2.O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik vazifalari
3.Manba va mavzular
Islom Abdug’aniyevich Karimov
1991-yil 26-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga binoan OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) — Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan.Davlat xavfsizligi qoʻmitasi(DXQ)ning MXXga aylantirilishi borasidagi Vazirlar Mahkamasi qarori sal keyinroq — 2 noyabrda qabul qilingan. Qarorda Davlat xavfsizligi qoʻmitasining tugatilgan alohida boʻlinmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilishi qayd etilgan.
2018-yil 14-martda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MXX organlarini isloh qilish haqida farmon chiqargan. Unga koʻra, 2018-yil 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tashkilot nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.5-aprel sanasi xizmat xodimlarining kasb bayrami etib belgilangan edi. 2021-yil 24-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan, DXX kasb bayrami 26-sentyabrga ko'chirildi.

Vazifalar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi.
Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qiladi.