Radiatorli isitish tizimi. Radiatorli (batareya) o‘zining foydalanishdagi soddaligi va kamharjligi bois keng tarqalgan turga kiradi. Radiatorlar uyning ichki dizayniga salbiy ta’sir qiladi deb o‘ylash yaramaydi, ishlab chiqaruvchilar katta tanloviga ega bo‘lgan zamonaviy tashqi ko‘rinishga e’tibor bergan holda tayyorlashadi.
Polga o‘rnatiladigan suvli isitish. Isitishning mazkur turi butun pol qatlami bo‘ylab quvurlar yotqizilishi bois radiatorli isitishdan ko‘ra samarali hisoblanadi. Bunday tizimni montaj qilish biroz murakkab hisoblanadi, biroq xonadondagi haroratni mustaqil boshqarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |