Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bo‘riboy Ahmedov “Amir Temurni yod etib”
2.
Marsel Brion “Menkim, sohibqiron – jahongir Temur”
-49-
3.
Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma”
4.
Temur tuzuklari.
Baxromova Gulnoz Avezmurodovna
Olot tuman Xalq ta’lim bo‘limi ijtimoiy fanlar metodisti
AMIR TEMUR – ADOLAT VA G‘URUR TIMSOLI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Amir Temurni tarix zarvaraqlarida bitilgan
barcha ishlari, xalqi va vatani yo‘lidagi jonbozligi yoritib berishga harakat qilingan.
Bugungi kunda bu shaxs timsoli o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama
namuna ekanligiga shubha yo‘q. Ta’lim sohasida har bir fikr-mulohazalari asosiy
qo‘llamna qilinib tarbiya darsliklari qo‘llanmasiga aylanishi zarur. Ushbu muammoni
kelajakda artoflicha o‘rganish kerak, u zamonaviy islohot bosqichida ilmiy va amaliy
ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, adolat, g‘urur, ta’lim, tarbiya, islohot.
Amir Temur – buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora
dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta
hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Amir Temurning
harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida
taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki
bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda
markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan
manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor
dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq
mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi
faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti
yoʻlida, shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib,
markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat
-50-
ichki kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga
uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda
xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi
ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va
tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va
gavjumlashdi.
Ta’lim sohasi mamlakatdagi asosiy e’tiborli tomon bo‘lgan. Amir Temur
shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko‘plab ilmiy muassasalar
qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika,
me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o‘qitilishiga
alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy
madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis,
fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va
mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o‘z davrining yirik allomalari dars berganlar.
Madrasa mudarrislariga ko‘p maosh to‘langan, ular farovon hayot kechirganlar.
«Temur tuzuklari»da «
Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni
e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo‘ydim. Ular bilan qimmatli
fikrlashdim
», – deb yozadi.
Ana shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash joizki, ko‘pincha tarixiy manbalar,
yozilgan risolalarda Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar juda kam. Yaqinda
H.Bobobekov va boshqalar tomonidan nashr etilgan «Qissai Temur» («Malfuzoti
Temuriy») asrining bu boradagi muhimligi shundaki, unda aynan ana shu masalalar
juda yaxshi yoritilib, Amir Temurning yoshligi, ta’lim-tarbiya olishi, pirlari bilan
uchrashishlari batafsil bayon etilgan[5, 33-103].
Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy
xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda
birinchi marta yagona jug‘rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman,
Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o‘rni va
tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
-51-
Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo
munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish
zaruriyat ekanligini ko‘rsatib berdi.
Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham
berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos
soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga
mustahkam zamin yaratdi.
Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o‘ziga
xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min
etishi uning buyuk xizmatidir.
To‘rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik
zulmidan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli
podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (1402), Bolqon yarim
orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi.
Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va
madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. O‘z umrining ko‘p qismini Amir
Temur hayotini o‘rganishga bag‘ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy:
«
Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U
Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan
tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi
», – deb yozadi.
Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan
ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo‘lishida, insonlar tarbiyasida
bu davr o‘z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning
milliy g‘ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda. Har bir davrning moddiy va
ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o‘z omillari bo‘ladi. Temuriylar davri
ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda
ro‘y bergan o‘zgarishlar, buyuk Uyg‘onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari,
ilm-fan sohasidagi katta o‘zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg‘oniy,
-52-
Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingii
asrlardagi voqealardir.
Bu ma’lumotlarni hech ikkilanmasdan ta’lim jarayoni darsliklariga va
qolaversa boshqa sohalarga ham targ‘ib qilishimiz kerak. Amir Temur shaxsini
shunchaki davlar arbobi, markazlashgan davlat asoschisi yoki sarkarda sifatida emas
balki, buyuk shaxs, har davrda tug‘ilavermaydigan nodir arbob sifatida e’tirof qilib,
har bir yuksalib kelayotgan yosh avlodning ongi shu’uriga singdirishimiz kerak. Amir
Temur shaxsiyati, uning amalga oshirgan ishlari, xususan, davlat ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy sohalaridagi qarashlari haqida darslik bu shaxs timsolini yanada yaqinroq
o‘rganishni va xalq ongiga kirib borishini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |