Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги (1403-1406
йиллар); Р. Г. Клавихо; Ўзбекистон, 2010.
2. Клавихо Р. Г. Де, Дневник путешествия в Самарқанд ко двору Тимура
(1403-1406), М., 1990.
3. Бўрибой Аҳмедoв. Клавихо ва унинг «кундалиги T., 1999.
4. Poyon Ravshanov. “Amir Temur Sulolasi” T., 2014.
Rasulova Nafisa Nasulloyevna
Vobkent tuman 5-maktab o‘qituvchisi
TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYODKORLIK
Annotatsiya:
mazkur maqolada Temur va temuriylar davrida bunyodkorlik
ishlarining ahamiyati masalasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
bunyodkorlik, obodonlashtirish, madaniy hayot, rasadxona,
madrasa.
Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug‘
qozongan, millatimiz faxri bo‘lmish ulug‘ insonlar benihoya ko‘p. Ammo ular
qatorida yulduzlararo quyoshday charaqlab turgan bir zot borki, u Vatanimiz
kechmishi, buguni va ertasida muhim o‘rin tutadi. Bu buyuk zot sohibqiron Amir
Temur bo‘lib, ko‘hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati
yo‘lida chekkan mislsiz zahmat hamda ko‘rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi.
Ma’rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan-madaniyatning gullab-
yashnashi Yevropada uyg‘onish jarayonida hayotbaxsh ta’sir etganligini anglab,
faxrlanamiz albatta. Amir Temurning butun suronli umri, uning bunyodkorlik bilan
yo‘g‘rilgan faoliyati sabab, xalqimiz, millatimiz nomi tillarda doston.
-152-
Amir Temur Samarqand, Kesh, Buxoro, Toshkent, Qarshi kabi shaharlarni
qayta tiklab, obod qildi, Movarounnahr va Xuroson, hatto, Janubiy Ozarbayjon,
Kobul kabi olis hududlarda ham obodonchilik ishlarini olib borib, sug‘orish
inshootlari qurdirgan. Shu bilan bir qatorda, ilmli kishilarni yuksak e’zozlab, davlatni
boshqaruv ishlarida olimu-fuzalolarning maslahatlariga quloq tutgan. 1403-yil
Baylakonda bo‘lib o‘tgan ulamolar yig‘ilishida olimu-ulamolardan davlatni
boshqarish, inshootlar qurilishida o‘z maslahatlari bilan ko‘maklashishlarini so‘rashi
yuqoridagi fikrimiz isbotidir.
Amir Temurning har bir zafarli voqeani muhtasham me’moriy obida barpo
etish
bilan
nishonlash
odati
bo‘lgan,
ayniqsa, poytaxti
Samarqandning
obodonchiligiga alohida ahamiyat bergan. U o‘zning butun harakatlarida, jumladan,
binokorlik sohasidagi faoliyatida ham siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan. Amir
Temurning “
Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan
imoratlarga nazar solsin
” yoki, “
Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht
qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim
”, – degan so‘zlari
fikrimiz isboti bo‘lib, bunda ul zot avvalambor, o‘z xalqiga, kelajak avlodlarga
murojaat qilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz. Amir Temur shaharu qishloqlardagi
bunyodkorlik ishlaridan tashqari Samarqand atrofida go‘zal bog‘lar qurdirib, bu
bog‘lar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan.
Tarix, tibbiyot, matematika, me’morchilik sohalaridagi yuksak salohiyat
Sohibqiron avlodlari – ayniqsa, Mirzo Ulug‘bekka o‘tgani shubhasiz. Musulmon
Sharqida shu turdagi binolarning mumtoz namunasi hisoblangan, Buxoroda barpo
etilgan Ulug‘bek madrasasi peshtoqiga “
Ilm olish har bir musulmon erkak va
ayolning burchidir
”, – so‘zlarining bitilishi barchani ilm-ma’rifatli bo‘lishga
chorlaydi.
Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan me’moriy binolar ichida Samarqand
rasadxonasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, Sharq mamlakatlarida ilmu-ma’rifatni,
jumladan, astronomiya va matematika fanlari rivoji yo‘lida uning bajargan xizmatlari
beqiyosdir.
-153-
Temuriylar davrida barpo etilgan ulug‘vor obidalarni ziyorat qilar ekanmiz,
go‘yoki, Sohibqironning dil sadosi qalblarimizda aks-sado berayotgandek bo‘ladi.
Tarixda buyuk hukmdorlar ko‘p o‘tgan lekin, millat g‘amida yongan, uning istiqboli
yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib yashagan buyuk hukmdorlar kamdan-kam uchraydi. Ana
shunday Vatan dardida yongan, ilm-fan tammaduniga hissa qo‘shgan buyuk
hukmdorlarni kelajak avlod hech qachon unutmaydi.
Faxrimiz-g‘ururimiz bo‘lgan Amir Temur va temuriylar davri – demokratik
davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lida borayotgan “Yangi O‘zbekiston” barpo
etayotgan xalqimizni bugungi kunda hamjihatlikka chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |