1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/91
Sana23.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#608330
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
amir tenur pdf

Foydalanilgan adabiyotlar:
1

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. “Buxoro tarixi”. Toshkent: 
“Kamalak”, 1991. 
2.
 
Herman Vamberi. “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”. Toshkent: 
G‘.Gulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1990
3.
 
M.Ivanin. “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur.” Toshkent: 
O‘Z.R.FA “Fan” nashriyoti, 1994.
4. Boboyev H.B. “Amir Temur va Temuriylar saltanati”. Toshkent: 
“Kamalak”, 1994. 
 


-62- 
Jalliyeva Dilnoza Xusenovna 
Olot tuman 2-IDUM o‘qituvchisi 
AMIR TEMURNING HARBIY TASHKILOTCHILIGI VA SARKARDALIK 
MAHORATI 
Annotatsiya
: Ushbu tezisda Amir Temurning harbiy tashkilotchiligi, janglarni 
olib borish taktikasi, sarkardalik mahorati, haqida, qolaversa razvedka va 
kontrrazvedka siyosati haqida qisqacha so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar
: ra’d, zarbzan, manglay, barong‘or, javang‘or, hirovul, amir ul-
umaro. 
Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi hisoblangan Amir Temur intizomli 
armiya tuzishga, jang paytida qo‘shin qismlarini odilona boshqarishga, jang taqdirini 
hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yuborishga, mavjud to‘siq va 
g‘ovlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga, qo‘shindagi jangavor ruhni yuksak darajada 
ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasiga chorvadorlar, 
hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi ham jalb 
qilingan. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil etgan otliq askarlar bilan bir 
qatorda, piyodalar ham xizmat qilgan. 
Taktika jihatda Amir Temur lashkari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. 
Razvedka (sinchilik) a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan. 
-
Josuslar
– deb yozadi Ibn Arabshoh, – 
chor atrofda bo‘layotgan hodisalar va 
ularning xabarlarini Temurga yetkazib, manzilu shaharlarni tavsiflar edilar

Razvetka xabarlarini zudlik bilan yetkazish to‘g‘risida ham qiziq ko‘rsatmalar 
berilgan. 

Amr qildimki
, – deb yozadi Amir Temur, – 
mingta tezyurar tuya mingan, 
mingta ot mingan yelib yuguruvchi kishini chopqunchi, mingta tezyurar piyodani 
chopar etib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini, qo‘shni 


-63- 
hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib xabar qilsinlar, toki 
biron kor-hol, voqea yuz bermasidan burun chora ilojini qilaylik
”. 
Tarixdan ma’lumki Amir Temurning kelini Sevinchbeka eri Mironshohning 
Sultoniyada qilayotgan beboshligi haqida shaxsan o‘zi qaynotasiga xabar yetkazgan 
va saltanat boshiga kelayotgan xavf bartaraf etilgan. 
Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib armiyaga o‘tsochar qurol-to‘p 
(ra’d)ni 
olib 
kirgan. 
Temuriylar 
davrida 
bu 
qurolning 
boshqa 
turlari(zarbzan,farangi,qozon va h.k) keng yoyildi. Tog‘li hududlarda jang 
harakatlarini olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan. Amir 
Temur jahon harbiy ish tarixida birinchilardan bo‘lib qo‘shinni jang maydonida 5 ta 
bo‘lakdan farqli ravishda 7 ta qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu 
haqda mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy yozib qoldirgan. Bu yangilik 
keyinchalik To‘xtamishxon, Shayboniyxon singari turkiy sarkardalar tomonidan 
o‘zlashtirilgan va takomillashtirilgan. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, 
Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat maxsus bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar 
bilan bir safda turgan, janglarda qahramonlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan. 
Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi 
takomillashib borgan, o‘z vaqtining ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, 
qismlar biri biridan kiyim-bosh, bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday 
farqlanish qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan. 
Sohibqironning harbiy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlaridan yana bir 
jang paytida qo‘shin qanotlarini dushman hujumidan himoya qilish va o‘z navbatida, 
g‘anim kuchlarini o‘ng tomonidan aylanib o‘tib, unga orqadan zarba berish 
maqsadida tuzilgan otliq qism – qanbulning joriy etilishi bo‘lgan. Bunday yangi 
harbiy qism Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV kabi 
atoqli sarkardalar qo‘shinida bo‘lmagan. Shayboniyxon qo‘shinida bunday qism 
mavjud edi va u “to‘lg‘ama” atamasi bilan nomlangan. 
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik 
qo‘shini jangga quyidagi tartibda kirgan. Dastlabki to‘qnashuvni ayg‘oqchilik bilan 


-64- 
mashg‘ul qorovul qism boshlab bergan. Shundan so‘ng o‘ng va chap qanot ilg‘or 
qismlari – barang‘ur hirovuli va javang‘or hirovuli madadida asosan ilg‘or qism –
manglay jangga kirgan. Manglay ortidan barong‘or hamda javang‘orning qolgan ikki 
bo‘lagi – chopovul va shiqovul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar 
dushmanni mag‘lub etishga kifoya qilmasa, oliy qo‘mondon (amir ul-umaro) 
boshchiligidagi markaz (qo‘l) hal qiluvchi hujumga tashlangan. 
Sohibqiron lashkar qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi 
quyidagicha bo‘lgan: qo‘shin markazi 40 bo‘lakka taqsimlangan va Oliy 
qo‘mondonga itoat qilgan. Ushbu bo‘laklarning sara jangchilaridan tashkil topgan 12 
bo‘lagi safning qatorida, qolgan 28 bo‘lagi ikkinchi va uchinchi qatorlarda 
joylashgan. 40 bo‘lakning o‘ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so‘l tarafi oldida 
qarindoshlar va ittifoqchilar qismlari saf tortgan. Ikkinchi qatorning barang‘orida 6 
bo‘lak o‘z ilg‘ori – hirovul bilan o‘rin egallagan. Ayni shu miqdordagi bo‘lak va 
hirovulga javongor ham ega bo‘lgan. Ikkinchi qator barang‘ori va javong‘ori oldida 
yuqoridagi tartibda birinchi qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg‘or – 
manglay (yoki kata hirovul) harakatda bo‘lgan. Yengil suvoriylardan iborat ikki 
bo‘lak armiyani qo‘qqisdan bo‘ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari 
harakatini kuzatish bilan band bo‘lgan. 
Temuriylarga ko‘plab zafarlar keltirilgan bu harbiy tartibga keyingi davrlarda 
mintaqani boshqargan shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar va 
minglar sulolasi davrida ancha o‘zgartirish kiritilgan. 
Shunday qilib Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish bilan bir qatorda 
razvedka va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati 
bilan dunyoni lol qoldirdi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish