1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

155 
PR tadbirlari
– ma’lum davrni qamrab oladigan va vaqt bo‘yicha bitta tadbir 
boshqasini to‘ldiradigan qilib taqsimlangan, bitta maqsad yo‘lida birlashtirilgan bir 
nechta PR-tadbirlardan iborat bo‘ladi. PR tadbirlari maqsadli auditoriyaning 
qiziqishini kuchaytirish yoki zaiflashtirish bilan ijtimoiy xulq-atvorga undaydigan 
sabablarning ta’sirini sezilarli darajada o‘zgartirish mumkin. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, auditoriyaning axborot bosimga aks ta’sir ko‘rsatish funksiyasi 
chiziqli bo‘lmaydi, qiziqish bildirish qabul qilish va to‘yinish ostonalari orqali o‘tadi. 
Biroq, axborot bosimning PR maqsadlariga erishish uchun yetarli bo‘lgan minimal 
darajasi qabul qilish ostonasi sifatida qabul qilinadi.
To‘yinish ostonasi – bu axborot bosimning uning chegaralaridan tashqarida 
bosim o‘tkazish befoyda bo‘lgan darajasidir. Bunda axborot bosim o‘tkazish aks 
ta’sir darajasini kuchaytirmaydi, buning ustiga u zararli bo‘lishi mumkin, chunki 
qiziqishning susayishi va inkor qilinishiga olib keladi. Shunday qilib, PR-
mutaxassislarining vazifasi – turistik korxonani samaradorlik zonasida qabul qilish va 
to‘yinish ostonasi oralig‘ida rejalashtirishdan iborat bo‘ladi, aks holda harakatlar 
befoyda yoki zararli bo‘lib chiqadi. Ta’kidlash joizki, axborot ta’sir o‘tkazish 
samarasi vaqtda chiziqli bo‘lmagan holda taqsimlanadi va bunda tadbirni 
rejalashtirishda dinamik jihatlarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
PR dasturi quyidagi asosiy savollarga javob bera olishi lozim:

nimaga e’tibor jalb qilinadi?

ma’lumot kimga mo‘ljallanadi?

PR tadbirining maqsadlari nimalardan iborat?

qanday natijalarga erishish rejalashtiriladi?

kutilayotgan natijalarga qanday qilib erishiladi?

PR tadbirini o‘tkazish uchun qanday resurslar zarur bo‘ladi?
PR-kampaniyani rejalashtirish ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

potensial auditoriyaning portretini aniqlash;

PR tadbirining maqsadlarini aniqlash;

PR tadbirining asosiy g‘oyasini aniqlash;

axborot xabarni tarqatish vositalari va joylashtirish shakllarini tanlash;

PR tadbirlarning vaqtda bir-biriga nisbatan optimal muddatlarini aniqlash;

PR tadbirining byudjetini tuzish va kutilayotgan harajatlarni baholash;

moliyaviy imkoniyatlar va ehtiyojlarni muvofiqlashtirish;

byudjetning optimal variantini tanlash;

PR tadbirining yoyilgan rejasini tuzish;

PR tadbirining barcha elementlarini ishlab chiqish;

maqsadlar, g‘oyalar, PR dasturi elementlarining taxmin qilinayotgan 
samaradorligini tekshirish;

zarurat bo‘lganda PR tadbirilari elementlarini aniqlashtirish va o‘zgartirish;

PR tadbirilari vaqtida ishlarni tashkil qilish;

PR tadbirining samaradorligini nazorat qilish;

PR tadbirining yakuniy xulosasini berish. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish