgan mintaqaning rekreatsion resurslari, servis sifati, tur davomiyligi 
va narxi bilan bog‘liq ma’lumotlarni turistik agentlikka murojaat qilgungacha 
aniqlashni istaydi. Shu sababli turizmning rivojlanishi va turfirmalarning o‘z 
mahsulotlarini samarali siljitishlarida nafaqat bukletlar, balki internet saytlar ham 
katta rol o‘ynaydi. Shunday ekan turizm sohasida PRning muhim vositalaridan biri 
korporativ saytlardan foydalanish bo‘lib bormoqda. 
Turfirmaning rasmiy saytini ochish – juda mas’uliyatli qadam. Kun sayin jadal 
rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari ko‘plab kutilmagan yangiliklar tuhfa 
etishi mumkin va ularning hammasini ham ijobiy, deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga, bu 
hujjatlar Internet maydoniga chiqqaningizda sizning huquqiy yordamchingizga 
aylanadi. Sayt uchun axborot yozishning batafsil texnologiyasi, sarlavhalar bilan 
ishlash va sayt ishini takomillashtirishga xizmat qiladigan turli texnik jihatlar siz 
uchun foydali bo‘ladi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq va bloglardan foydalanish 
Internet-saytni ommalashtirish borasida keng tarqalgan va eng samarali chora-
tadbirlardan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi 
aholiga xizmatlar va axborot olishi uchun katta qulayliklar yaratadi. O‘z 
muammolarini, shu jumladan, maishiy muammolarni elektron aloqa kanallari, shu 
jumladan, Internet orqali hal qilayotgan kishilar soni yil sayin ortib bormoqda. 
Axborot infratuzilmasini tuzish qoidalariga muvofiq, turfirmalarning aholi va boshqa 
tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalari o‘zida barcha resurslarni jamlagan portal orqali 
amalga oshirilishi kerak. Buning o‘z afzalliklari bor, ya’ni ular: 
– taqdim etiladigan ijtimoiy ta’minot xizmatlarining hajmi to‘g‘risida aholiga 
xolis ma’lumot yetkazish imkonini beradi; 
– aholini hukumat tashabbuslari va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarida 
faol ishtirok etishga jalb qiladi; 


168 
– turfirmaning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan faoliyatining ochiqligini 
ta’minlaydi. Bundan tashqari, portal “yagona oyna” konsepsiyasini amalda tatbiq 
etish imkonini beradi. Bu konsepsiya turli masalalar (soliqlar, ro‘yxatdan o‘tish, 
subsidiyalar, litsenziyalash va hokazo)larning yechimini topishda yordam beradi;
– kundalik hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan dolzarb 
muammolarning yechimini topishda turli davlat tuzilmalarining birgalikda harakat 
qilishi uchun imkoniyat yaratadi. 
Turfirmalarning rasmiy sayt orqali ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan asosiy 
axborot xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilarni majburiy tartibda kiritish tavsiya etiladi: 
1) turfirma rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, 
tarjimai holiga taalluqli, aloqa o‘rnatish uchun kerakli ma’lumotlar. Fuqarolarni qabul 
qilish kunlari); 
2) turfirmada fuqarolarining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha quyi pog‘ona 
menejerlarining telefon raqamlari va manzillari (pochta va elektron adresi va 
hokazo), ularning ish tartibi, ma’lumot xizmati va ishonch telefonlari raqamlari; 
3) turfirma rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan ariza, blank va statistik 
hisobot shakllari; 
4) fuqarolarning ariza, shikoyat va boshqa turdagi murojaatlarini qabul qilish 
tartibi to‘g‘risidagi ma’lumot; 
5) turfirma faoliyati to‘g‘risida tahliliy ma’ruzalar va axborot harakteriga ega 
sharhlar; 
6) turfirma rahbarining rasmiy chiqishlari va bayonotlari matni; 
7) turfirmaning rasmiy statistik ma’lumotlari; 
8) boshqa tegishli saytlarga o‘tish uchun havolalar; 
9) elektron-raqamli imzo qo‘llanish doirasida, boshqa filiallar va hisobdor 
shaxslardan hisobot, xat, ariza, shikoyat va boshqa turdagi murojaatlarni qabul qilish 
imkoniyatlari. 
Veb-sayt uchun maqola yozishdan asosiy maqsad – saytning doimiy 
auditoriyasini yaratish, uni kengaytirishdir. Matn tuzishdan oldin uning taxminiy 
rejasini tuzish tavsiya etiladi. Odatda, reja sarlavha va kichik sarlavhalar ko‘rinishida 
bo‘ladi. Matnni so‘zboshi orqali mazmun jihatdan kichik bloklarga ajratish tavsiya 
etiladi. Xatboshiga alohida ob’ekt deb qaraladi. Har bitta xatboshiga bitta fikrni 
joylagan ma’qul. Xatboshining asosiy g‘oyasi bir-ikki gapda ifodalanadi, qolganlari 
ikkinchi darajali ahamiyaga ega. Ular asosiy fikrni tasdiqlash, tavsiflash va 
aniqlashtirishga xizmat qiladi. 
Veb-sayt mavzusi va mazmunini belgilashda sarlavha juda katta ahamiyatga 
ega. Aynan uning mazmuni internet-sahifaning qolgan qismidagi ma’lumot bilan 
qiyoslanadi. Sahifa sarlavhasi uning mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, qidiruv tizimi 
uchun ham shunchalik qulay bo‘ladi.
Saytdagi maqola sifatli yozilgan va tanlangan mavzuga qat’iy javob bergan 
holda, uning mazmunidan tegishli sarlavhani topish oson bo‘ladi. Maqola mazmunini 
belgilovchi bir nechta so‘zlarni topish va shu so‘zlar asosida maqolaga sarlavha 
qo‘yish kerak. Sarlavha tanlash murakkablik tug‘dirsa, materialni shunday qayta 
ishlash kerakki, bunda qiyinchilik yuzaga kelmasin. Sayt uchun maqola 


169 
tayyorlayotganda zarur mavzuni aniq aks ettiradigan kalit so‘zlar va iboralarni topish, 
matnni esa shu poydevorga qurish kerak. Sarlavha tanlayotganingizda ushbu 
tanlangan so‘zlarni ko‘chirib yozish qoladi va ish yakuniga yetadi. Ammo, shunda 
ham matndagi butun bir gapni sarlavhaga ko‘chirish tavsiya etilmaydi. 
Internet–saytlardan foydalanish turfirmalarning PR faoliyati uchun quyidagi 
afzalliklarni yaratib beradi: 
– internet biznes yuritish va reklama faoliyatining jadal suratlar bilan o‘sib 
borayotgan bozori hisoblanadi; 
– internet boshqa vositalarga taqqoslaganda tez va arzon narxlarda bozorga 
chiqish, hokimiyat organlari ishtiroki va aralashuvisiz maqsadli bozorni egallash (on 
– layn bronlash tizimlari) imkonini beradi. 
– jamoatchilik bilan keng, doimiy aloqada bo‘lish imkoniyati. Internet odamlar 
bilan kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun aloqada bo‘lish imkoniyatini 
beradi; 
– kechikmay javob olish. Internet yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha 
yechimni topishda zudlik bilan ishga kirishishga yordam beradi; 
– global auditoriya. Onlayn rejimida hech qanday geografik to‘siq yo‘q; 
– auditoriyani bilish. Internet interaktiv bo‘lgani tufayli, turfirma va 
jamoatchilik o‘rtasida doimiy ravishda o‘zaro aloqa o‘rnatiladi. Bunda qandaydir 
taxminlarga hojat qolmaydi, chunki u auditoriyaga nima kerakligini tushunishga 
yordam beradi; 
– ikkiyoqlama aloqa. An’anaviy ommaviy axborot vositalari passiv 
kuzatuvchilik rolini taklif etib, jamoatchilik ishtirokini o‘quvchi va muxlislarga 
cheklab qo‘yadi. Internet orqali esa, auditoriya veb-sayt orqali turfirma xodimlari 
bilan erkin muloqot qilishi, ya’ni faol o‘zaro aloqa o‘rnatilishi mumkin; 
– rentabellik. Internetdan foydalanish uchun haq borgan sari arzonlashib 
bormoqda, demak, Internet orqali muloqot qilishning iqtisodiy samaradorligi ortadi. 
Idora buyumlariga, materialni qog‘ozda bosib chiqarishga ehtiyoj qolmaydi. Ammo 
yutuq, avvalo, iqtisodiy emas, kommunikatsiya sohasida ro‘y beradi; 
– targeting – potensial iste’molchilarni tezda tanlash va turfirma bilan 
qiziqmaydiganlar uchun reklama va boshqa axborot vositalari namoyishini cheklash. 
PR bo‘yicha mutaxassislarning ijtimoiy tarmoqlarda ishlashi zamonaviy 
talablar darajasida bo‘lish uchun shuni chuqur tushunib olishingiz kerakki, Internet-
makoni turli axborot xizmati o‘rtasidagi raqobatda muhim maydonga aylanib 
bormoqda. Axborot texnologiyalari taraqqiyoti zamonaviy axborot bilan ishning 
yangi usul va vositalarini ishga solishni talab etmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 
Internetdan foydalanuvchilar soni 10 million nafarga yaqinligini inobatga oladigan 
bo‘lsak, bu ulkan kommunikatsiya maydonini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. 
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ishni avvalo, maqsadli auditoriya qayerda 
joylashganligini tushunib olish bilan birga, hozirda Internetdan aholining 14 dan 70 
yoshgacha bo‘lgan qatlami foydalanayotganligini inobatga olish kerak. 
Ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarga xorijda (ingliz tilidagi 
auditoriyalar) 
– www.facebook.com, www.twitter.com, www.youtube.com, 
hamdo‘stlik 
davlatlarida 
(rus 
tilidagi 
auditoriya) 
www.vk.com, 


170 
www.odnoklassniki.ru, www.my.mail.ru, O‘zbekistonda esa www.uforum.uz, 
www.muloqot.uz, www.mytube.uz tarmoqlarini keltirish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarni veb-texnologiya sifatida ta’riflash mumkin. Bu tarmoq 
foydalanuvchilarga xabar jo‘natish va almashish imkonini beradi. Birinchi o‘rinda, 
tarmoqqa kiruvchilar sonini inobatga olish kerak. Blogni yuritayotgan turfirma 
xodimi Internetda paydo bo‘lgan axborotni butunlay olib tashlab bo‘lmasligini 
anglashi, shu sababli, mas’uliyatni tushungan holda, faqat to‘g‘ri ma’lumotni 
joylashtirishi kerak.
Nashr etilgan axborot turfirma obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini 
tushunib yetish lozim. 
U yoki bu ijtimoiy tarmoq tugmasini yangiliklar tasmasi yoki blog maqolalari 
ostiga joylashtirish millionlab foydalanuvchilarga materiallarning havolasi o‘zining 
kelgusidagi auditoriyasi bilan tez almashish imkoniyatini yaratadi. 
Har gal foydalanuvchi saytdagi ushbu tugmani bosganda, uning Web-
sahifasida avtomatik tarzda saytga murojaat ko‘rsatilgan xabar chiqadi.
Sizning sahifalarga kiruvchilar saytga murojaat qilish orqali undan doim 
foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, veb-resurs yangilik paydo bo‘lgandan 
keyin qisqa vaqt ichida qo‘shimcha kiruvchilarning diqqatini tortishi mumkin bo‘ladi. 
U yoki bu resurs orasidan kiruvchilar ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tanlab 
olishi juda muhimdir. Masalan, turfirma sayti uchun salohiyatli auditoriya – asosan 
turistlar, NNT va gid-ekskursovodlar, talabalar, shuningdek, boshqa tadbirkorlik 
tuzilmalari bo‘lib, aynan ular ko‘proq foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlardan 
foydalanish lozim. 
Sayt qidiruv tizimlarida ularning ommalashishiga yuqori ta’sir ko‘rsatadigan 
resursni optimallashtirish bilan bir qatorda yuqori natijaga erishish uchun unga o‘z 
vaqtida tuzatishlar kiritib borish, barcha mahalliy OAVda tashviqot qilish zarur. 
Qanday tuzatishlar kiritish zarurligini aniq tasavvur qilish uchun mutaxassis 
har kuni saytga qancha kishi, qaysi qidiruv so‘rovlar bo‘yicha va qaysi qidiruv 
tizimlari, saytlar yoki kataloglardan kirayotganini, qanday bo‘lim va sahifalar 
ko‘proq qiziqish uyg‘otayotganini tahlil qilib borishi kerak. Bu ma’lumotni sayt 
statistikasidan olish mumkin, ushbu resurs ishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni 
to‘plash esa uni ommalashtirishning muhim majburiy bosqichiga aylanishi kerak. 
Statistik ma’lumotlar statistikani tahlil qilishga xizmat qiluvchi o‘lchagichlar, log va 
skriptlar yordamida olinadi. Statistika servisi taqdim etadigan o‘lchagich saytga 
kiruvchilar sonini mustaqil sanash imkonini beradi. Bunda saytda ma’lumot 
to‘plovchi kod o‘rnatiladi, hisoblagich statistik ma’lumotlarni sanaydi, qayta ishlaydi 
va natijani chiqarib beradi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish