1. O’zbek adabiy tili va meyorlari. Hujjat matnlarida adabiy til meyoriy normalariga amal qilish va teran mantiqiylikning ta’minlanishi


Hujjatlarda   adabiy  til  me’yoriy  normalariga  amal  qilish   va teran  mantiqiylik ni ng



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#323875
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu (4)

Hujjatlarda   adabiy  til  me’yoriy  normalariga  amal  qilish   va teran  mantiqiylik ni ng 

ta’minlanishi. 

 

Hujjatda,  aniqrog‘i  barcha hujjatar  matnining  yozilishida  adabiy  til  qonun-qoidalariga   qat’iy 



amal  qilinadi.  Bu  haqda  oldingi  mavzuda  ham  qisman  hujjatlarning  (yozilish  tartibi,  qolipli  til 

vositalari,  ya’ni  so‘zlarning  qo‘llanilishi  borasida)  ba’zi  bir  uslubiy  grammatik  qonun-  qoidalar 

qayd  etilgan  edi.  Har  holda,  har  bir  hujjat  matni  ham,  jumlalari(gap  shakli)  ham  qisqa,  tili,  ya’ni 

til  vositalari  oddiy,  mazmunan  umumtushunarli,  ravon  uslubda  va fakt-dalillar  aniq,  asosli  tarzda 

yozilishi  kerak. 

Hujjatda    qo‘llanilgan  ba’zi  bir  nutq  tovushlari  talaffuzi  va  nutq  shakli  ham,  so‘z 

turkumlarining  yozuvda  qo‘llanilishi  adabiy  til  talabi  asosida  aks  etishi  lozim.  Masalan,  ba’zi 

so‘zlar  tarkibidagi  tovushning  talaffuzi  bilan  yozuvdagi  shakli  farqlanadi,    chunonchi,    mazkur 

(talaffuzda)-mazkur  yozuvda,  uchinchi  talaffuzda  –uchinchi  yozuvda  kabi. Bunda  yozuv  shakllar i 

adabiy  til  normasi  sanaladi.  Yoki  “siz”  olmoshi  ko‘plik  va hurmat  ma’nosida   birlikni  ifodala yd i. 

Hujjat  matnini  yozishda,  bu farqqa rioya  qilish  lozim.  Chunonchi,  hurmat  ma’nosida  kelsa, albatta, 

bosh harf   bilan  “Siz”  shaklida  yozish  shart. 

Hujjatlardagi  fikrni  aniq,  lo‘nda  bayon  qilishda  xat boshi  (abzats)ning  ahamiyati  ham  katta. 

Har  bir  yangi  alohida  fikr  xat  boshi  bilan  ajratilishi,  bir  xat  boshidan  ikkinchi  xat  boshigacha 

bo‘lgan  matn  4-5 jumladan  oshmasligi   maqsadga   muvofiq. 

Har qanday  hujjat,  eng  avvalo,  axborot   tashuvchi   vosita  ekan,  hujjatning  axborot  sig‘imini 

kengaytirish,  undagi  fikrning  teran  mantiqini    ta’minlash    muhimdir.  Shuning  uchun  hujjatda 

tilning  ortiqchalik  prinsipini  chetlab  o‘tib,  tilning  tejash  prinsipidan  oqilona  foydalanish  kerak. 

Buning   uchun  qisqartmalarni  qo‘llash  yaxshi   natija  beradi. 

Ammo,  ta’kidlash  lozimki,  bunga  meyorga  qat’iy  va  izchil  amal  qilmoq  lozim.  Chunki 

qisqartmalar  o‘zbek  tilining    tabiatiga  uncha  xos  emas.  Shu  bois,  qisqartmalar  o‘zbek    tilida  u 

qadar ko‘p   qo‘llanilmaydi.  Bu  holat   keyingi  davrning  mahsuli  bo‘lib,  hozir  tilimizda  bir  qadar 

qisqartmalarni  qo‘llanilishi  odat  tusiga  kirgan.Masalan,  SamDU,  ToshDMU,  SamMI, 

dots.(dotsent),  prof.(professor),  prof.v.b.(professor  vazifasini  bajaruvchi),  sh.k.  (shu  kabi),  va 

boshq.  (va  boshqalar).  Ayni  paytda  o‘zbek  tilining  so‘z  va  so‘z  birikmalaridagi  ichki  ma’noviy 

imkoniyatlaridan    kengroq    va  unumliroq  foydalanmoq  zarur.  Shuni    ham  unutmaslik  lozimk i, 

qisqartmalar  tarkibidagi   bosh  harfda   yozilgan  so‘zlar  to‘liq  holda   kichik  harflar   bilan  yozilad i. 

Masalan,  SamDAQI  qisqartmasi  to‘liq  yozilganda  -  Samarqand  davlat    arxitektura-qurilish 

instituti  shaklida  bo‘ladi.  Lekin  sarlavha  tarzida  kelganda  to‘liq  holda  (SAMARQAND  DAVLAT 

ARXITEKTURA  – QURILISH  INSTITUTI)  shaklida  bosh harflar  bilan  yoziladi. 

 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish