Har doim bo’lsin quyosh, Vatan nurlarga to’lsin .
Istagimiz yagona, tinchlik barqaror bo’lsin .
Qo’shiq «Aziz bo’ston»
Dilorom Omonullaeva musiqasi. Mirpo’lat Mirzo she’ri
Boshlovchi: Porloq diyorimizning ertangi kun soxiblari. Mana bayramimiz ham o’z nixoyasiga
yetay deb qoldi. Bolalar, biz yaxshi va tinch yashashimiz uchun, osmonimiz musaffo, yerimiz
go’zal, gullar va o’simliklarga, meva-yu sabzavotlarga boy bo’lishi, ariq va daryolarimizda
suvlar oqib turishi uchun doim ona tabiatimizni asrashimiz, unga to’g’ri munosabatda
bo’lishimiz lozim. Men sizlarni O’zbekistonning mustaqillik bayrami bilan yana bir bor
tabriklayman.
100. Kichik guruh (3 yoshli) bolalari bilan musiqa mashg’ulotlarini o’tqazishga doir metodik tavsiyalar? T/ib: bolalar ijodiy qobilyatlari asosida
Turli yosh guruhlarida tashkil qilinadigan integrallashgan mashg’ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari bolalarning psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to’la mos bo’lishi inobatga olinishi o’ta muhim.Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan o’tkazadigan integrallashgan mashg’ulotlarimda quyidagi faoliyat turlaridan kompleks tarzda qo’llashda:
· nutq o’stirish - ertak, she’r, qo’shiq
· jismoniy tarbiya-musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar
O’rta yoshdagi MTM guruhlarida e’tirof etilayotgan talablar musiqa ham teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi:
· musiqa – ohang, ritm, uyg’unlik -garmoniya, dinamika, intonasiya
· teatrlashtirish -dramalashtirishning ifodali vositalari: harakatlar, jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonasiya, holatlar;
74.Musiqani idrok etish nima T. ib: (musiqiy idrok)
Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intellektual, bilish, emosional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emosional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emosiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emosional musiqaviy taassurotlar qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlaini aytishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo’lishi vazifasini qo’yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.
Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig’indisidir: emosionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi.
Keyin MTMgacha yoshdagi bolalar tanish musiqani biladilar, marsh, plyaska, alla musiqalarni ajratadilar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlari kuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay olmaydilar. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi shakl va vositalarini tushunadilar. Pedagogning savoli va talabiga so’z orqali javob qaytaradilar. 6-7 yoshli bolalar quyidagi terminlar orqali: kirish, kuplet, birga aytish bo’lim. temp va boshqalar, differensiyalashtirishlari va umumlashtirishlari mumkin. Ular musiqa asarlarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yin obrazlariga qarashadi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimiylashtirish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
5. Musiqa asarining obrazlar soni va shaklsiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
Musiqani emosional uchun uning tovush materialini qabul qilishni bilish zarur, uni eshitish, ifferensiyalashni bilish kerak. Bu malaka bolalar bilan musiqa asarlarini (oddiylarini) analiz qilish, ular diqqatini musiqa ifodaliliga vositalariga qaratish yo’li bilan rivojlantiriladi. Musiqa asarlarini analiz qilish orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi – musiqaning xarakteridagi dunyodagi obrazlar bilan bog’liqlik ular emosional kayfiyatini (lirika, bardamlik, tantanavorlik va boshqalar)
23. Estetik idrok –bu ikki asosiy komponentlar yig’indisidir bular …? T. Ib: (bolalar yosh xususiyatlari) Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig’indisidir: emosionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi.
Keyin MTMgacha yoshdagi bolalar tanish musiqani biladilar, marsh, plyaska, alla musiqalarni ajratadilar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlari kuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay olmaydilar. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi shakl va vositalarini tushunadilar. Pedagogning savoli va talabiga so’z orqali javob qaytaradilar. 6-7 yoshli bolalar quyidagi terminlar orqali: kirish, kuplet, birga aytish bo’lim. temp va boshqalar, differensiyalashtirishlari va umumlashtirishlari mumkin. Ular musiqa asarlarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yin obrazlariga qarashadi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimiylashtirish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
5. Musiqa asarining obrazlar soni va shaklsiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
Musiqani emosional uchun uning tovush materialini qabul qilishni bilish zarur, uni eshitish, ifferensiyalashni bilish kerak. Bu malaka bolalar bilan musiqa asarlarini (oddiylarini) analiz qilish, ular diqqatini musiqa ifodaliliga vositalariga qaratish yo’li bilan rivojlantiriladi. Musiqa asarlarini analiz qilish orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi – musiqaning xarakteridagi dunyodagi obrazlar bilan bog’liqlik ular emosional kayfiyatini (lirika, bardamlik, tantanavorlik va boshqalar)
4. Estetik idrok nimalarda namoyon bo'ladi. T. Ib: (ijodiy qobilyat) Bolalarni shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim, jismoniy va ongli tarbiya uyg’unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to’g’ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg’ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya MTMgacha yoshdagi bolalarda go’zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo’naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko’zga ko’ringan omillaridan biri bu – musiqadir. Bu maqsadlarga erishish uchun MTMgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning umumiy musiqiyligiga nimalar asos bo’ladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga go’zallikni qabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bu masalalarni hal etish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir.
Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo’linadi:
1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his etish, musiqaga emosional munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo’lishiga erishish kerak.
2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati talab etiladi. Masalan, cholg’u asboblarning yuqori va past tembrlari (skripka – alt, kontrabas – violonchel va boshqa cholg’u asboblar)
3. Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola biror musiqiy asarni eshitib o’zicha badiiy tasavvur qiladi va qo’shiqda, o’yinlarda, raqs elementlari bilan hissiy munosabat bildirishi mumkin. Bu bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari, ya’ni ilk urug’lari bo’lishi mumkin.
a) Musiqa – bolalarning aqliy faoliyatining faollashtiruvchi omildir.
b) Musiqa – ahloqiy omil bo’lib, ma’naviyatning ajralmas qismini tarkib toptiradi. Musiqadan an’analarga hurmat, Vatanni sevish va boshqa tarbiyaviy axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi.
v) Musiqa – jismoniy tarbiya omili hamdir.
Musiqa bolalarning his – tuyg’ulariga bevosita ta’sir qilishi orqali ularning ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. Musiqa san’atining ta’sir kuchi boshqa – ta’kid va uqtirishlarga nisbatan kuchliroq bo’ladi.
Bolalarni har xil emosional – obrazli mazmundagi asarlar bilan tanishtirar ekanmiz, biz beixtiyor ularni hissiyotlariga ta’sir qilamiz va ularni kechinmalar olamiga olib kiramiz.
Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to’g’risidagi masalaga to’xtaymiz.
Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intellektual, bilish, emosional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emosional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emosiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emosional musiqaviy taassurotlar qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlaini aytishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo’lishi vazifasini qo’yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.
156.Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda musiqali didaktik o’yin psixologiyasi T/I:( idrok, zehn qobiliyat ) Musiqa psixologiyasi psixologiya yo’riqlariga asoslanarkan, bu tarmoq bolalarning tabiiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltiruvchi va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi musiqa pedagogikasiga uzviy bog’liqdir. Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish kabi an’anaviy usullar bilan bir qatorda musiqa psixologiyasida musiqiy zehn, musiqiy iste’dod, qobiliyatlarni aniqlash, asarlarni o’rganish va ular ustida ishlash, konsertlarda chiqish uchun tayyorgarlik ko’rish, bolalar va konsert jamoasi bilan o’zaro munosabatlar bolalar bilan ishlashning aniq usullarini topishga yordam beradi.
Shu bilan birga o’yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo’ladiki, buning oqibatida har bir bola o’zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi.
Ijtimoiy xayotda o’zi egallagan o’rinni barqarorlashtiradi. O’z–o’zini boshqarish ko’nikmalarini hosil qiladi. O’yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularning amaliy ko’nikma va malakalarga aylanishni ta’minlabgina qolmay, balki bolalarda muayyan ahloqiy, irodaviy sifatlarini ham tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog va psixolog olimlar D.N.Uznadze, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, S.A.Shmokov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.Verbiskiy va boshqalar o’yinlarga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o’ziga xos xususiyatlarini, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz. O’yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi.
1. Ta’limiy (didaktik) maqsad.
2. Tarbiyaviy maqsad
3. Faoliyatni rivojlantirishga yo’naltiruvchi maqsad
4. Ijtimoiy maqsad
Do'stlaringiz bilan baham: |