1. «O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi. «Kafolat» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi «Madad» sug’urta agentligi



Download 126 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi126 Kb.
#696016
  1   2   3
Bog'liq
9-Mavzu


Mavzu: Respublika sug’urta tashkilotlarini boshqarish
Reja:
1. «O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi.
2. «Kafolat» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi
3. «Madad» sug’urta agentligi.
4. «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi
1. «O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi «O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi ochiq turdagi jamiyati shaklida, yuridik shaxs sifatida tashqil qilinib, o’zining mustaqil balansi, xisob va valyuta raqamlariga ega. Kompaniya faoliyatining asosiy yo’nalishlari-qishloq xo’jaligi soxasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulk va maxsulotlarini sug’urta yo’li bilan ximoya etish, banklardan olingan kreditlarni qaytarishga sug’urta kafolatlari taqdim etish, qishloq xo’jalik maxsulotlarini etishtirish uchun beriladigan avans mablag’larini qaytarishni sug’urtaviy kafolatlash, yuridik va jismoniy shaxslarga xar tomonlama sug’urta xizmatlarini ko’rsatishdan iboratdir. Sug’urta kompaniyasining vazifalari quyidagilardan iborat: - sug’urtaning majburiy va ixtiyoriy turlarini amalga oshirish, sug’urtalanuvchilarning manfaatlarini to’laroq qondira oladigan sug’urtaning yangi turlarini ishlab chiqish va xayotga tadbiq qilish; - ogoxlantirish funktsiyasini bajarish asosida, sug’urta ob`ektlarini zararlanish va nobud bo’lishdan asrash tadbirlarini amalga oshirish; - o’z mablag’larini investitsiya va tijorat faoliyatini muxim tarmoqlarga joylashtirish asosida, shu bilan birga kredit berish asosida o’ziga tegishli fondlarni to’ldirib borish; - o’z faoliyatini amalga oshirishda Respublika Vazirliklari, idoralari va boshqa davlatlar sug’urta tashkilotlari bilan xamkorlikda ish olib borish; - sug’urtaning axborot funktsiyasi asosida reklama va maslaxat xizmatlarini ko’rsatish. «O’zagrosug’urta» DASK tomonidan amalga oshiriladigan sug’urtaning asosiy turlari quyidagilardan iborat: - qishloq xo’jaligi korxonalari va qishloq axolisini majburiy sug’urta qilish; - tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xo’jaligi korxonalarining javobgarligini sug’urta qilish; - qishloq xo’jaligi maxsulotlarini etishtirish bo’yicha avans tarikasida beriladigan va fyuchers kontraktlari bo’yicha mablag’lar ko’tarilishini sug’urta qilish; - qishloq joylarida yashovchi fuqarolarga tegishli mol-mulkni sug’urta qilish; - qishloq joylarida garovga, qarzga qo’yilgan mol-mulkni sug’urta qilish; - qishloq joylarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish. Kompaniyada qishloq xo’jalik korxonalarini ixtiyoriy sug’urtalash turlari quyidagilardan iborat: - qishloq xo’jalik ekinlari xosilini sug’urta qilish; - qishloq xo’jaligi ekinlarini qayta va yoppasiga ekishni sug’urta qilish; - chorva mollarini sug’urta qilish; - asosiy vositalarni sug’urta qilish; - tabiiy pichanzorlar, yaylovlar xosilini va tut daraxtlari barglarini sug’urta qilish; - pillani sug’urta qilish; - bog’lar va uzumzorlar xosilini sug’urta qilish; - korxonalar, dexkon, fermer va ijara xo’jaliklarining mol-mulkini sug’urta qilish; - qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo’natiladigan yuklarni sug’urta qilish. Kompaniyaning ustav fondi 200 mln so’m miqdorida bqlib, ta`sislik badallari xisobidan tashqil topadi. Kompaniyada naqd pulsiz shakllaridagi oddiy va egasi yozilmagan aktsiyalar chiqariladi, u cheklanmagan miqdorda sug’urta fondlari tashqil qilish xuquqiga ega. Ustav fondining 25 foiz miqdorini zaxiraviy fondlar tashqil qiladi. U kompaniya daromadlari xisobidan tashqil qilinadi. Kompaniya o’z faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlar xam tashqil qilishi mumkin. «O’zagrosug’urta» aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasining ijro tuzilmasini quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.

«O’zagrosug’urta» davlat aktsiyadorlik kompaniyasining tuzilmasi Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi Kuzatuv kengashi Kompaniya boshqaruvi Taftish komissiyasi



Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish