1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 2,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/111
Sana16.04.2022
Hajmi2,45 Mb.
#556592
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
Bog'liq
Kadrlar xizmatida ish yuritish -2018

 
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Shtatlar jadvali qanday ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi? 
2.
Lavozim yo‘riqnomalarini tuzish tartibi qanday? 
3.
Shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar qanday ma‘lumotlardan iborat bo‘ladi? 
4.
Tavsifnoma va tarjimai holni yozishda nimalarga e‘tibor berish zarur? 
5.
Shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi qanday ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi? 
6.
Arizani yozish tartibi qanday? 
 
 
 
 
 
 


81 
5-bob. XODIMLARNI ISHGA QABUL QILISH VA MEHNAT 
SHARTNOMALARINI TUZISH TARTIBLARI
 
5.1.Xodimlarni ishga qabul qilish tartibi 
 
Ishga qabul qilish va ish beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojat qilish yoki 
mehnat bo‘yicha organlarning bepul vositachilgi orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlarni yollash – bu birinchi navbatda mos keladigan jalb qilish 
manbalarini izlashdir. Biroq, nomzodlarni jalb qilishda qiyinchiliklarning kutilishi 
yoki uchrashi o‘ziga tortadigan ba‘zan o‘zidan qochiradigan omillarning 
mavjudligidan dalolat berib, ish beruvchi sifatidagi tashkilotning kuchli yoki 
kuchsiz tomonlarini o‘rganish zarurligini bildiradi
12

Ishga kirish huquqidan 16 yoshga to‘lgan shaxslar foydalanadilar. 15 yoshga 
to‘lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning 
roziligi bilan ishga qabul qilinishlari mumkin. Umumiy ta‘lim maktablarining, 
qasb-hunar kollejlari o‘quvchilari 14 yoshga etganlarida ota-onasidan birining 
yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi yozma roziligi bilan ularning 
sog‘lig‘iga va o‘sib rivojlanishiga zarar etkazmaydigan ishga, o‘qishdan bo‘sh 
vaqtda ishlash uchun qabul qilinishlari mumkin.
Ishga kiruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi yozma murojaati – arizasi 
maxsus hisob daftarida ro‘yhatga olinishi, raqamlanishi, tikilishi va korxonaning 
muhri bilan tasdiqlanishi kerak, u kadrlar bo‘limida, devonxonada, rahbarning 
qabulxonasida, ish beruvchi tomonidan belgilangan boshqa joyda saqlanadi. 
Yoshlarni mehnatga layyorlash maqsadida umumta‘lim maktablari, hunar-
texnika bilim yurtlarining o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan so‘ng ota-
onasining roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Ishga jalb qilish, 
albatta, bolaning sog‘lig‘i va o‘qishiga zarar etkazmasligi kerak. O‘n sakkiz 
yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i, xavfsizligi va axloq-
12
Robert L. Mathis. (University of Nebraska at Omaha), John H. Jackson. (University of Wyoming) 
Human 
resource management. 2010
, р. 178 


82 
odobiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlar va boshqa 
yumushlarda foydalanish umuman ta‘qiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 37-moddasiga binoan, har bir 
fuqaro mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va 
qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Shuning 
uchun mehnatga qobiliyatli bo‘lgan har bir shaxs hech qanday to‘siqsiz ishga qabul 
qilinishi kerak. Xodimning asossiz ishdan bo‘shatilishi uning arizasiga muvofiq, 
o‘z vazifasiga qayta ishga tiklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Mehnat kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish huquqiga ega 
bo‘lgan mansabdor shaxsning ijozati bilan xodimga ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, 
ishga 
qabul 
qilish 
tegishli 
ravishda 
rasmiylashtirilgan 
yoki 
rasmiylashtirilmaganligidan (shartnoma tuzilganmi yoki yo‘qmi, buyruq 
chiqarilganmi yoki yo‘qmi, kerakli hujjatlar talab qilib olinganmi yoki yo‘qmi va 
h.k.) qat‘i nazar, ish boshlangan kundan e‘tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb 
hisoblanadi. 
Qonunning aynan shu talabiga asoslanib, endi shartnoma tuzmasa ham 
bo‘laveradi, degan xulosaga kelish noto‘g‘ridir. Chunki xodimga ish haqi 
to‘lanishi zarur. Buxgalteriyaga esa ish haqini hisoblab chiqarish uchun asos 
sifatida hujjatlar kerak bo‘ladi. 
Bu xodimning ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruq. Buyruqni chiqarish 
uchun esa yuqorida aytilgan moddaning birinchi qismiga binoan, mehnat 
shartnomasi tuzilgan bo‘lishi lozim. Demak, mehnat shartnomasi bo‘lmasa, ish 
beruvchi xodimni ishga qabul qilish haqida buyruq chiqara olmaydi. Buyruq 
bo‘lmasa, buxgalteriya ish haqini hisoblab chiqarolmaydi. Buxgalteriya ish haqini 
hisoblab chiqarmasa, xodimga ish haqi to‘lanmasligi aniq. Xulosa qilib aytadigan 
boisak, mehnat shartnomasi tuzilmasdan xodim haqiqatda ishga qo‘yilgan taqdirda 
ham keyinchalik shartnoma tuzilishi kerak. Bundan xodimning bosh tortishi esa 
Mehnat kodeksining 106-moddasi 4-bandiga asosan, ya‘ni ishga qabul qilish 
yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi tufayli u bilan mehnat munosabatlarini 
to‘xtatishga asos bo‘ladi. 


83 
Mehnatga oid qonunlarda vaqtinchalik va mavsumiy ishlarni bajarish borasida 
ham mehnat shartnomalari tuzilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ish joyi 
saqlanadigan vaqtincha ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rniga ishga qabul 
qilinadiganlar uchun esa 4 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan xodim 
vaqtinchalik deb hisoblanadi. Tabiiy yoki iqlim sharoitlariga ko‘ra yilning 
muayyan davri mobaynida, ammo 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida 
bajariladigan ishlar mavsumiy ishlar hisoblanadi, bunday holda ana shuishlar 
mavsumiy ishlar ro‘yhatiga kiritilgan bo‘lishi shart. 
Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishga 16 yoshdan 
yo‘l qo‘yiladi. 15 yoshga to‘lgan fuqarolar ota-onasidan biri yoki ularning o‘rnini 
bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Bunday 
ishlar ularning sog‘lig‘i va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta‘lim olish 
jarayonini buzmaydigan bo‘lishi lozim. 
Ish beruvchilar ishga qabul qilayotganda, ishga kirayotgan shaxslardan: 
pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni, 16 yoshgacha boigan shaxslardan 
esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
mehnat daftarchasini, ishga birinchi marta kirayotgan shaxslardan esa, uning 
so‘nggi mashg‘uloti haqida yashab turgan joydan o‘zini o‘zi boshqaruvchi 
mahalliy organlar tomonidan berilgan ma‘lumotnomani, qurolli kuchlar safidan 
ozod bo‘lganlardan harbiy biletni, maxsus bilimga ega bo‘lishni talab qiluvchi 
ishga qabul qilinayotgan shaxslardan ma‘lumoti yoki kasbiy tayyorgarligi haqidagi 
hujjatlar (diplom, attestat, guvohnoma)ni ko‘rsatishni (ularning bir nusxasi 
ma‘muriyat tomonidan tasdiqlanib, shaxsiy ishda saqlanishi kerak) talab qilishi 
lozim. 
Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, ishga qabul qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi, shu bilan bir qatorda, ta‘kidlash kerakki, ishga qabul qilishda 
qonunlarda ko‘zda tutilmagan boshqa hujjatlarni ko‘rsatishni talab qilish 
taqiqlanadi. 
Qonunda, jumladan umumiy ta‘lim maktabigacha bolalar muassasalariga 
ishga kirayotgan shaxslardan bolalar muassasalarida ishlash uchun sog‘lig‘i 


84 
muvofiq kelishi haqida tibbiy xulosa, o‘quv yurtlarini tamomlaganlardan esa, 
mazkur ishga yo‘llanmasi bor-yo‘qligini talab qilishi lozimligi ko‘zda tutilgan. 
18 yoshga to‘lmagan o‘smirlar uchun og‘ir, mehnat sharoiti zararli ishlarda, 
shuningdek transport vositalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarda band 
bo‘lgan ishchi va xizmatchilar uchun oziq-ovqat sanoati, umumiy ovqatlanish va 
savdo korxonalarining, davolash-profilaktika muassasalarining xodimlari uchun 
ham shunday tibbiy guvohnoma ko‘rsatilishi talab qilinadi. 
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 
Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. 
Buyruq xodimga ma‘lum qilinib, undan tilxat olinadi. Qonun hujjatlariga muvofiq, 
tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. 
Xodimga topshirilgan ish uchun uning kasbiy yaroqliligini tekshirish 
maqsadida sinov muddati belgilanishi mumkin. 
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadlarda dastlabki sinov sharti bilan 
tuzilishi mumkin: 
- xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish; 
- xodimning mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishining 
maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi. 
Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy 
ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishga qabul qilishni rad etgan ish beruvchi 
rad etish sabablarini asoslab, 3 kun muddat ichida yozma javob berishi shart. 
Qarindosh-urug‘larning davlat korxonalarida birga xizmat qilishlarini cheklash 
bundan mustasno. 
Mehnat shartnomasi va ishga qabul qilishni rasmiylashtirish haqidagi buyruq 
bilan xodim imzo chektirilgan holda tanishtirilishi shart. 
Ammo undan oldin tanishtirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar ham mavjud. Ular 
quyidagilar: topshiriladigan ish (lavozim) yo‘riqnomasi, jamoa shartnomasi, ichki 
mehnat tartib-qoidalari, korxonada mavjud bo‘lgan turli nizomlar (masalan, 
mukofotlash 
haqidagi 
nizom)dir. 
Shuningdek, 
ishga 
qabul 
qilish 
rasmiylashtirilgandan so‘ng, xodimning mehnat daftarchasidagi yozuvni aks 


85 
ettiradigan, kadrlar bo‘limida yuritiluvchi, T-2 shakldagi kartochkadagi yozuvlar 
bilan ham xodim imzo chektirilgan holda tanishtiriladi. Bu hujjatlar bilan o‘z 
vaqtida tanishtirilmaslikning yuridik oqibatlari ish beruvchi uchun ham, xodim 
uchun ham ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma‘lumki, ish 
vaqtining boshlanishi, tugashi, tushlik vaqti va shu kabilar korxonaning ichki 
mehnat tartib-qoidalarida belgilab qo‘yiladi. Xodim korxonaning ichki mehnat 
tartib-qoidalari bilan tanishtirilishi lozim. Agar ichki tartib-qoidalar bilan 
tanishtirilmagan xodim ishga kech kelishi yoki barvaqt ketib qolishi kabi 
intizomsizliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, sudga da‘vo qilish har doim ham ish 
beruvchining foydasiga hal bo‘lavermaydi. 
Xodimni ishga qabul qilishda ish beruvchining majburiyatlari to‘g‘risida 
shuni aytish kerakki, xodimni ishga qabul qilishda va belgilangan tartibda boshqa 
ishga ko‘chirishda ish beruvchi xodimni topshirilgan ish, mehnat shartnomalari va 
to‘lanadigan mehnat haqi bilan tanishtirishi, lavozim Yo‘riqnomalariga muvofiq, 
uning huquqlari va vazifalarini tushuntirishi; mehnat tartibi qoidalari bilan 
tanishtirishi; mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish 
sanitariyasi va gigienasi, yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq 
berishi va belgilangan namunadagi maxsus daftarga qayd etishi shart. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Mehnat 
kodeksining 
80-81-moddalariga 
asosan shaxsni ishga qabul qilishda talab qilinadigan asosiy hujjatlardan biri 
mehnat daftarchasidir. Mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs mehnat daftarchasini, 
birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxs esa, turar joyidan ma‘lumotnoma taqdim 
qilmasa, ish beruvchi u shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzmaydi. 
Mehnat daftarchasi xodimning umumiy va maxsus mehnat stajini tasdiqlovchi 
asosiy hujjat hisoblanadi. Mehnat stajiga ega bo‘lmagan xodimlarga muassasada 
besh kundan ortiq ishlaganlaridan keyin o‘z vaqtida ularga mehnat daftarchasini 
yuritish lozim. Har bir muassasada, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat‘i 
nazar, mehnat daftarchalarining toza blankalari bo‘lishi shart. Besh kundan ortiq 
ishlagan, shu jumladan muayyan muddatga ishga qabul qilinganlar, shuningdek 
davlat ijtimoiy sug‘urta qilinishi nazarda tutilgan, shtatlar jadvalidan tashqari 


86 
xodimlarga ham mehnat daftarchasi yuritilishi kerak. Ayrim fuqarolar ixtiyorida 
mehnat 
shartnomasi 
asosida 
ishlayotgan 
jismoniy 
shaxslarga 
mehnat 
daftarchalarini yuritmaslik, Mehnat kodeksining 1- va 5-moddalariga muvofiq, 
noqonuniy hisoblanadi. 
Ish beruvchilarning mehnat daftarchalarining toza blankalarini topish va 
ularni sotib olish muammo ekanligini bahona qilib ko‘rsatishlari hamda ishga 
kirayotganlardan qaerdan bo‘lsa ham mehnat daftarchasining toza blankasini topib 
kelishi zarurligini talab qilishlari qonunga ziddir. Chunki O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
«O‘zbekiston 
Respublikasida 
yangi 
mehnat 
daftarchalarini joriy qilish to‘g‘risida»gi 1995-yil 6-iyul 258-sonli qaroriga ko‘ra, 
barcha muassasalarni, ularning mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat‘i 
nazar, mehnat daftarchalarining toza blankalari bilan ta‘minlash vazifasi mahalliy 
mehnat organlari zimmasiga yuklatilgan. 
Har bir ish beruvchi, xodimlarning mehnat daftarchalarini yuritish bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislar shuni yodda tutishlari zarurki, Mehnat kodeksini 
o‘qigan, bilgan bilan ular mehnat daftarchalarini yuritish to‘g‘risidagi ma‘lumotga 
to‘liq egalar, degani emas. Bu haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lish uchun 1998-
yil 7- yanvarda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 1998-yil 29 yanvarda 402-sonli ro‘yhatdan o‘tkazilgan «Mehnat 
daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma» bilan ham atroflicha 
tanishgan bo‘lishlari zarur. Unga asosan xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda 
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga
hamda shaxsiy yordamchi xo‘ialiklarda ishlovchilarga mehnat daftarchalarini 
berish, mehnat stajini belgilash tuman (shahar) ijtimoiy ta‘minot bo‘limlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Mehnat 
daftarchalari 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa qoraqalpoq tilida ish beruvchi (mutaxassis) 
tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi. 
Quyidagi hollarda ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:


Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish