1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/91
Sana23.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#608330
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Bog'liq
amir tenur pdf

-80- 
Amir Temur farmoyishi bilan Samarqandda yurtimiz tarixi, etnografiyasi, 
jug‘rofiyasi kabi fanning turli sohalarini qamrab olgan kutubxona tashkil etilgan. 
Kutubxonani ko‘rish uchun taklif etilgan Amir Temurga, kutubxonani boshqaradigan 
kitobdorni tavsiya qilishni so‘raganlarida, uzoq o‘ylab turmasdan bunday kitobsevar 
insonni Buxorodan topish mumkinligini aytganliklari ham Amir Temurning Buxoro 
va Buxoroliklarni kitobsevar insonlar sifatida ulug‘laganlarining yorqin dalilidir. 
Amir Temur o‘z saroyining kutubxonasiga kitobdor sifatida Mavlono Orif Buxoriyni 
tayinlagan va unga qat’iy ishonch bildirgan.
Hazrat Sohibqiron bir kuni kechqurun kitobdor mavlono Orif Buxoriyni 
chaqirtirib qoladi. Kitobdor Sohibqiron bekorga yo‘qlatmasligini bilardi. Ona yurti 
Buxoro farzandlarining kitob o‘qishni sevishi va kitobxonlikka ishtiyoqmandligini 
yaxshi bilgan Amir Temur kutubxonadan vaqti-vaqti bilan ayrim kitoblarni so‘rab 
olar va ulardagi ma’lumotlar haqida fikr-mulohazalarini bildirib turar edi. Amir 
Temur kutubxonasining kitobdori Mavlono Orif Buxoriy: “Bironta kitob kerak bo‘lib 
qolgandirki, yo‘qlatganlar”, – deb o‘ylab va Sohibqironning ko‘proq tarix kitoblariga 
qiziqishini inobatga olib, tarix kitoblaridan olib borishga qaror qiladi va Amir Temur 
huzuriga Juzjoniyning “Tabaqoti Nosiriy” (“Nosir turkumlari”), Rashiddindning 
“Jomi’ ut-tavorix” (“Tarixlar to‘plami”), shuningdek, “Tarixi Tabariy tarjimasi” va 
“Majmu’ al-ansob” asarlarini o‘zi bilan birga olib boradi. 
Amir Temur kitobdor olib kelgan kitoblarning u yer, bu yeridan varaqlab 
ko‘rib, hammasini chetga surib qo‘yadi. Hazrat Sohibqiron so‘ngra kitobdorga qarata: 
“Men bu kitoblarni bilamen”, – deydilar. Kitobdor dast o‘rnidan turdi va ta’zim 
qilgancha xonadan chiqib, ancha vaqtdan keyin u katta bir kitobni qo‘ltiqlaganicha 
xalloslab xonaga kirib keladi va ta’zim qilib kitobni Sohibqiron oldiga qo‘yadi. 
Amir Temur kitobni boshdan varaqlab, to‘rtinchi sahifasidan uning nomini 
topadi va kitobdorga qarata: “Ha, men izlagan kitob shu, mavlono, “Tarixi 
Jahonkushoy”. Temurni qiziqtirgan bu kitobning muallifi Alouddin Otamalik 
Juvayniy edi. Hazrat Sohibqiron kitoblarni varaqlar ekan, xiyol bosh chayqab 


-81- 
qo‘yadi. Negaki, kitoblar bir oz nam tortgan edi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, 
Ko‘ksaroyda kutubxona uchun ajratilgan xonalar zaxlik qilib qolgan.
Kitobdor Amir Temurni Ko‘ksaroydagi kutubxonaning umumiy ahvoli 
qiziqtirayotganini anglab “Xonalar zaxlab qolgan, a’lo hazrat. Umuman kitob uchun 
devorlari marmar bilan qoplangan xonalar to‘g‘ri kelmas erkan, nazarimda. Archa 
daraxtidan yasalgan sanduqlar ham yetishmaydur”, – dedi. 
Hazrat Sohibqiron shu vaqtning o‘zida vaziri a’zamni chaqirtirib, kutubxona va 
kitoblar xususida unga qator topshiriqlar berdi. Amir Temur so‘ngra kitobdorga 
qarata “Siz mavlono kutubxona to‘g‘risida ne fikr bo‘lsa, tortinmay kelib ayting. 
Kitob, taqsirim bebaho xazina. Yer qimirlab qasrlar qulab tushishi, azim shaharlar bir 
zumda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, nahrlar izdan chiqib qurib qolish hollari ham 
bo‘lg‘on, xazinani qaroqchi olib ketib, davlat bir fulussiz qolishi ham mumkin. Alarni 
vaqti bilan tiklab olsa bo‘lur. Ammo kitob yo‘q bo‘lib ketsa, uni hech qachon tiklab 
bo‘lmaydur. Biz kutubxona xususida yana bafurja o‘ylab ko‘rurmiz”, – deya 
ta’kidlaydi. Naqadar oltin fikrlar aytilganidan kitobdor ham mamnun edi. Kitobdor 
o‘z faoliyatida Amir Temurning bu ko‘rsatmalariga amal qildi. 
Yana bir muhim jihati shundaki, Buxoroning muqaddas tuprog‘iga, uning 
buyuk allomalariga hurmat va ehtirom tuyg‘usini Sohibqiron farzandlariga ham 
singdirgan. Amir Temurning o‘g‘li Jahongir Mirzo Xonzodabegim nomi bilan 
mashhur bo‘lgan Suyunchbekani o‘z nikohiga olish uchun Xorazmdan Samarqandga 
olib kelayotganida Buxoroyi Sharifga tushib, Chashmai Ayubning muqaddas suvidan 
ichish, undan keyin yo‘lni davom etib, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida 
bo‘lib, olim, hadis ilmining sultoni Imom Ismoil al-Buxoriyning muborak mozorini 
tavof etish maslahatini aynan padari buzrukvoridan olgan edi [7.19,20].
Xulosa qilib aytganda, o‘z tarixida ko‘plab jangu-jadallarni ko‘rgan ko‘hna 
Buxoro Amir Temur davriga kelib uning yagona, markazlashgan saltanatida tinch va 
osoyishta hayot kechirdi. Amir Temur davrida ona yurti qadimiy Buxoro shahri 
somoniylardan so‘ng o‘zining ikkinchi yuksalish pallasiga kirdi. Bunda Amir 
Temurning ona yurtiga bo‘lgan mehri, ona yurtini nihoyatda sevishi va ulug‘lashi 


-82- 
muhim omil bo‘ldi. Amir Temurning ona yurti Buxoroda olib borgan obodonchilik, 
bunyodkorlik ishlari hozirgi yoshlar uchun namuna maktabi bo‘lib xizmat qiladi va 
ularni yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish