1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Passive message 
sources
Xabar tarqatuvchi 
passiv manbalar 
Firma yoki uning mahsuloti to‘g‘risida xabar 
tarqatish uchun yollanmagan, ammo bu vazifani 
passiv holatda bajaruvchi kishilar yoki turli vositalar 
 
Brendning qimmatdorligini ta’minlash korxonalardan samarali rejalashtirish 
tizimining mavjud bo‘lishini talab etadi. Bugungi kunda zamonaviy axborot 
texnologilarining rivojlanishi marketingning ijtimoiy xususiyatini yanada oshiradi. 
Bu o‘z navbatida marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish, dasturini ishlab 
chiqish va ko‘rsatkichlarni prognozlashtirishni murakkablashtirishi mumkin. 
Marketing kommunikatsiyalarini samarali rejalashtirish uchun eng avvalo 
quyidagi oddiy hisoblangan tamoyillarni e’tiborga olish zarur: 

marketing jarayoniga kommunikatsiya nuqtai nazaridan yondashish ; 

o‘z mahsulotlarining mavqeini aniqlay olish; 

raqiblar hatti-harakatini muntazam kuzatish va ahamiyatsiz jihatlarni ham 
e’tibordan qoldirmaslik; 

kommunikatsiya maqsadlarini aniq belgilab olish; 


242 

kommunikatsiya jarayonida sarflanishi mumkin bo‘lgan resurslarni oqilona 
baholay olish; 

marketing kommunikatsiyalari va o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning 
balanslashgan portfelini ishlab chiqish; 

barcha bo‘lim va bo‘linmalar ish faoliyatini va mahsuldorligini muntazam 
monitoring qilib borish[28,306]. 
An’anaviy tushuncha hisoblangan marketing tadqiqotlarini marketing 
tizimining kommunikatsiya faoliyati deb qarash ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Bozorni 
tadqiq qilish marketologlar va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘ziga xos kommunikatsiya 
hamdir. 
Rejalashtirish. 
Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish qo‘yilgan 
kommunikatsiya maqsadlariga erishish uchun resurslarni taqsimlash dasturini 
tuzishdir. Ammo marketing kommunikatsiyalarini samarali rejalashtirishga har 
qanday 
menejer 
ham 
qodir 
emas. 
Shu 
bois, 
amaliyotda 
marketing 
kommunikatsiyalarini rejalashtirish sotishni rag‘batlantirish bilan ishug‘ullanuvchi 
marketologlar va media-marketing, shuningdek reklama agentliklari zimmasiga 
yuklanadi.
Kommunikatsiyalarni rejalashtirishining eng muhim mexanizmlaridan biri 
korxonaning yillik marketing byudjeti yoki yillik marketing rejasi hisoblanadi. 
Marketing byudjeti asosida mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, uni reklama qilish, 
sotishni rag‘batlantirish, sotish va taqsimot dasturlarigacha rejalashtiriladi. 
Marketing kommunikatsiyalari rejasi quyidagi uch maqsadni amalga oshirishga 
yo‘naltiriladi. 
1. Yillik marketing rejasi o‘ziga xos kommunikatsion mexanizm bo‘lib, 
marketing jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislarga kommunikatsiya tadbirlari, 
ularning maqsadi, davomiyligi va o‘tkazilish davri to‘g‘risida dasturiy amal 
vazifasini o‘taydi. 
2. Keng turdagi mahsulot assortimentiga ega bo‘lgan korxonalarda yoki bozor 
va turli dilerlik markazlarida yillik marketing rejasi tovarlarni tarqatishning eng 
asosiy yo‘riqnomasi bo‘lib hisoblanadi. Top-menejerlar har yili korxona doirasida 
mavjud koporativ resurslarni baholaydi, shu asosda marketing byudjetga tegishli 
o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi. 
3. Yillik marketing rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng u marketing 
kommunikatsiyasini boshqarish va nazorat qilishningn mexanizmiga aylanadi. Ushbu 
rejada marketing kommunikatsiyalari samaradorligini baholash mezonlari ishlab 
chiqiladi va davriy ravishda tahlil qilib boriladi. Barcha erishilgan natijalar yillik 
marketing rejasi ko‘rsatkichlariga taqqoslab turiladi. 
Korxonada 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
xilma-xilligi 
va 
iste’molchilarning turli guruhlarga taalluqli ekanligini e’tiborga olgan holda turli 
daraja va miqyosdagi marketing rejalarini ishlab chiqishimiz mumkin: 
1. Korxonaning yillik marketing rejasi;
2. Mahsulot yoki alohida bo‘limning yillik marketing rejasi; 
3. Yillik sotish rejasi; 


243 
Marketing 
kommunikatsiyalarini 
rejalashtirishning 
asosiy 
maqsadlari 
quyidagilar: 
1. Korxonada marketing kommunikatsiyalarining bugungi holati va 
rejalashtirish natijasida kelgusida kutilayotgan natijalarni prognozlash; 
2. Rejalashtirish natijasida korxonaning umumiy ahvoli qanday bo‘lishligini 
aniq tasvirlash mumkin bo‘lgan natijalarni rejalashtirish; 
3. Rejalashtirilgan kommunikatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab 
etiladigan resurslar miqdorini aniqlash; 
4. o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan kommunikatsiya tadbirlarining joyi, javobgar 
shaxslarni tayinlash va ularning huquq-burch hamda vakolatlarini aniq belgilab olish; 
5. Reja ko‘rsatkichlarini amalga oshirish, natijalarining bajarilishi va ularning 
kutilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini bartaraf etish. 
Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish, ilmiy asoslangan strategik 
qarorlarni qabul qilishni talab qiladi. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri ommaviy 
axborot vositalari ishtirokida qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilganligidir. 
Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirishda quyidagi savollar asosiy diqqat 
markazda bo‘lishi kerak: 
– kelgusida kimlar bizning mijozlarimiz bo‘lishi mumkin? 
– ularning ehtiyojlari nimalardan iborat? 
– biz bunga qanday erishamiz va faoliyatning natijasi qanday foyda keltiradi? 
– biz ular bilan qanday aloqa o‘rnatamiz? 
– biz ularni o‘z tovar va xizmatlarimiz to‘g‘risida qanday xabardor qilishimiz 
mumkin? 
– biz ularni qancha muddatgacha ushlab turishimiz mumkin? 
Bugungi kunda marketing nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki turizm va 
xizmatlar sohasida ham jadal suratlar bilan qo‘llanilmoqda. Turizm va xizmatlar 
ko‘rsatish sohasida bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish (mehmonxona, turagent, 
oshxona) va xizmat ko‘rsatishning mavjudligi, mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa 
o‘rnatilishi, xizmat ko‘rsatuvchi personalning mijozlarga to‘laqonli marketing 
kompleksini tashkil etib berganligi bois, marketing xizmati yoki marketing bo‘limlari 
tashkil etish zarurati yo‘qligi bu sohada marketing konsepsiyasining o‘ziga xosligidan 
dalolat beradi. Shu boisdan ham yuqorida ko‘rib o‘tilgan marketing-miks 
elementlarini “13P”ga yetkazish maqsadga muvofiq. Turizm, mehmonxona va 
restoran biznesida marketing kompleksi qo‘shimcha uchta element: Procces (servis), 
Personnel (xodimlar, jamoa) va Physical evidence (korxona atmosferasi – jihozlar, 
yorug‘lik, rang, tovush va hidlar majmui ) bilan boyitiladi. 
9.3-rasm 
marketing 
kommunikatsiyalarini 
rejalashtirishning 
dinamik 
jarayondan iborat ekanligini ko‘rsatib turibdi[28,308]. 



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish