Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish: Bolalar cholg’ulari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, karnay, surnay, nog’ora bilan tanishtirish. Metallofon, uchburchak, bolg’achada chalish usullarini o’rgatish. Ularni tovushidan farqlay olish. Qo’shiq, raqs va o’yinlarda cholg’ularni jo’r qilish.
O’yin: Musiqiy faoliyatlarda olingan bilimlarni o’yinlarda namoyon bo’lishiga erishish. Doira jo’rligida «Chumchuqlar va mushuk», «Ayiqchalar raqsi», xalq o’yinlaridan «Chori-chambar», «Chapak chalish», «Qaldirg’och» kabilarni o’ynash. Bolalarga tushunarli, qiziqarli bo’lgan voqyeaband o’yinlarni tashkil qilish. O’yinda musiqaga mos harakatlanish, nutq, tasavvur va tafakkurni rivojlantirish, bolalar cholg’ulari, o’yinchoq va qo’g’irchoqlardan foydalanish.
Bolalarning mashg’ulotlardan olgan bilimlarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida «Kuyini top», «Do’stingni ovozidan tanib ol», «Xaltachada nima bor», «Qaysi cholg’u yashiringan», «Qush va qushchalar», «O’rmonda» kabi musiqaviy-didaktik o’yinlarni mashg’ulot vaqtida va mustaqil faoliyatlari davomida gurux xonalaridagi musiqa burchaklarida tashkil etish.
4 yoshli bolaning egallash lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalar
-Turli hil mazmun va kayfiyatdagi musiqani tinglash, eslab qolish;
-Tinglangan kuylarni tanib olish va ularning bastakori nomini bilish.
-Kuy, qo’shiq va raqs haqida tushunchaga ega bo’lish.
-Karnay, surnay, nay, nog’ora, doira kabi xalq cholg’u asboblarini tanish va ovozidan farqlash.
-Qo’ng’iroqcha, shiqildoqlar, doiracha, buben, metallofon, sunaycha, bolg’acha, uchburchak kabi bolalar cholg’ularida chalish usullarini bilish;
-Birgalikda kuylay olish;
-Qo’shiq kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajara olish.
-Harakatli o’yinlarda faol ishtirok etish.
-Turli predmetlar bilan harakatlar bajarishni uddalash
2. Musiqa mashg’ulotlar haftasiga necha marta o’tkaziladi? T. Ib: (Mashg’ulotlar davomiyligi ) Mashg’ulot boshida kichik musiqiy – ritmik mashqlar, ular birorta raqs elementlari ham bo’lishi mumkin. Bunday harakatlar bola diqqatini jamlaydi.
Ritmik mashqlardan so’ng bolalar o’tiradilar va musiqa tinglaydilar. Keyin esa qo’shiq kuylashga o’tadilar. Bolalar bir mashq davomida 2 – 3 ta qo’shiq kuylashadi. Masalan, marsh, raqs, qo’shiq jarayonida musiqa savodidan xabardor bo’ladilar. Bunday mashg’ulotlar mavzuli mashg’ulotlar deyiladi.
Yana biri bu kompleks mashg’ulotlardir. Bunda bolalar bilan faqat musiqa emas, balki, adabiyot va tasviriy san’at bilan shug’ullanadilar. Bunday mashg’ulotlar asosida uchta san’atni birlashtiruvchi badiiy obraz yotadi. Masalan, «Qish zavqi»,«Kuz keldi», «Bahor».
Musiqa mashg’ulotlari – har bir bolaning musiqiy qobiliyatini maqsadga muvofiq va har tomonlama ta’lim – tarbiya beruvchi mashg’ulotlardir. Ularda har xil faoliyat turlari: kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash, musiqa savodi bilan tanishtirish kabi faoliyatlarni uzviy bog’lab olib boradilar. Musiqa faoliyatini bajarish bolalarni faolroq bo’lishlariga asos bo’ladi. Tashkil etiladigan bayramlar ham qiziq va muvaffaqiyatliroq o’tadi.
Musiqa mashg’ulotlari butun guruh bilan bir vaqtda o’tkaziladi. Uning mazmuni va tuzilishi bolalar yoshi va beriladigan vazifalarga bog’liq.
Kichik guruhida 15 – 20 daqiqa olib boriladi.
O’rta guruhida 20 – 25 daqiqa olib boriladi.
Katta guruhda 25 – 30 daqiqa olib boriladi.
Tayyorlov guruhida 30 – 35 daqiqa olib boriladi.
Musiqa mashg’ulotlar haftasiga ikki marta o’tkaziladi. Unda guruhning barcha bolalari ishtirok etadi. Musiqa mashg’ulotlari – musiqa tinglash, qo’shiq o’rgatish, musiqiy – ritmik harakatlar bajarish, raqsga tushish, musiqiy – didaktik o’yinlar, bolalar cholg’u asboblarida chalishga o’rgatish va musiqaga oid ma’lumotlarni qamrab oladi. Har bir mashg’ulotdan mashg’ulotga sayin bolalarga musiqaviy ta’lim-tarbiya berishning qaysidir vazifasi hal etib boriladi. Musiqa rahbari ushbu ishda rahbarlik qiladi, to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat va tavsiyalarini berib boradi.
Bolalarni bilim va malakalariga qo’yiladigan talablar har bir guruh uchun faoliyat turiga qarab tuziladi.
Bunday mashg’ulotlarning qiyinligi shundaki, bolalarning diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chirish kerak bo’ladi. Shu ketma – ketlikni reja asosida amalga oshirish murakkabdir. Chunki bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olsak, ular bugun o’rgangan asarlarini keyingi safar unutishlari mumkin.
Zamonaviy pedagogika ta’lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo’lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat
148. Bolalar repertuarini tanlashda qo’yiladigan zamonaviy talablar T/I:(repertuar, musiqani idrok etish ) Bolalar repertuarini tanlashda qo’yiladigan zamonaviy talablar
Mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda O’zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an’analar, xalq ijodi, musiqa merosini bolalarni idrok etish qobilyati darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi.
Ertalabki badan tarbiya, turli shakldagi mashg’ulotlar, mehnat, sayr, nafosat soatlari, o’yin kulgi, bayramlarga oid asarlarni aniq rejalashtirib, o’z o’rnida va me’yorida qo’llash «Milliy tafakkur» muammosining yechimiga erishishda muhim omil bo’ladi.
Avalam bor musiqa repertuarlari bolajonlarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatini e’ozlaщ, do’stlik, hamjihatlik, rahm – shafqat kabi xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga qaratilgan. Bunda Respublika miqyosidagi ijodkor tarbiyachilarning ilg’or tajribalari natijasi, yangicha ishlash metodikasiga asoslangan musiqiy repertuarlari bolalarning yoshiga mos bo’lgan (bilim va malakalar darajasi, musiqaga munosabati, qiziqishi, qobilyati, sog’lig’i, kayfiyati, bogchadagi muhit va boshqalar)holatlarni musiqiy faoliyat turlarini hisobga olgan holda besh qismga bo’linadi. o’quv materiallari choraklarga taqsimlangan bo’lib, bolalarning mehr faoliyat turlariga muofiq tanlanishi dastlabki bilim va ko’nikmalarni egallashda, ta’lim maqsadlarni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotning tuzilishi o’quv materialllarining mazmunidan kelib chiqish lozim. Bunda asarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning badiiy Qoyaviy saviyasi, bolalar yoshiga mosligi, asar mavzusining xilma – xilligi hisobga olinadi.
Ma’lumki, musiqiy faoliyat musiqa tinglash, qo’shiq aytish, musiqiy ritmik harakat, bolalar cholg’u asboblarida chalishni o’rganish kabi turlarga bo’linadi. Har bir faoliyat turi bolaning musiqiy didini rivojlantirishga yordam berib, ma’lum malakani shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasi musiqa rahbari tomonidan olib boriladi. Uning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yoshligidan boshlab ularning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o’stirib borish, bolalarga musiqani o’rgatish jarayonida unlarga tabiat, jamiyat, mahalla, ota-ona, ta’lim muassasasi va umuman olganda hayotda o’z o’rnini topishida ilk musiqiy tushunchalarni berishdan iboratdi. Musiqa tarbiyachisi musiqa mashg’ulotlari asosida bolalarga ta’lim va tarbiya berish borasida oldiga qo’yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun eng avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o’stirib borish uchun harakat qilishi lozim.
Mutaxassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining musiqiy uquv va qobiliyatlarini quyidagi faoliyat turlarida ajratgan holda tasnif etadilar. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning musiqiy tovushlarni baland-pastligini his etish qobiliyati;
- musiqiy tovushlar rangini bir-biridan farqlanishini bilish;
- bolalarni musiqaga mos harakat bajarishlarini xis etishlariga o’rgatish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash;
- musiqa tinglash qobiliyatini o’stirish;
- jamoa bo’lib kuylash;
- aytim so’zlarini ma’no va mazmunini o’rganish uchun ularni mushohada qilish qobiliyatini o’stirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishning yana bir o’ziga xos shakli sifatida mashg’ulotlarda musiqiy faoliyaning barcha shakllarini musiqa rahari tomonidan ishlatish talab etiladi. Garcha, tarbiyalanuvchida musiqa mashg’ulotiga nisbatan qiziqish ortsin. Shuningdek, musiqa rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar musiqa mashg’uloti jarayonida rivojlanib borsin.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Birinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish borasida o’quv dasturda repertuar tanlashda ularning yoshiga xos jihatlarini e’tiboga olish;
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida ularda musiqiy ohangga bo’lgan his-tuyg’ularni hosil qilish yo’li bilan Ona-Vatan, xalq, millatga nisbatan mehr-muhabbatni tarbiyalash, shu orqali ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;
Uchinchidan, bolalarni musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;
To’rtinchidan, bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo’shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o’rgatish hamda unga odatlantirish;
Beshinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlardan zavq olishlari, shu asosda ularning musiqiy did va badiiy fikr yuritishlarini rivojlantirish;
Oltinchidan, musiqa mashg’ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o’yin va raqs ifoda etishga o’rgatish;
Yettinchidan, musiqa mashg’ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg’u sozlar jo’rligida milliy ohang-kuy va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o’rgatish;
Sakkizinchidan, musiqa mashg’ulotlari mazmunini maktabgacha ta’lim muassasasi, Vatan, shahar, mahalla, tabiat, jamiyat hayoti bilan bog’lash, ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan tadbirlarda o’rganilgan kuy va qo’shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
147.Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi T/I:( logoritmika, intonasiya Ma’lumki, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg’ulotlari katta o’rin tutadi. Bunday gurux bolalari bilan musiqa rahbari logoped musiqa rahbari bilan hamkorlikda ishlasa o’z maqsadiga yetadi.
Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa raxbarlari ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda:
Ø to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish;
Ø ovozni rivojlantirish ustida ishlash;
Ø temp va ritm ustida ishlash;
Ø eshitish va xotirani rivojlantirish;
Ø umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;
Ø so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish;
Ø intonasiya va shu registrlar ustida ishlash;
Ø o’yinlar.
Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalar mashg’ulot jarayonida o’z samarasini beradi. Bolalarning musiqa tafakkurini rivojlantiradi. Idroki va hissiyotini tarbiyalaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar yorqin va quvnoq ranglarni xush ko’radilar, ularda bu orqali quvnoqlik hissiyotlari rivojlanib boradi
146. Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi T/I:( o’rgatiladigan repertuar, faoliyat turlari, ketma – ketligini ) Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi va maktabgacha ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat talablari. Maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar. Musiqa mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi fanidan ta’lim mazmunining minimal hajmi. Tarbiyalanuvchilarning musiqa mashg’ulotlarida egallashi lozim bo’lgan kompetensiyalari. Musiqa mashg’ulotlari ta’limi dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. Mashg’ulotlar tahlili. «Bolajon» maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan dastur – davlat hujjati bo’lib, musiqa rahbarini ta’limiy tarbiyaviy ishi, bolalarni barkamol tarbiyalab maktab ta’limiga tayyorlashini nazarda tutadi. Musiqa mashg’ulotlarini rejalashtirar ekan, pedagog bolalarning aqliy, jismoniy, emosional yuklamalarini hisobga olishi kerak va shunga ko’ra o’rgatiladigan repertuar va faoliyat turlarini ketma – ketligini to’g’ri tuzishi kerak.
Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg’ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:
Ø mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar;
Ø qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish;
Ø bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish;
Ø texnika vositalaridan foydalana olish;
Ø musiqiy ta’limiy va didaktik o’yinlar yordamida bolalar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish;
Ø musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar va o’yinchoqlar yordamida tashkillashtirish.
Mashg’ulotni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
Ø Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;
Ø Ovoz diapozonini kengaytirish mashqlarida musiqali zinacha ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalanish;
Ø Qo’shiq kuylaganda rasmlarga qarab qo’shiq nomini topish;
Ø Laparlar va raqslarni ijro etganda atributlar(gullar, lentalar, v.b.) foydalanish;
Ø Bolalarni ijodiy kobiliyatini rivojlantirishda musiqali xarakatli va obrazli o’yinlarni o’rgatilganda shu o’yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o’rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni mustaqil xarakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o’rin egallaydi.
168. So’zlab berish metodining turlariT/I:( tushuntirish, izohlash)
Do'stlaringiz bilan baham: |